Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiy xavfsizlik kafedrasi


Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash tizimining bazaviy


Download 191.29 Kb.
bet4/13
Sana16.06.2023
Hajmi191.29 Kb.
#1518995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KURS ISHI IQTISODIY XAVSIZLIK 53-2 Ochilov Marat

Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash tizimining bazaviy konstruksiyasi.



Xavfsizlik auditi iqtisodiyot sohasida milliy xavfsizlikni ta‘minlashning muhim sharti bo`lib hisoblanadi. Chunki milliy xavfsizlikni ta‘minlash nuqtayi nazaridan qabul qiladigan qarorlarimiz davlat tomonidan tartibga solish instrumentlari sifatida ― yopiq rejimga tushib qolish ehtimoli mavjud.
Auditning predmetiga qarab har bir holat bo`yicha dasturi, maqsadi, vazifalari va auditning tuzilishi moslashgan bo`lishi kerak. Xavfsizlik auditning maqsadli tavsifiga ko`ra: iqtisodiyot sohasida xavfsizliklarni vujudga kelishi ehtimoliga ko`ra iqtisodiyot sohasida davlatning milliy manfaatlari cheklanishi mumkin bo`lgan faoliyat tarmoqlari ochib beriladi; O`zbekistonning iqtisodiy rivojlanishining strategik maqsadlariga mos kelmaydigan, korrupsion-lobbistik qarorlarni qabul qilishda to`siqlarni vujudga keltiradi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonida milliy manfaatlarni ta‘minlashini tartibsiz, tarqoq, konyunkturali tavsifdagi bir martalik nazoratdan, davlat iqtisodiyotini shakllanishi sohasida muhim qarorlarni qabul qilish doimiy, uzluksiz funksional tizimli kuzatishni olib borishga transformatsiyalash lozim. Qisqa va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyotga xavf soladigan tahdidlarni, yashirin paritetlarni buzilishi va qabul qilingan qarorlarning ikkilamchi negativ samaralarni aniqlash imkonini beruvchi xavfsizlik auditini doimiy faoliyat yurituvchi ilmiy-metodik ta‘minotini yaratish, mamlakatda faoliyat olib borayotgan ilmiy tadqiqot va konsalting jamiyatlar asosida uning tashkiliy-tarkibiy tuzilmasini rivojlantirish.

Xavfsizlik auditining obyektlari.

Milliy xavfsizlikning strategik maqsadlari bo`lib mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish hamda iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash, shaxsni har tomonlama taraqqiyoti uchun shart- sharoitlar yaratish, iqtisodiyotni yangi yuqori texnologik taraqqiyot darajasiga olib chiqish, yalpi ichki mahsulot hajmi bo`yicha jahonda yetakchi davlatlar qatoridan o`rin olish va ichki hamda tashqi tahdidlarga nisbatan ishonchli samarali to`siqni yaratish bo`lib hisoblanadi.


Iqtisodiy xavfsizlik bilan bog‗liq muhim tushunchalar quyidagilardan iborat:

  • O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy suvereniteti – xalqaro majburiyatlarni hisobga olgan holda tashqi va ichki iqtisodiy siyosatni olib borishda davlatning mavjud bo`lgan obyektiv mustaqilligi;

  • Iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar – iqtisodiyot sohasida O`zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga to`g`ridan- to`g`ri va bilvosita ziyon keltirishi mumkin bo`lgan yalpi shart- sharoitlar va omillar;

  • Iqtisodiy xavfsizlikka xavf-xatarlar – biror-bir aniq shart-sharoitlarda ularning bari iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni vujudga keltirishi mumkin;

  • Iqtisodiy xavfsizlik sohasida tavakkalchiliklar – iqtisodiy xavfsizlikni amalga oshirish jarayonida O`zbekiston Respublikasi milliy manfaatlariga ziyon keltirishi mumkin;

  • Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash – davlat organlari va mahalliy hokimiyat va O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jamiyatning fuqorolik institutlari bilan hamkorlikda milliy manfaatlarga bo`lgan tahdidlarga qarshi qaratilgan siyosiy, huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, axborot va iqtisodiyot

  • Sohasida hamda boshqa turdagi chora – tadbirlarni amalga oshirishi.

Iqtisodiy xavfsizlik tizimi o`zining tushuncha va kategoriyalariga asoslanib yettita blokdan iborat:

  1. Milliy xavfsizlik konsepsiyasi.

  2. Iqtisodiyot sohasida O`zbekiston Respublikasining milliy manfaatlari.

  3. Iqtisodiyot sohasida tahdidlar.

  4. Iqtisodiy xavfsizlik indikatorlari.

  5. Iqtisodiy xavfsizlikning tahlikali chegaralari.

  6. Iqtisodiy xavfsizlikni tashkil etish.

  7. Iqtisodiy xavfsizlik huquqiy ta‘minoti.

Iqtisodiy xavfsizlik tuzilmasini uning darajalari (tashkiliy tuzilma) va uning turlari (funksional tuzilma) orqali taqdim etish mumkin:

  • xalqaro (global va mintaqaviy);

  • milliy;

  • mintaqaviy (mamlakat ichida);

  • tashkiliy (korxona, firma);

  • shaxs.

Milliy iqtisodiyotning barqarorligi esa mulkchilikning barcha shakllarini himoya qilish, tadbirkorlik faolligi uchun sharoit va kafolatlarni yaratish, barqarorlikka putur yetkazishi mumkin bo`lgan omillarga (masalan, iqtisodiyotda kriminal tuzilmalar bilan kurash, og`ir ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo`lgan daromadlar taqsimlanishida katta tafovutlarga yo`l qo`ymaslik) to`siq bo`lish imkoniyatlarini bildiradi.
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyotning shunday holatiki, unda mamlakatlar xo`jalik yuritishda milliy va global muammolarni hal etishda o`zaro manfaatli hamkorlik faoliyatini, xalqaro mehnat taqsimotida ishtiroki erkin tanlov asosida amalga oshadi. Mamlakatlar o`rtasida maxsus xalqaro tashkilotlar tashkil etilgan bo`lib, ular yordamida xalqaro xavfsizlik ta‘minlanadi. Masalan, Umumjahon savdo tashkiloti, Xalqaro valyuta fondi, kapitalni, tovar va xizmatlarni erkin harakati bo`yicha xalqaro kelishuvlar ham muhim rol o`ynaydi.
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik bu har bir davlatning ichki va tashqi tahdidlardan himoya etuvchi xalqaro tizimni barqaror holati sifatida baholash mumkin. Ularga:

  • iqtisodiy rivojlanishning erkin yo`nalishlari;

  • xalqaro huquqiy tasdiqlangan harbiy tahdidlardan himoya;

  • global iqtisodiy inqirozlarga nisbatan barqarorlik.

Xalqaro xavfsizlikni ta‘minlovchi xalqaro tashkilot sifatida Birlashgan millatlar tashkiloti hisoblanadi.
Milliy xavfsizlik – bu mavjud kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, barqaror pul muomalasi, tashqi savdoning samarali tarkibiy tuzilmasi, ilmiy salohiyatning yuqori darajasi, aholini yetarli turmush darajasini ta‘minlash va jamiyatni kriminallashuvini oldini oladigan huquqiy va iqtisodiy shart- sharoitlar yaratadigan iqtisodiy tizim sifatida tavsiflanadi.
Davlatning xavfsizligi birinchi navbatda ishlab chiqarish kuchlarining holati, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mamlakat xalq xo`jaligida ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalanish ko`lamlari, tashqi iqtisodiy aloqalarning tarkibiy tuzilmasi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham davlatning iqtisodiy xavfsizligining moddiy asosi bo`lib fuqarolarning madaniylashgan turmush tarzi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta‘minlovchi kuchlarining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi deb ta‘kidlash mumkin.
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi iqtisodiyotning ― rivojlanish va ― barqarorlik tushunchalari bilan juda yaqin bog`liq. Milliy xo`jalikni rivojlanishi – iqtisodiy xavfsizlikning komponentlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Agarda iqtisodiyot rivojlanmasa unda davlatning tashqi va ichki noxush salbiy ta‘sirlarga nisbatan qarshilik ko`rsatish imkoniyatlari kamayib boradi. Mamlakat milliy xo`jaligining barqarorligi, yagona tizim sifatida uning elementlari o`rtasidagi iqtisodiy va tashkiliy aloqalarni mustahkam va ishonchliligini, tashqi hamda ichki tahdidlarga nisbatan bardoshliligini ko`rsatadi. Shu bilan birga, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligining asosiy omillarini: uning geografik joylashuvi; tabiiy resurslar zaxirasi; sanoat va qishloq xo`jalik salohiyati; ijtimoiy-demografik rivojlanish darajasi va yakunida davlat boshqaruvi sifati tashkil qiladi.
Shunday qilib, iqtisodiy xavfsizlik bu iqtisodiyotning shunday holatiki, unda barqaror iqtisodiy o‗sishga erishiladi, ijtimoiy ehtiyojlar qondiriladi, samarali boshqaruv, milliy iqtisodiyotning o‗ziga xos belgilaridan biriga aylanadi. Iqtisodiy xavfsizlik ikki tashkil etuvchidan iborat: ichki va tashqi. Ichki tashkil etuvchilarga mamlakatda yuz bershi mumkin bo‗lgan, kutilayotgan tahdidlar va stixiyalarga nisbatan iqtisodiyotni, jamiyat va davlat institutlarining barqarorligi bilan ifodalanadi. Tashqi tashkil etuvchilarga, xorijiy iqtisodiy yoki siyosiy subyektlar manbai bo‗lib, kutilmagan yoki ular tomonidan rejalashtirilgan tahdidlar bo‗lib hisoblanadi.

Download 191.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling