Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiy xavfsizlik kafedrasi
Download 191.29 Kb.
|
KURS ISHI IQTISODIY XAVSIZLIK 53-2 Ochilov Marat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ogohlantiruvch
Tartibga soluvchi – tahdidlarni oldini olishning ikki varianti mavjud, yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga. Birinchi variant mavjud bozor munosabatlarini va davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmini takomillashtirishni rivojlantrishga asoslanadi. Ikkinchi variant bozorni tartibga solishni ichki xo`jalik mexanizmiga va o`z-o`zini tartibga solish mexanizmiga asoslanadi. Bunda, birinchi navbatda, raqobat va baho darajasiga bog`liq bo`lgan xo`jalik subyektlarining ichki va tashqi muhiti hamda bozorning asosiy tavsifi muhim rolni o`ynaydi. Bozor iqtisodiyotning muvozanatli holatini raqobat va bahoning optimal nisbatini belgilab beradi.
Innovatsion iqtisodiyotda mavjud bo`lgan va ushbu vaqtda amal qilayotgan tahdidlarni yengib o`tish uchun innovatsion qarorlar va chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda undan foydalanish. Ogohlantiruvchi – iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashda uni bashorat qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda kelayotgan tashqi va ichki xavf-xatarlarni, tavakkalchiliklarni, tahlikali vaziyatlarni ogohlantirish, oldini olish, bartaraf etish tavakkalchiliklarni sifatli bashoratlash va unga qarshi samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun aniq, o`z vaqtida, mukammal sifatli axborot kerak bo`ladi. Shuning uchun ham iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning ogohlantiruvchi funksiyasi axborotga asoslanadi. Ijtimoiy – shaxsni, jamiyatni va davlatni rivojlantirish hisobiga mamlakat aholisini yuqori turmush darajasi sifatiga erishish. Shunday qilib, O`zbekistonda iqtisodiy xavfsizlik strategiyasi va uning himoyalovchi choralari bugungi kun talablariga mos bo`lib bormoqda. Ular mamlakatda bugungi kunda mavjud muammolarga yaqinlashgan. Davlatning iqtisodiy siyosati va iqtisodiy xavfsizlik strategiyasi – bu davlatni iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmi va kategoriyalaridir hamda o`zaro bog`liq va bir-biri bilan hamkorlikda bo`lishi kerak. Bir tomondan, iqtisodiy xavfsizlik strategiyasi bu uning strategik maqsadlarini ifodalab, tartibga solishda makroiqtisodiy konsepsiyaning sifatini belgilab, iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismini tashkil etadi. Boshqa tomondan, kutilayotgan iqtisodiyot holatini miqdoriy parametrlarini baholovchi, iqtisodiy siyosat metodlarini tanlashda cheklovlarni belgilovchi, ya‘ni ulardan foydalanish natijasida mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikka bo`lgan tahdidlar darajasini pasayishga olib kelsin. XULOSA Hozirgi bosqichda sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasi milliy iqtisodiyotning jahon bozorlarida raqobatbardosh ustunliklarini ta'minlashdan iborat. Bunga esa tadbirkorlik uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish va raqobatbardoshlikni saqlab qolish orqali erishiladi, bu afzalliklarni faqat erkin bozor mexanizmi orqali amalga oshirish mumkin emas. Ushbu vazifani bajarish uchun iqtisodiy siyosatni amalga oshirish usullari qo'llaniladi, ular quyidagilardan iborat: ma'muriy, iqtisodiy va institutsional usullar. Ammo bu usullarning samaradorligi shundan iboratki, ular bir-biriga zid kelmasdan har tomonlama qo'llanilishi kerak. Shunga qaramay, davlatning iqtisodiy siyosati to'liq ideal emas va muammolar mavjud bo'lib, ularni hal qilish uning samaradorligiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy siyosatini amalga oshirish bugungi kunda iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga qaratilgan siyosatni o'z ichiga oladi. Siyosat ilmiy asoslansa, jamiyat va inson taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchiga aylanishiga tarixiy tajriba ishontirmoqda. Bu jamiyatning turli manfaatlarini hisobga olgan holda, ob'ektiv harakat qiladigan qonunlarga asoslangan siyosat bo'lib, qarorlar va tanlash erkinligining ko'plab variantlarini o'z ichiga oladi. Demak, davlatning iqtisodiy siyosati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining iqtisodiyotda muayyan maqsadlarga erishishga qaratilgan va mamlakatning iqtisodiy va iqtisodiy tuzilishini aks ettiruvchi faoliyatidir. Iqtisodiy siyosat har qanday davlat siyosatining nihoyatda muhim tarkibiy qismidir. Bunday chora-tadbirlar majmui ko'pincha mamlakat siyosiy tuzilishining mohiyatini aks ettiradi. Download 191.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling