Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiy xavfsizlik kafedrasi


Iqtisodiy xavfsizlik tizimi tuzilmasi


Download 191.29 Kb.
bet10/13
Sana16.06.2023
Hajmi191.29 Kb.
#1518995
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KURS ISHI IQTISODIY XAVSIZLIK 53-2 Ochilov Marat

Iqtisodiy xavfsizlik tizimi tuzilmasi.



Davlat iqtisodiy xavfsizlik tizimini shakllantirish va uni tahlili doirasida vaziyatlarni aniqlash, xavfsizlik chora-tadbirlarini ishlab chiqish, normativ qonun hujjatlarning ekspertizasini o`tkazish, O`zbekistonning iqtisodiy xavfsizligiga bog`liq davlat qarorlarini ishlab chiqish kerak.




3. Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmlari va uning strategik maqsadlari.

O`zbekiston Respublikasining xavfsizlik asoslari ijro va qonunchilik apparati tomonidan, qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlari, Hukumat va Oliy Majlisning normativ-huquqiy hujjatlarida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Iqtisodiy xavfsizlikning strategik maqsadi iqtisodiy xavf-xatar va tavakkalchiliklar bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy va normativ-huquqiy chora-tadbirlardan iborat konsepsiya ko‗rinishidagi iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash bo`yicha ishlanmalar sifatini oshirish mexanizmidir.



Davlat strategiyasini amalga oshirish uchun O`zbekiston Respublikasining umumiy xavfsizlik strategiyasi maqsadlariga erishishning zaruriy shartini ta‘minlashi kerak. Xususan, quyidagilar ta‘minlanishi kerak:



  • inson va fuqoroning huquqlarini, mamlakatda ijtimoiy tinchlikni va jamiyatda ijtimoiy osoyishtalikni kafolatlovchi turmush darajasi sifatini oshirish;

  • milliy manfaatlardan kelib chiqib ichki siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni samarali hal etish;

  • milliy manfaatlarga bog`liq bo`lgan jahondagi jarayonlarga faol ta‘sir etish;

  • jahon xo`jalik aloqalariga teng huquqli integratsiyasi sharoitida mehnat taqsimoti, davlatni barqaror rivojlantirish;

  • xorijiy davlatlardan va ularning uyushmalaridan O`zbekistonni iqtisodiy faoliyatning muhim masalalarida tahlikali qaramlikka yo`l qo`ymaslik.

Strategiyada iqtisodiy xavfsizlikda kutilishi mumkin bo`lgan tahdidlarini aniqlash va mamlakatni iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash tizimida birlamchi ahamiyat kasb etadigan, ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga katta e‘tibor qaratilgan. Shu bilan birga, quyidagi omillardan kelib chiqib, jamiyatni va xo`jalik faoliyatini kriminallashuvini kamaytirishga harakat qilingan:

  • ishsizlikning o`sishi, chunki statistikaga ko`ra jamiyatdagi tartib buzilishlarning asosiy qismini doimiy daromad manbaiga ega bo`lmagan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi;

  • davlat boshqaruv organlarining ma‘lum bir guruh xodimlari uyushgan jinoyatchi guruhlariga qo`shilishi natijasida, kriminal kuchlarni ishlab chiqarishni boshqarish jarayonining ma‘lum bir qismiga egalik qiladi va turli hokimiyat boshqaruv tuzilmalariga kirib boradi;

  • davlat nazorat tizimini pasayishi natijasida ichki moliyaviy bozorlarda, xususan, xususiylashtirish, eksport-import operatsiyalarda, savdo sohalarida jinoyatchi guruhlar faoliyati kuchayadi.

O`zbekiston Respublikasida iqtisodiy jarayonlarga samarali ta‘sir etish va tartibga solish uchun iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni oldini olish maqsadida kompleks chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan. Ular bugungi kunda O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning bazaviy asosi sifatida foydalaniladi.

Download 191.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling