Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiy xavfsizlik kafedrasi
Download 191.29 Kb.
|
KURS ISHI IQTISODIY XAVSIZLIK 53-2 Ochilov Marat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Himoyalovchi
Monitoring – bu davlatning iqtisodiy xavfsizligi dinamika ko`rsatkichlarini operativ axborot-analitik kuzatish tizimi. Bu tizim iqtisodiyotni o`tish davrida tarmoqlararo proporsiyalarning buzilishi mavjudligi, resurslarni keskin tanqisligi (birinchi navbatda, moliyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlarni nobarqarorligi jarayonlarida juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu yakuniy natijada axborotlarning sifati va uni olish tezkorligi, kompleksligi, chuqur tahlil etilganligi obyektni to`la egallash shakllariga qo`yilgan talablarni kuchayishiga olib keldi.
Shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlariga ichki va tashqi tahdidlarni belgilab beruvchi omillarni monitoring qilish uchun, birinchi navbatda, O`zbekiston Respublikasining tashkiliy- axborot bazasini shakllantirish zarur bo`lib hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizlik mezonlari va ko`rsatkichlarni shakllantirish (tahlikali chegaralar va ko‗rsatkichlari). Respublika strategiyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotdagi vaziyat haqida ma‘lumot beruvchi miqdor va sifat ko`rsatkichlar ishlab chiqiladi. Ushbu ko`rsatkichlar doirasidan chetga chiqish iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni olib keladi. Ularning asosida mamlakat iqtisodiyotini himoya qilishga yo`naltirilgan chora-tadbirlar va iqtisodiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Ma‘lum rejali konsepsiyalarni ishlab chiqishi iqtisodiy rivojlanishning tahlikali chegaralarining kutilgan parametrlaridan og`ish va real ko`rsatkichlardan chetga chiqish aniqlanganda, mamlakatni xavf-xatar zonasidan chiqarish, tahdidlarning kelib chiqishini oldini olish uchun, davlatning kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Strategiyaning asosiy vazifasi milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta‘minlash, mulkning barcha shakllarini himoya qilish, tadbirkorlik faolligini oshirish kafolatlari va shart- sharoitlarini yaratish, kriminal jinoyatchi tuzilmalarga qarshi kurash, ijtimoiy ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi daromadlar taqsimotida katta farqlarni, uzilishlarni vujudga keltirmaslik, resurs xomashyo, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va moliyaviy sohalarda inqiroziy jarayonlarni shakllanishiga hamda aholi turmush sifati darajasini pasayishiga yo`l qo`ymaslik. O`zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasida istiqbolda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko`rsatadigan potensial xavf-xatar va tahdidlar tahlil qilingan. Konsepsiya iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yo`nalishlari bo`lib xizmat qiladigan O`zbekiston Respublikasini o`rtacha va uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadlari, ustuvorliklari hamda vazifalarini belgilaydi va asoslaydi. Bunda, maqsadlar sifatida konsepsiyada jadal va barqaror o‗sish sharoitlarida respublika har bir fuqarosining sog‗lom va samarali hayotini ta‘minlaydigan ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, yer, suv va energetika resurslaridan ularni kelajak avlodning foydalanishi uchun saqlab qolgan holda samarali foydalanish, ekologik muammolarni hal etish, Orol dengizining ekologik inqirozi oqibatlarini bartaraf etish, atrof-muhitni yaxshilash ko`rib chiqiladi. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash mexanizmi bir qator funksiyalarni o`z ichiga oladi. Ularga: Himoyalovchi – mamlakatni yetarli darajada resurs salohiyati mavjudligi sababli iqtisodiyotni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish. Ushbu funksiya samarali faoliyat yuritishi uchun mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanish, kadrlar va boshqaruv resurslar darajasini oshirish, tashqi tavakkalchiliklar darajasini pasaytirish; Download 191.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling