Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


-mavzu. Korxona (tashkilot) personali mehnatini tashkil etishni o‘rganish


Download 208.57 Kb.
bet3/3
Sana06.09.2023
Hajmi208.57 Kb.
#1673525
1   2   3
Bog'liq
1 1660978714546016256

3-mavzu. Korxona (tashkilot) personali mehnatini tashkil etishni o‘rganish


Korxona personali — yuridik shaxs hisoblangan korxona ma’muriyati (ish beruvchi) bilan ishga yollangan xodimlar o’rtasidagi mehnat munosabatlarini shartnoma asosida muvofikdashtirib turadigan jismoniy shaxslardir.
Zamonaviy korxona tarkibi quyidagichadir:

  • mulkdorlar(aksiyadorlar);

  • boshqaruvchilar (menejerlar);

  • korxona personali (jismoniy shaxslar).

Mulkdorlar (aksiyadorlar) — bir kishi yoki aksiyalarning tegishli qismiga ega guruh bo’lishi mumkin. Ularning asosiy maqsadi foyda (dividend) olishdan iborat. Mulkdorlar korxonani o’zi mustaqil boshqarishi yoki boshqarish huquqini yollagan boshqaruvchi, (menejer)ga berishi mumkin.
Boshqaruvchilar (menejerlar) — ular kompaniya, uning tarkibiy bo’linmasiga rahbarlik qiladilar. Boshqaruvchi (menejer)ning (maqomi unga mulkdor tomonidan berilgan maqomga bog’liqdir.
Menejerlar yuqori, o’rta va quyi bo’g’in rahbarlari toifalariga gbo’linadi.
Yuqori bo’g’in boshqaruvchisi (Tor management) — bu toifa rahbarlariga kompaniya va firmalar prezidentlari, boshqa ijrochi direktorlar, ularning o’rinbosarlari, boshqaruv organlari a’zolari kiradi.
O’rta bo’g’in rahbarlari (Middle management) korxona mustaqil boshqarma va bo’limlari rahbarlari hisoblanadi.
Quyi bo’g’in rahbarlari (Loves management) — guruhlar, brigada rahbarlari, ustalardan iboratdir.
Korxona personali (jismoniy shaxslar) — o’z navbatida, ishchilar, muhandis-texnik xodimlar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga bo’linadi.
Ishchilar malakali, yarim malakali, malakasiz ishchilarga bo’linadi.
Korxona personali texnologik jarayondagi ishtirokiga muvofiq:

  • asosiy (ishlab chiqarish bilan band bo’lgan) ishchilar;

  • yordamchi (bevosita ishlab chiqarishda band bo’lmagan) ishchilargabo’linadi.

Korxona personali mehnat faoliyati muddatiga binoan doimiy, vaktincha, mavsumiy xodimlarga ajratiladi.
Korxona personali murakkab, o’zaro bog’liq tuzilmaga ega .
“UNIQUECOMP” MCHJ korxona personalini yaxshiroq rivojlantirish va sarmoyadorligini oshirish maqsadida o`z hodimlarining bilimlari va ularning tajribasiga ko`proq e`tibor qaratadi. Korxona ishchi hodimlarining malakasini oshirish va sinash hamda, ularning bilim olishiga ishlari sabab bo`lmasligi uchun harakat qiladi. Shu maqsadda MCHJ boshqaruvchilari ichki trenerlar jamoasini tashkil etishgan. Bu jamoa ishchi xodimlar uchun foydali bo`lgan trening tashkil qilishadi va malakalarini oshirish maqsadida boshqa davlatlarga o`qitish uchun jo`natishadi. Qolaversa, korxona o`z ishchi hodimlarini turli xil psixologik, ishlariga oid test va savollar bilan imtihon qilib saralab turadi.
Personalni boshqarish fanida korxona deyilganda, birinchidan, u xo’jalik yurituvchi sub’ekt (aksiyadorlik jamiyati, firma, birlashma, bank, kompaniya va boshqa yuridik shaxslar)ni anglatadi. Ikkinchidan, korxona muayyan ijtimomy birlik (jamoa)dir.
O’z maqsadlariga erishish uchun korxona mehnat resurslari, xom ashyo, axborot va hokazolar uchun sarf-xarajatlar qiladi. Korxona personali o’z korxonasi maqsadlariga erishishga ko’maklashadi. Bundan tashqari, korxonada ishtirok etuvchi sheriklar, aksiyadorlar, ijtimoiy guruhlar va boshqalar mavjuddir.
Korxona o’z faoliyatidan eng yuqori samara — foyda olish uchun tashkil etiladi. Korxonaga birlashgan alohida xodpmlar yakka holla mehnatfaoliyati yuritganga qaraganda yaxshiroq natijalarga erisha oladilar.
Korxona personali (jismoniy shaxslar) — o’z navbatida, ishchilar, muhandis-texnik xodimlar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga bo’linadi.
Ishchilar malakali, yarim malakali, malakasiz ishchilarga bo’linadi.
Korxona personali texnologik jarayondagi ishtirokiga muvofiq:
asosiy (ishlab chiqarish bilan band bo’lgan) ishchilar;
yordamchi (bevosita ishlab chiqarishda band bo’lmagan) ishchilargabo’linadi.
Korxona personali mehnat faoliyati muddatiga binoan doimiy, vaktincha, mavsumiy xodimlarga ajratiladi.

Download 208.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling