Toshkent Moliya instituti Iqtisodiyotda informatsion kommunikatsion texnologiyalar


Download 186.02 Kb.
bet1/5
Sana05.04.2023
Hajmi186.02 Kb.
#1277073
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ахборот тех мустакил иш





Toshkent Moliya instituti
 Iqtisodiyotda informatsion kommunikatsion texnologiyalar.


Mavzu: Axborоtlashgan jamiyat.





Bajardi : Qodirova Zilola Amonovna
SBXA – 94/21 gurux talabasi


Toshkent 2022

Reja:

  1. Axborotlashgan jamiyat tushunchasi.

  2. Axborotlashgan jamiyat o’ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va kamchliklari.

  3. Axborot jarayonlarining rivojlanish bosqichlari.

  4. Axborot madaniyati.

  5. Axborot xavfsizligi.

1. Axborotlashgan jamiyat - jamiyatning ko’pchilik a`zolari axborot, ayniqsa oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
Axborotlashgan jamiyatga o’tishda kompyuter va telekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.
Hozirgi paytda shu narsa ravshan bo’lib qolmoqdaki yoki bu mamlakat XXI asrda munosib o’rin egallashi va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy musobaqada teng qatnashishi uchun o’z iqtisodiy tuzilishi, ustuvorliklari, boyliklari, institutlarini qayta qurishi va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi lozim.
Bizning Respublikamiz xam mustaqillik tufayli axborotlashgan jamiyat tomon kirib bormoqda. Bu masala Prezidentimiz va hukumatimizning diqqat markazida birinchi masalalar qatorida turibdi.
Texnologiya so’zi grekchadan tarjima qilinganda san`at, ustalik, malaka ma`nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma`lum kerakli material maxsulotni xosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig’indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob`ektining dastlabki, boshlang’ich xolatini o’zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan xolatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq, tvorog, smetana, yog’ va boshqa sut maxsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang’ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot maxsulotinigina olish mumkin. Ushbu xolda ham «texnologiya» tushunchasining ma`nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga «axborot» so’zini qo’shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy maxsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiyani quyidagicha ta`riflash mumkin. Texnologiya — bu sun`iy ob`ektlarni yaratishga yo’naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo’nalishda borishini ta`minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu Yerda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o’zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot xosil qilish maqsadida xam boshqariladi.

Download 186.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling