Toshkent moliya instituti jo„rayev a. S., Safarov g„. A., Meyliyev o. R. Soliqlar va soliqqa tortish


Egri (bilvosita) soliqlarning O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti soliqli daromadlari tarkibidagi ahamiyati 35


Download 0.51 Mb.
bet32/50
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779678
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish

jadval

Egri (bilvosita) soliqlarning O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti soliqli daromadlari tarkibidagi ahamiyati 35

Ko’rsatkichlar

2016 yil

2017 yil

2018 yil

2019 y

mlrd.so’m

fbiz

mlrd.so'm

fb/z

mlrd.so’m

fbiz

mlrd.so’m

foiz

Jami soliqli daromadlar

41 030,7

100

49 684,8

100

79099,1

100

112160,4

100

shundan:

























Egri (bilvosita) soliqlar

21 131,0

51,5

26 133,6

52,6

41280,4

52,2

46427,3

41,4

1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i

11 891,6

29,0

14685,8

29,6

27876,5

35,2

33809,8

30,1

2. Aktsiz solig‘i

6 258,5

15,3

7 449,2

15,0

9702,2

12,3

10314,7

9,2

3. Bojxona boji

1 449,5

3,5

1 707,4

3,4

1826,4

2,3

2302,7

2,1

4 Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq

1 531,3

3,7

1 784,5

3,6

1875,2

2,4

-

-

Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda egri (bilvosita) soliqlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular summasining ham yildan yilga o‘sib borishi bilan birga, jami daromadlar tarkibidagi ulushi ham ortib bormoqda.

35 www.mf.uz- ma‘lumotlari asosida hisoblandi.
Egri (bilvosita) soliqlar 2016 yilda 21 131,0 mlrd.so‘mni yoki jamiga nisbatan 51,5 foizni, 2017 yilda 26 133,6 mlrd.so‘mni yoki jamiga nisbatan 52,6 foizni tashkil etgani holda, 2018 yilda 41280,4 mlrd.so‘mni yoki jamiga nisbatan 52,2 foizni tashkil etgan hamda 2019 yilda 46427,3 mlrd.so‘mni yoki jamiga nisbatan 41,4 foizni tashkil etgan.

    1. UMUMDAVLAT VA MAHALLIY SOLIQLAR

Respublikamiz byudjet tizimida amalga oshirilgan va davom ettirilayotgan islohotlardan asosiy maqsad yangi hududiy siyosat va ushbu siyosatga mos keluvchi byudjet qurilishi modelini shakllantirish hisoblanadi. Mamlakatimiz byudjet qurilishi shakllanishida ikki asosiy, lekin mohiyatan qarama-qarshi jarayonlarni namoyon bo‘lishi bilan birga kechmoqda. Bir tomondan, sobiq totalitar tuzum davridagi byudjet an’analari saqlanishiga qarshi o‘laroq mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari ahamiyatining o‘sishi va ikkinchi tomondan, davlatning yaxlitligi va islohotlarni amalga oshirishda uning belgilovchi ahamiyati mahalliy manfaatlardan ustun bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurati tug‘iladi. O‘zining iqtisodiy, ijtimoiy, milliy-madaniy, tabiiy-iqlim, geografik va boshqa xususiyatlari bilan hamda murrakkab bo‘lgan turli hududlarning tafovutlarini ifodolovchi ushbu xususiyatlar mamlakatning o‘tish davriga xos ziddiyatli jarayonida yanada keskin ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichla-rini ifodalovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri - bu shubhasiz uning byudjetidir. Malumki, unda byudjet tasnifiga ko‘ra davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlari, shuningdek, uning taqchilligini moliyalashtirish manbalari ifodalanadi.

5.3.1-chizma. O„zbekiston Respublikasi davlat byudjetining tarkibiy tuzilishi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining tuzilishi Oliy Majlis tomonidan 2013 yil 23 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksiga muvofiq respublikaning mustaqil davlat va ma‘muriy - hududiy tuzilishi bilan belgilanadi. Tarkibiga respublika byudjetini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni olib, tuziladigan ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish davlat rejasiga muvofiq ravishda daromad va xarajatlar bo‘yicha tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimida respublika byudjeti katta ahamiyatga ega. Respublika byudjeti - davlat byudjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Shu sababli respublika byudjetiga asosiy soliqlar daromad qilib biriktirilgan.
Byudjet tizimida uning daromadlarini shakllantirish jarayoni bir qadar murakkab bo‘lib, doimiy ravishda uning maqbul mexanizmini ishlab chiqish uchun nazariy va amaliy izlanishlar olib boriladi. Bunda mavjud resurslarni turli byudjet bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlash alohida o‘rin egallab, uni har tomonlama tadqiq etish va huquqiy bazasini takomillashtirishga qaratilgan yo‘nalishlarni belgilash respublika soliq tizimini isloh qilishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning asosiy manbai bo‘lib soliqlar bo‘lishini hisobga olgan holda, ularni mamlakat byudjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlashning nazariy va huquqiy masalalarini har tomonlama o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Respublikamiz soliq tizimidagi mavjud soliqlarni byudjet bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlashning amal qilish mexanizmiga ko‘ra, ular har birining u yoki bu byudjet bo‘g‘iniga yo‘naltirishning huquqiy bazasi mavjud. Respublika byudjeti daromadlari umumdavlat soliqlari hisobiga, mahalliy byudjetlar daromadlari esa mahalliy soliqlar va yighmlar hisobiga shakllantirishning huquqiy bazasi mustahkamlangan.
Soliqlarni byudjetga tushishi jihatidan umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va yighmlarga guruhlanishi soliq tizimini tasniflashning zamonaviy ko‘rinishlaridan bo‘lib, ularni turli byudjet bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlashning aniq mezonlari nazariy jihatdan to‘liq tadqiq etilmagan va asoslanmagan bo‘lsada, bizningcha bu jarayon bir necha omillarni hisobga olgan holda amaliyotda qo‘llanilib kelinmoqda. Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  • davlat xarajatlarini turli byudjet bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanishiga ko‘ra;

  • soliqlarni ahamiyatidan kelib chiqqan holda;

  • soliqlarni undirish samaradorligini ta‘minlash nuqtai-nazaridan;

  • joriy etilgan soliqlar vazifalariga ko‘ra va shu kabi boshqa omillar.

Mahalliy byudjetlar O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to‘liqroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to‘g‘ri olib borish imkonini beradi.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mintaqani rivojlantirish manbaini vujudga keltirish, tabiiy va boshqa moddiy resurslarni takror ishlb chiqarish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida joriy etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari bilan belgilangan, ular tomonidan o‘z vakolatiga muvofiq ravishda mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ishlatiladigan soliqlar mahalliy soliqlar hisoblanadi.
Mahalliy yig‘imlar - bu O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qaroriga muvofiq belgilangan, yuridik va jismoniy shaxslarga ularga ko‘rsatilgan madaniy-maishiy xizmatlar yoki davlat hokimiyatining mahalliy organlari nazorati ostida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarning chiqimlari bilan bog‘liq xarajatlarni qisman qoplash uchun undiriladigan to‘lovlardir.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy davlat hokimiyati idoralarining daromad manbai hisoblanib, ular hozirga qadar davlatchilik munosabatlari rivojlanishiga mutanosib ravishda shakllanib, takomillashib keldi. Agarda respublikamizning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan bog‘liq turli sohalarda amalga oshirilgan va davom ettirilayotgan islohotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mahalliy hokimiyat idoralarining mavqeini oshirish borasidagi chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shunday chora-tadbirlarning aniq yo‘nalishi mahalliy davlat hokimiyati idoralarining daromad manbaini mustahkamlashga qaratilgandir.
Bu boradagi islohotlarning ilk huquqiy asoslaridan biri, shubhasiz 1993 yil 7 mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida»gi qonunidir. Ushbu qonunga muvofiq respublikamizda mahalliy soliqlar va yig‘imlar joriy qilingan bo‘lib, ularni joriy etishdan maqsad mintaqani ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish manbaini vujudga keltirish, tabiiy va boshqa resurslarni qayta ishlab chiqarish, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yaratish qilib belgilandi.
Yuqorida qayd etganimizdek, respublikamiz soliq tizimidagi islohotlarning muhim yo‘nalishi mahalliy soliqlar va yig‘imlarni takomillashtirishga qaratilgan. Bu borada birgina ularning tarkibidagi o‘zgarishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, shuni alohida qayd etish lozimki, ular yuqoridagi qonunga muvofiq joriy etilgan paytda 17 turda amal qilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi bilan 8 turda undirila boshlandi. Hozirgi paytga kelib esa ularning faqatgina 6 turi amal qilib, 2 turdagi soliq va 2 turdagi yig‘im sifatida undirilmoqda.
Bugungi kunda mahalliy soliqlar va yig‘imlarga quyidagilar kiradi:

  • mol-mulk solig‘i;

  • yer solig‘i;

  • savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig‘im, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari.

Mahalliy soliqlar va yig‘imlar joriy etilgan paytdan shu kunga qadar ular tarkibidagi o‘zgarishlar nafaqat son jihatdan, shuning bilan birgalikda, mohiyat jihatdan ham keng ko‘lamli o‘zgarishlarga yerishildi. Bugungi kunga kelib ularning yangi turlari joriy etildi va amaliyotda samarali qo‘llanilib kelinmoqda.
Mahalliy byudjetlar daromadlari tarkibini bevosita mahalliy soliqlar va mahalliy yig‘imlar tashkil etadi.
Respublikamiz soliq tizimidagi mavjud mahalliy soliqlar va yig‘imlarga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarning ayrimlari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:

  • mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy davlat hokimiyati idoralari tasarrufida bo‘lgan hududlar ehtiyojlari uchun ishlatiladi;

  • ularning asosiy qismi mahalliy davlat hokimiyati idoralarining bevosita o‘zlari tomonidan joriy etiladi;

  • ularni huquqiy jihatdan tartibga solishda mahalliy davlat hokimiyati idoralariga bir qadar vakolatlar berilgan bo‘lsada, respublika qonunchiligi bilan ham hisoblashishni talab etadi va boshqalar.

Shuningdek, mahalliy soliqlar va yig‘imlarning muhim xususiyatlaridan biri, ularni belgilash usuliga ko‘ra ikki guruhga, ya‘ni respublika qonunchiligi bilan joriy etiladigan va mahalliy davlat hokimiyati idoralari qonunchiligi bilan joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yig‘imlarga bo‘linishidir.
Birinchi guruh mahalliy soliqlariga mol-mulk solig‘i va yer solig‘i kirib, ular respublika qonunchiligi bilan joriy etiladi va butun respublika hududida undiriladi hamda ular stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Mazkur guruh mahalliy soliqlari bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati idoralarining faqatgina bir vakolati mavjud bo‘lib, bu ham bo‘lsa, ular o‘z hududlarida joylashgan soliq to‘lovchilarga mol-mulk solig‘i bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar berishi mumkin.
Ikkinchi guruh mahalliy soliqlar va yig‘imlari, jumladan, infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig‘im, shu jumladan, ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari; yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im mahalliy davlat hokimiyati idoralari tomonidan joriy etiladi. Ular stavkalarining eng yuqori miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanib, mahalliy davlat hokimiyati idoralari faqatgina ana shu stavkalar doirasida o‘z hududlari uchun soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini belgilash bo‘yicha esa to‘liq huquqiga ega. Shu bilan birgalikda mahalliy davlat hokimiyati idoralariga yangi turdagi mahalliy soliqlar va yig‘imlar joriy etish vakolati ham berilgan bo‘lib, ularni joriy etish Vazirlar Mahkamasi bilan muvofiqlashtirishni talab etadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling