Toshkent moliya instituti jo„rayev a. S., Safarov g„. A., Meyliyev o. R. Soliqlar va soliqqa tortish


Download 0.51 Mb.
bet31/50
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779678
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish

Ko„rsatkichlar

2016 yil

2017 yil

2018 yil

2019 yil

mlrd.so‘m

jami nis-n, %da

mlrd.so‘m

jami nis-n, %da

mlrd.so‘m

jami nis-n, %da

mlrd.so‘m

jami nis-n, %da

Davlat maqsadli
jamg„armalar daromadlarisiz - jami

41 030,7

100

49 684,8

100

79099,1

100

112160,4

100

Shu jumladan:

























To‘g‘ri (bevosita)
soliqlar

9 853,6

24,0

11 538,9

23,2

15656,2

19,8

31661,1

28,2

Egri (bilvosita) soliqlar

21 131,0

51,5

26 133,6

52,6

41280,4

52,2

46427,3

41,4

Mol-mulk solig‘i va resurs to'lovlari

5 306,2

12,9

6 867,4

13,8

12663,4

16,0

19680,8

17,5

Boshqa daromadlar

4 739,9

11,6

5144,7

10,4

9499,1

12,0

14391,2

12,8

Keltirilgan ma‘lumotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2016 yil va 2019 yillar oralig‘ida bilvosita soliqlar ulushining respublika byudjetida daromadlar qismida ortib borganligini ko‘rishimiz mumkin. Ya‘ni 2016 yilda respublika byudjetiga 21131,0 mlrd so‘m kelib tushgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib byudjet daromadlaridagi ulushi 26133,6 mlrd so‘mga, 2018 yilga kelib 41280,4 mlrd so‘mga etganligi, 2019 yilda esa 46427,3 mlrd so‘mga bajarilgan va bu ijobiy holdir.


2006 yilda Davlat byudjeti daromadlarida bilvosita soliqlarning ulushi 36,3 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2019 yilga kelib 41,4 foizni tashkil qilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki bilvosita soliqlar davlat byudjetining daromad qismining asosiy qismini tashkil etadi. Shu bois ham mamlakatimizda bilvosita soliqlar tushumiga jiddiy e‘tibor qaratish lozimligini anglatadi.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, bilvosita soliqlar davlat byudjeti daromadlarining hal qiluvchi qismini tashkil etadi. Bizning fikrimizcha, mamlakatimiz byudjeti daromadlarida bilvosita soliqlarning salmog'ini oshirish va ayniqsa, qo'shilgan qiymat va aktsiz soliqlarini byudjet daromadlaridagi barkarorligini ta‘minlash lozim. Bundan tashqari, qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishda soliqni oldindan undirish holatlarini yo‘q qilish lozim. Buni shunday izohlash mumkinki, qo‘shilgan qiymat

34
www.mf.uz-ma‘lumotlari asosida hisoblandi. solig’ida soliqning byudjetga to'lanishi ishlab chiqarilgan mahsulot sotilishidan oldingi davrga to'g'ri kelmoqda. Bu o‘z navbatida, korxonaning moliyaviy holatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatib, korxonaning investitsion faoliyatini qisqartiradi. Ya‘ni, soddaroq qilib aytadigan bo‘lsak, mavjud bo‘lmagan daromad uchun soliq olinadi. Bu o‘z-o‘zidan milliy ishlab chiqarishga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi va kelajakda korxonalar tomonidan davlat byudjetiga to‘lanadigan soliqlarning qisqarishiga va natijada byudjet daromadlarining kamayishiga olib keladi.
Davlat byudjeti daromadlari tarkibida to‘g‘ri (bevosita) soliqlar salmog‘ini kamaytirish hisobiga egri (bilvosita) soliqlar ulushini oshirish, soliq yukini ishlab chiqaruvchilar zimmasidan iste‘molchilar zimmasiga o‘tkazish bevosita korxonalar hamda fuqarolarning moliya-xo‘jalik faoliyatiga, ya‘ni ularning daromadlari hajmiga ta‘sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq. To‘g‘ri (bevosita) soliqlarning kamayishi bilan ishlab chiqarishning rivojlanishi rag‘batlantiriladi, tegishlicha soliqqa tortish bazasi kengayib, byudjetga tushumlar ortadi. To‘g‘ri (bevosita) soliqlar stavkalarini kamaytirish va egri (bilvosita) soliqlarga tortish bazasini kengaytirish orqali bunga erishish mumkin. Bundan tashqari, soliq stavkalarini yanada ko‘proq pasaytirish yo‘li bilan ayrim yo‘nalishlar eksport, xorijiy investitsiyalar va boshqalar
rag‘batlantiriladi.
So‘nggi yillardagi soliq siyosatining tahlili davlat byudjetining daromadlari tarkibida egri (bilvosita) soliqlar ulushining kamayayotgani hamda to‘g‘ri (bevosita) soliqlar salmog‘ining o‘sayotganini ko‘rsatmoqda.


      1. Download 0.51 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
        1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50




        Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
        ma'muriyatiga murojaat qiling