Тошкент Молия институти меҳнат жамоасининг умумий йиғилишида маъқулланган, баённома №
Download 1.08 Mb.
|
tatu farғona filialining 2022 2024 jillar uchun yangi zhamoa shartnomasi
Ish beruvchi kamida ikki oy oldin Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga xodimlar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilishi mumkinligi haqida axborot taqdim etadi va ishdan bo‘shatish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan maslahatlashuvlar o‘tkazadi
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi ish beruvchining xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilish haqidagi qarorini olti oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi taklifni mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqiga ega. Tashkilotda ro‘yxatdagi xodimlar o‘rtacha sonining 10 va undan ortiq foizi ishdan bo‘shatilishi xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish deb hisoblanadi. (O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasiga binoan, xodimlarining umumiy soni 100 kishidan ortiq bo‘lgan tashkilotlardan ro‘yxatdagi xodimlar o‘rtacha sonining 10 va undan ortiq foizi ishdan bo‘shatilishi xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish deb hisoblanadi). Ish beruvchi qisqartirilayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o‘qitish ishlarini tashkil etadi. Xodimlar soni qisqartirilayotganda qisqartirish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan choralar quyidagilardan iborat bo‘ladi: a) o‘rindoshlikni, vaqtincha ishlaydigan xodimlar sonini cheklash, bir necha kasbda ishlashni ta’qiqlash, fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha bajariladigan ishlarni jamoaning o‘ziga berish; b) xodimlarning xohishiga ko‘ra ularga ish haqi saqlanmagan holda qisqa muddatli ta’tillar berish; v) qisqartirish to‘g‘risidagi ogohlantirish amal qilayotgan davrda xodimning o‘z xohishi bilan mehnat shartnomasini bekor qilinishini tomonlar kelishuviga binoan ogohlantirish muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya to‘lash bilan amalga oshirish; g) nogironlarga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ayollarga mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi to‘g‘risida ogohlantirish olgan holda, ogohlantirish muddati davomida boshqa ish izlash uchun o‘rtacha ish haqini saqlab qolgan holda haftada bir kun berish majburiyatini oladi (MKning 100-moddasi ikkinchi qism 3,4-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bundan mustasno); d) ishga joylashtirishga oid aniq takliflar va ishdan ozod qilish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan boshqa choralar. Agar xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 103-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq ishda qoldirishda afzallik huquqiga ega bo‘lmasalar, u holda xodimlarni ishda qoldirishda afzallik beriladigan quyidagi holatlar inobatga olinadi: a) nogironlik; b) pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlik (ayollar 53 yosh, erkaklar 58 yosh); v) ishlayotgan yolg‘iz onaning qaramog‘ida 14 yoshga to‘lmagan bolalar mavjudligi; g) og‘ir betob yoki nogironligi bo‘lgan oila a’zosini parvarishlayotganligi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling