Тошкент Молия институти меҳнат жамоасининг умумий йиғилишида маъқулланган, баённома №


Download 1.08 Mb.
bet3/32
Sana18.12.2022
Hajmi1.08 Mb.
#1032271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
tatu farғona filialining 2022 2024 jillar uchun yangi zhamoa shartnomasi

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi:
a) ijtimoiy-mehnat munosabatlariga oid masalalarni, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda xodimlar nomidan ish ko‘rish;
b) ichki mehnat tartibi qoidalariga hamda mehnat intizomiga rioya etilishiga, mehnat vazifalari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishida xodimlarga ko‘maklashish;
v) mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlarini takomillashtirish, Filialni boshqarish, shartnoma majburiyatlarini takomillashtirish, xodimlarning mehnat shartnomasidagi vazifalarni to‘liq va sifatli bajarishlariga ko‘maklashuvchi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning joriy va istiqbolli reja va dasturlarini qabul qilish kabi masalalar yuzasidan jamoa muzokaralarini olib borish bo‘yicha takliflarni Filial direktoriga kiritib borish;
g) tarmoq ko‘rik-tanlovlarida ishtirok etish tashabbuslari bilan chiqish, shuningdek, elektr energiyasi va yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha eng yaxshi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti tarmoq ko‘rik-tanlovida ishtirok etish.
Xodimlar:
a) o‘z mehnat vazifalarini halol bajarish, filial direktorining farmoyishlari va buyruqlarini o‘z vaqtida va sifatli ijro etish;
b) ichki mehnat tartibi qoidalariga, o‘rnatilgan mehnat tartibiga va intizomiga rioya qilish;
v) mehnat unumdorligi o‘sishiga, resurslar iqtisod qilinishiga ko‘maklashish, o‘z hamkasblarining ilg‘or tajribasidan foydalanish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladilar.


III. MEHNAT ShARTNOMASI. BANDLIK KAFOLATLARI



  1. Xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va qonunosti me’yoriy-huquqiy hujjatlar shu jumladan tarmoq kelishuvi va mazkur shartnoma qoidalariga hamda yozma ravishda tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan tartibga solinadi.

  2. Professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim Muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.

  3. Xodimlarning mehnat shartnomasini kasaba uyushmasi qo‘mitasining oldindan roziligini olmay turib ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning ushbu masaladagi yozma taqdimnomasi Kasaba uyushmasi qo‘mitasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2016 yil 19 apreldagi 2-11 son qarori bilan tasdiqlangan “Kasaba uyushmasi organida ish beruvchining taqdimnomasini ko‘rib chiqish tartibi” asosida ko‘rib chiqiladi.
Agar xodimni ishga qabul qilish va u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish huquqi yuqori tashkilot vakolatida bo‘lsa, u bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinishidan oldin, tashkilotning kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki nizoli holat yuzaga kelsa tegishli yuqori kasaba uyushmasi organi roziligi olinadi. Chunki xodim va shaxs sifatida unga faqat birga ishlagan mehnat jamoasi hamda xodim ishlagan tashkilotdagi kasaba uyushmasi qo‘mitasi baho berishi maqsadga muvofiq.

  1. Koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan yoki karantinga joylashtirilgan, shuningdek, 14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (uning o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar) bo‘lgan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi.

  2. Xodimning vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish haqidagi iltimosi, agar bu iltimos uzrli sabablar tufayli kelib chiqqan va bunday ish filialda mavjud bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan qanoatlantirilishi kerak.

  3. Xodimning tashabbusi bilan boshqa ishga o‘tkazish muddati xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda mehnat haqi amalda bajarilayotgan ishga qarab (yoki avvalgi o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda) to‘lanadi.

  4. Xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish uchun uzrli sabablar deb quyidagilar hisoblanadi:

- betob yoki nogiron oila a’zosini parvarishlash zaruriyati;
- moliyaviy qiyinchiliklar;
- ikki yoshgacha farzandi bor ayollar;
- avvalgi ish joyida xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi omillar vujudga kelishi.

  1. Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan direktor tashabbusiga ko‘ra xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi.

  2. Tashkilotdagi kapital ta’mir, karantin e’lon qilinishi (turli yuqumli kasalliklarning yuqish havfi oshishi) yoki boshqa ob’ektiv sabablarga ko‘ra xodimning aybisiz ishning vaqtincha to‘xtatilishi BEKOR TURIB QOLISH deb hisoblanadi. Bu holatda xodimlarga majburiy ish haqi saqlanmagan ta’til berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi va Mehnat kodeksining 159-moddasiga ko‘ra o‘rtacha ish haqi to‘lanadi.

  3. Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish uchun ishlab chiqarish zaruriyati deb quyidagi holatlarda bajarilishi lozim bo‘lgan tezkor va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar hisoblanishi mumkin:

- boshqa xodimning ishda vaqtinchalik hozir bo‘lmagan davrida (o‘quv sessiyasiga, mehnat ta’tiliga va haq to‘lanmaydigan ta’tilga ketishi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi sababli);
- tabiiy va texnogen tusdagi avariyalar, baxtsiz xodisa, tabiiy ofat va boshqa favqulodda hodisalarning oldini olish zaruriyati yuzaga kelganda.
- takomillashtirishlar natijasida vaqtinchalik ish to‘xtaganda.


  1. Download 1.08 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling