Тошкент Молия институти меҳнат жамоасининг умумий йиғилишида маъқулланган, баённома №


VII. MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING MODDIY JAVOBGARLIGI


Download 1.08 Mb.
bet8/32
Sana18.12.2022
Hajmi1.08 Mb.
#1032271
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
tatu farғona filialining 2022 2024 jillar uchun yangi zhamoa shartnomasi

VII. MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING MODDIY JAVOBGARLIGI



  1. Ish beruvchi quyidagi hollarda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘laydi:

a) xodimning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda vafot etishi munosabati bilan uning olti yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorida (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 194-moddasiga asosan);
b) xodimning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘ligiga shikast yetkazilganligi munosabati bilan uning bir yillik ish haqi miqdorida, qaramog‘ida besh va undan ko‘p shaxs bo‘lgan xodimlarga - yillik ish haqining 1,5 baravari miqdorida.

  1. Ish beruvchiga zarar yetkazilgan chog‘dagi aniq holatlarni hisobga olib, aybdor xodimdan zararni undirishdan qisman yoki to‘liq voz kechishga haqli. Bunday holda yetkazilgan zarar Filila foydasi hisobidan qoplanadi.

  2. Bevosita pul yoki tovar-moddiy boyliklari bilan muomala qilayotgan xodimlar maxsus yozma shartnoma asosida ularga ishonib topshirilgan moddiy boyliklarning saqlanishi uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladilar. To‘liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzilishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxati 4-ilovada keltirilgan.



VIII. MEHNATNI MUHOFAZA QILISh



  1. Ish joylaridagi qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi holatini yaxshilash hamda ishlab chiqarishda jarohatlanish profilaktikasiga yo‘naltirilgan tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirish uchun har yillik biznes-rejasida ushbu maqsadlar uchun zarur mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutiladi.

Barcha rejalashtirilgan va ajratishga kelishilgan mablag‘lar miqdori Shartnoma amal qilish muddati davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirib borilishiga mutanosib ravishda oshirib boriladi.

Ish beruvchining majburiyatlari:



  1. Mehnat muhofazasi bo‘yicha bitim tuzadi (mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari rejasi va sarf-xarajatlar smetasiga kiritadi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda jamoa shartnomasiga ilova qilinadi (1-ilova).

  2. Har bir ish joyiga moslab mehnat sharoiti bo‘yicha me’yoriy talablarni ishlab chiqish majburiyatini zimmasiga oladi. Bu me’yoriy talablar ishlab chiqarish muhiti, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, birinchi navbatda mehnat hamda dam olish tartibi, xodimlarga ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatishga oid me’yoriy talablarni o‘z ichiga olishi kerak.

  3. O‘tgan yildagi ish jarayonida shikastlanish va kasb kasalliklari holati yilning birinchi fevraligacha tahlil qilib chiqiladi, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda sanitariya-sog‘lomlashtirish tadbirlarining bajarilishiga yakun yasaydi.

  4. Mehnat muhofazasi xonalari uchun orgtexnika vositalari, mehnat muhofazasi burchaklari, o‘qitish uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar, o‘quv- ko‘rgazmali qurollar, targ‘ibot-tashviqot vositalari, plakatlar va boshqa anjomlarni sotib oladi hamda ularning doimiy saqlanishini ta’minlaydi.

  5. Filialni kuz - qish mavsumida ishlashga tayyorlash bilan bog‘liq barcha tadbirlarni har yili 25 avgust va 1 oktabrgacha bajarilishini ta’minlaydi hamda sanitariya-maishiy binolarining uzluksiz ishlashini va ularning tegishli holatda saqlanishini ta’minlaydi (ta’mirlanishi, rekonstruksiya qilinishi yoki yangi qurilishi lozim bo‘lgan bino yoki xonalar, bo‘linmalar bo‘yicha aniq ko‘rsatib beriladi).

  6. Xodimlarni ish jarayonidagi baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklaridan sug‘urta qiladi, ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazadi hamda xodimlarni dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan (5-ilova) o‘tkazilishini ularni chiqimdor qilmagan holda tashkil qiladi.

  7. Xodimlarni belgilangan muddatlarda o‘rnatilgan normalar bo‘yicha sut (shunga teng bo‘lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun), maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan bepul ta’minlaydi (bepul ta’minlash huquqini beradigan ishlarda ishlovchi xodimlar ro‘yxati jamoa shartnomasining 6 va 7-ilovalarida belgilanadi).

  8. Mehnat sharoiti noqulay, zararli va ifloslanishlar bilan bog‘liq ishlarda mehnat qiluvchilarni gigiena vositalari bilan bepul ta’minlash huquqini beradigan kasb va lavozimlar ro‘yxatini tuzadi va 8-ilovaga muvofiq berilishini ta’minlaydi.

  9. Xodimlarni mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitadi, o‘z vaqtida xodimlarni yo‘riqdan o‘tkazilishini ta’minlaydi va doimiy nazorat qiladi.

  10. Mehnat muhofazasi bo‘yicha saylangan vakillarning o‘qishini ular saylangandan so‘ng bir oy ichida kasaba uyushmasi qo‘mitasi ishtirokida tashkil qiladi.

  11. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etilgan shaxsga o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun har haftada kamida ikki soat ish vaqt ajratadi va bu vaqt uchun ish joyi (lavozimi) bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqini saqlab qoladi. Mehnat sharoitlarini yaxshilash borasida jonbozlik ko‘rsatgan vakillarni ma’naviy va moddiy jihatdan rag‘batlantiradi xamda har chorak yakuniga ko‘ra mukofotlaydi.

  12. Binolar, inshootlar, asbob-uskunalardan foydalanish, texnologik jarayonlarni amalga oshirish chog‘ida, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida xodimlarning xavfsizligini ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.


  13. Download 1.08 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling