Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi
Download 490.02 Kb. Pdf ko'rish
|
D B KURS ISHI
Soliqlar rivojlangan tovar ishlab chiqarishning muhim kategoriyasi bo’lib, albatta yanada kengroq kategoriya - davlat byudjeti bilan chambarchas bog’langan. Chunki soliqlar byudjetning shakllanishida ishtirok etadi. 4 Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida to’planib borishini ta’minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat, mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini rag’batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi. Hozirgi paytda byudjet jahondagi har bir davlatning eng muhim institutlaridan biri hisoblanadi. Uning samarali faoliyat ko’rsatishi iqtisodiy o’sishning vositasi sifatida hamda ijtimoiy farovonlikning darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Xuddi shuning uchun ham keyingi yillarda byudjet masalalariga (muammolariga) katta e’tibor bilan qaralayapti. Mamlakatimiz bosh moliyaviy siyosati-byudjetning maqsadi resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida ijtimoiy yo’naltirilgan jamiyatni barpo etishdir. Byudjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning sotsial sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir Davlat byudjeti- ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saq-lash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash instrumenti (vositasi)dir. Byudjet daromadlari esa - davlatning markazlashtirilgan moliyaviy resurslari bir qismidan iborat bo’lib, davlatning funktsiyalarini bajarish uchun zarurdir. Ular pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoriga kelib tushadi. Qayd etilganlarni inobatga olgan holda byudjet daromadlarining ma’no- mazmunini ifodalovchi unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: 4
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling