Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi
Download 490.02 Kb. Pdf ko'rish
|
D B KURS ISHI
ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa qarama-qarshiliklarning o’tkirlik darajasi, davlatning moliyaviy siyosati va moliyaviy ahvoli bilan belgilanadi. Byudjet daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan daromadlar va jamg’armalarning bir qismini byudjetga o’tkazilishi natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Bu moliyaviy (byudjet) kategoriyaning namoyon bo’lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat. Miqdoriy jihatdan byudjetning daromadlari yaratilgan (ishlab chiqarilgan) yalpi ichki (milliy) mahsulotda (milliy daromadda) davlatning ulushini ko’rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog’i mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti (milliy daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda byudjetda mablag’larni kontsentratsiya qilish (to’plash, yig’ish) miqdori va ularni undirishning shakl va metodlari aniqlanadi. Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy metodi soliqlar hisoblanadi. Ular yordamida byudjet daromadlarining asosiy salmog’i ta’minlanadi. Turli mamlakatlar markaziy byudjetlarining daromadlarida soliq tushumlari qariyb 90%ni tashkil etadi. Federatsiya a’zolari va mahalliy byudjetlar daromadlarida soliqlarning salmog’i nisbatan pastroqdir. Bu byudjetlar biriktirilgan (tegishli byudjetlarning o’z daromadlari) va tartibga keltiruvchi (byudjet tizimining yuqori bo’g’inidan quyi bo’g’iniga beriladigan daromadlar) daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Byudjet daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida byudjetga undirilishi tufayli ularga nisbatan bu jarayonda quyidagi printsiplardan foydalaniladi: - soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boyligi manbalarining tugashiga olib kelmasligi kerak; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling