Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi
Download 490.02 Kb. Pdf ko'rish
|
D B KURS ISHI
Davlat byudjeti daromadlari bu- pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keluvchi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni o’zida ifoda etadigan, hokimiyat organlarining turli darajalari ixtiyoriga kelib tushadigan, davlatning funktsiyalarini bajarish uchun zarur bo’lgan davlat markazlashtirilgan moliyaviy resurslari tushuniladi. Mamlakatlarning davlat tuzilishiga bog’liq ravishda byudjet daromadlari quyidagicha farqlanadi: 1) markaziy (davlat) byudjet(i) daromadlari; 2) unitar (yagona) davlatlardagi mahalliy byudjetlar daromadlari. Federativ (ittifoqchilik) tuzilish(i)ga ega bo’lgan davlatlarda byudjet daromadlarining bu ikki ko’rinishi federatsiya a’zolari byudjetlarining daromadlari bilan to’ldiriladi. Byudjet daromadlari davlatning daromadlariga nisbatan torroq bo’lgan tushunchadir. Chunki davlat daromadlari hokimiyat barcha darajalari byudjetlarining moliyaviy mablag’lari bilan birgalikda yana o’zining tarkibiga davlat nobyudjet fondlari va barcha davlat sektoriga tegishli bo’lgan boshqa resurslarni ham qamrab oladi. Byudjet daromadlarining asosiy moddiy manbai milliy daromaddir. Agar davlatning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy daromad etarli bo’lmasa, davlat bunday ehtiyojni qondirishga milliy boylikni jalb etishi mumkin. Bu erda milliy boylik deyilganda ma’lum bir davrda jamiyatning ixtiyorida bo’lgan, hozirgi va o’tgan avlodning mehnatlari evaziga yaratilgan moddiy ne’matlar hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar majmui nazarda tutilayapti. Milliy daromadni davlat tomonidan davlatlashtirish (davlat ixtiyoriga o’tkazish) turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Soliqlar, davlat krediti va pul emissiyasi davlat hokimiyat organlari tomonidan milliy daromadni qayta taqsimlash va byudjet daromadlarini shakllantirish uchun foydalanilayotgan metodlarning asosiylari bo’lib hisoblanadi. Bu metodlar o’rtasidagi nisbat mamlakatlar va davrlar bo’yicha turlicha bo’lib, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling