Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod
-rasm G’aznachilik tizimi sharoitida davlat byudjeti daromadlar ijrosining
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning hozirgi davr muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-rasm Yagona g’azna hisobvarag’iga asoslangan Davlat byudjeti daromadlari g’azna ijrosining istiqboldagi mexanizmi 55
- III bob bo’yicha xulosa
16-rasm G’aznachilik tizimi sharoitida davlat byudjeti daromadlar ijrosining amaldagi mexanizmi 53
\
Bu erda : 1- umumdavlat soliqlari; 2-mahalliy soliq va yig’imlar; 3- umumdavlat soliqlaridan qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlar asosida mahalliy byudjetlarga ajratmalar; 4- umumdavlat soliqlaridan qonunchilik xujjatlarida belgilangan me’yorlar asosida respublika byudjetiga ajratmalar;
53 Eshnazarov T. O’zbekistonda moliyaviy sektorning rolini oshirish va unda ilg’or xorij tajribasidan foydalanish mavzucidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari to’plami, I qism, 2015 yil 2 aprel Toshkent «Iqtisod-moliya» 2015 Tijorat banklarida Soliq
organlarining “byudjet daromadlari” tranzit hisob raqamlari (banklar tomonidan taqsimlanib, o’tkaziladi)
Viloyat hududiy g’aznachilik organlari shaxsiy g’azna hisobvarag`i
Tuman hududiy g’aznachilik organlari shaxsiy g’azna hisobvarag`i
2
3 3 4 6 Moliya vazirligi G’aznachiligi Respublika yagona g’azna hisob raqami
6 6 5 5
So li q t o’ lo vch il ar
61
5-yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga beriladigan subventsiya, dotatsiya, byudjet ssudasi va o’zaro hisob-kitoblar 6-xarajatlar to’lovi Ko’rinibturibdiki, respublikamiz g’aznachilik tizimining hozirgi amaliyotida moliya vazirligining G’aznachiligi «Respublika yagona g’azna hisobvarag’i» hamda hududiy g’aznachilik organlarining «Hududiy g’azna hisobvaraqlari» orqali davlat byudjeti ijrosi ta’minlanmoqda. O’z navbatida, bu mexanizmning bir qator kamchiliklari mavjud. Jumladan:
byudjet resurslarini boshqarishdagi tezkorlikning sustligi;
byudjet daromadlari to’g’risidagi axborotlarning etarli darajada operativ (tezkor) va anik emasligi;
tahlili yukligi;
davlat byudjetiga daromad tushumlarini o’z vaqtida kelib tushmasligi natijasida yudjet ijrosi tizimida turli nomutanosiblik va kassa uzilishlari sodir bo’layotganligi.
hududiy g’aznachilik organlarida byudjet mablag’larini g’aznachilik dasturida to’g’ri hisobga oluvchi kadrlarga ehtiyoj sezilayotganligi. Yuzaga kelayotgan mavjud muammolarni bartaraf etish uchun qator chora tadbirlarni amalga oshirish muvofiqdir. Jumladan, tijorat banklardagi tranzit daromadlar hisob raqamlarini yopish va unga kirim qilinayotgan tushumlarni «Respublika yagona g’azna hisobvarag’i va Hududiy g’azna hisobvaraqlari»ga kirim qilishni tashkil etish orqali ularni qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar asosida joylardagi g’aznachilik organlari tomonidan ajratmalarni aniq va tezkor taqsimlanishiga erishish hamda nazoratini olib borish. Buning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan g’aznachilik tizimi sharoitida davlat byudjeti daromadlari ijrosining ikkinchi boskich istiqboldagi mexanizmini 17- rasmda ko’rishimiz mumkin.
62
G’aznachilik tizimi sharoitida davlat byudjeti daromadlari ijrosining keyingi bosqich mexanizmi 54
Bu erda: 1- umumdavlat va mahalliy soliqlar, yig’imlar 2- umumdavlat soliqlaridan qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlar asosida respublika byudjetiga ajratmalar; 3- yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga beriladigan subventsiya, dotatsiya, byudjet ssudasi va o’zaro hisob-kitoblar; 4- xarajatlar to’lovi. G’aznachilik tizimi sharoitida davlat byudjeti daromadlari ijrosining istiqboldagi mexanizmida tijorat banklari soliqlar, yig’imlar va majburiy to’lovlarni mahalliy Hududiy g’azna shaxsiy hisobvaraklariga kirim qiladi. Hududiy g’aznachilik organlari esa, soliqlarni qonunchilikda belgilangan tartibda
54
Eshnazarov T. O’zbekistonda moliyaviy sektorning rolini oshirish va unda ilg’or xorij tajribasidan foydalanish mavzucidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari to’plami, I qism, 2015 yil 2 aprel Toshkent «Iqtisod-moliya» 2015
Soliq va boshqa nosoliq
Moliya vazirligi G’aznachiligi “Respublika yagona g’azna hisob raqami
tijorat banklaridagi hududiy g’aznachilik organlari “shaxsiy g’azna hisobvaraglari”
`1
2 3 3 4 4
63
respublika byudjeti va mahalliy byudjetga taqsimlanishini amalga oshiradi va kunlik hisobini yuritadi. O’z navbatida, bu mexanizmning ham bir qator kamchiliklari mavjud bo’lib, birinchidan davlat byudjeti mablag’larining markazlashmaganligi va resurslarni boshqarishdagi tezkorlikning amalga oshirishning bosqichma-bosqichligi bo’lsa, ikkinchidan byudjet daromadlari to’g’risidagi axborotlarning etarli darajada operativ (tezkor) va anik emasligi bo’lib, bunda ham korxona va tashkilotlar tushumlarining alohida hisoboti va tahlilining mavjud emasligidir. Davlat byudjeti daromadlari g’azna ijrosining mukammal 3-bosqich istiqboldagi mexanizmini 18 - rasmda ko’rishimiz mumkin.
55
tajribasidan foydalanish mavzucidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari to’plami, I qism, 2015 yil 2 aprel Toshkent «Iqtisod-moliya» 2015
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjet shartli hisobvaraglari
mahalliy byudjet mablag’lari shartli
2
3 Moliya vazirligi G’aznachiligi “Yagona g’azna hisobvarag`i” YaG`H
Bank tizimi orqali soliq to`lovchilar
Respublika byudjeti mablag’lari shartli hisobvaragi
Soliq organlari 64
Bu yerda: 1-umumdavlat va mahalliy soliqlar, yig’imlar; 2- xarajatlar to’lovi; 3- byudjetga ortiqcha to’langan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlarni qaytarish; yagona g’azna hisobvarag’iga kelib tushgan soliqlar, yig’imlar va majburiy to’lovlarni Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjeti, shahar va tuman mahalliy byudjetlarining shartli hisobvaraklarida hisobga olinishi; byudjetga ortiqcha to’langan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlarni qaytarilishi. Istiqbolda ushbu mexanizmni joriy etish uchun “Respublika yagona g’azna hisobvarag’i” va “Hududiy g’azna hisobvarag’larini” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali birlashtirish natijasida O’zR Markaziy bankida G’aznachilikning Yagona g’azna hisobvarag’ini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bunda jarayonlar vaqt birligi rejimida (on-line) amalga oshiriladi. Davlat byudjeti daromadlari g’azna ijrosida davlat byudjeti daromadlari bo’yicha barcha tushumlar tijorat banklar tomonidan g’aznachilikning Yagona g’azna hisobvarag’i (YaG’H)ga kirim qilinadi va g’aznachilikda undagi mablag’lar kirimi va
chiqimi respublika va mahalliy byudjetlar hisobi
shartli hisobravaraqlarda yuritiladi. Bu esa, o’z navbatida, G’aznachilikni, soliq, bojxona organlari, banklar byudjet mablag’lari taqsimlovchilar va oluvchilar, ya’ni byudjet va soliq jarayonlarining barcha sub’ektlarining axborot va huquqiy o’zaro hamkorligini tashkil qilish masalasini sifat jihatdan ancha yuqori darajada hal qilishni va avtomatlashtirilgan axborot tizimini ham xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirishni taqozo etadi va yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etadi. Bundan tashqari Davlat byudjeti daromadlarini amaldagi taqsimoti tartibotlari ham byudjet ijrosini tez, aniq va to’la tukis ijrosini amalga oshirishda muammoli tomonlarga egadir.
65
Bu holat byudjetning daromad qismiga kiritiladigan o’zgartirishlar bilan bog’liq. Bunda turli byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar yuzaga keladi. Bu esa, o’z navbatida, amaldagi soliq tushumlari prognoziga va byudjetlar daromadlari rejasiga o’zgartirishlar kiritishni talab qiladi va davlat soliq tushumlariga ma’sul (davlat soliq xizmati) hamda byudjetlar daromadlari tushumiga ma’sul (xokimlik moliya bo’limlari) shaxslar manfaatdorlik qiziqishlarini o’ziga
xos to’qnashuvlarini keltirib chiqaradi. Bu erda davlat soliq xizmati daromadlar prognozi rejasini bajarilishidan manfaatdor bo’lsa, xokimlik moliya bo’limlari mahalliy byudjetlarga tushishi lozim bo’lgan daromad tushumlaridan manfaatdor bo’ladi. Bizningcha, bu erda xokimliklar, soliq, moliya va g’aznachilik organlari tomonidan soliq va majburiy to’lovlarni yig’ish jarayonida kuchlarning birlashtirilishi yuzaga kelgan qiziqishlarni bartaraf etadi va salmoqli darajada davlat byudjeti daromadlari tushumi ijrosini kafolatlaydi. Buning uchun, albatta, byudjet daromadlari prognozlariga yil davomida o’zgartirishlar kiritish hamda umumdavlat va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishni amaldagi mexanizmini takomillashtirish va ko’pgina rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayanib, daromadlarni o’rta va uzoq muddatli byudjetlar bo’yicha rejalashtirish hamda ularni shakllantirishni yangi mexanizmlarini ishlab chiqish lozim. Shuningdek, byudjet daromadlari ijrosining yagona dasturga asoslangan byudjetning g’azna ijrosi bilan qamrab olinishi, birinchidan, moliya organlari hamda soliq xizmati o’rtasidagi manfaatlar qarama-qarshiligini bartaraf etishga, byudjetlar o’rtasida daromadlarni taqsimlash jarayonida tijorat banklarining aralashuviga yo’l qo’ymaslikka xizmat qilsa, ikkinchidan, byudjet daromadlari tushumlarini o’z vaqtida ijrosini aniq va to’g’ri bajarilishiga imkon berib, ularni monitoring va nazorat qilishga zaruriyat qolmaydi, uchinchidan, daromadlarni yig’ish, hisob-kitobini olib borish va byudjetlar o’rtasida taqsimlash jarayonlarida ishtirok etuvchi ma’sul manfaatdor shaxslar tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xato va qonunbuzarliklar bilan bog’liq xavf-xatarlar, ularni topish va to’g’rilashga ketadigan qushimcha vaqt sarflarini ham oldi olinadi. To’rtinchidan,
66
davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisob-kitob va hisobot larni sifatini yaxshilash bilan bir qatorda ularni tayyorlash jarayonini ham bir necha martaga qisqartiradi. Bizningcha, Davlat byudjeti g’azna ijrosida daromadlarni kassali rejalashtirish va
ijrosini amalga
oshirish ham
byudjet muvozanatini barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Davlat Byudjeti daromadlarini ijrosini kassali rejalashtirish bu daromad tushumlari prognozlari, ularga tuzatishlar kiritishning tezkor mexanizmi bo’lib, kassa rejasi G’aznachilikning Yagona g’azna hisobvaraqlaridan o’tuvchi moliyaviy oqimlarning kunlik prognozlarini ko’rsatadi va mablag’ jalb qilish rejalarini tuzishga asos bo’ladi. Daromadlar kassa rejasida byudjet daromadining har bir turi (soliqlar, soliqdan tashqari tushumlar va bq), aks ettirilib tuziladi va doimiy ravishda monitoring va tahlil natijasida prognoz va amaldagi natijalar o’rtasidagi farqqa qarab har haftada yangilanib borilishni taqozo qiladi. Prognoz qilishni har haftada yangilash jarayoni prognoz va amaldagi natijalar o’rtasidagi farqlar vaqtinchalik yoki doimiy o’zgarishlarni aks ettirish- ettirmasligini aniqlashga qaratiladi. Daromadlar kassa rejasi kutilayotgan daromadlar va ularning kelgusidagi o’zgarishlari to’g’risida faraz qilish imkonini beradi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjet daromadlarini shakllantirishda soliqlarni takomillashtirish, hisoblashni va byudjetga to’lanish nazorat amalga oshirish hamda soliq ma’murchiligini yuksaltirish eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturda byudjet- soliq yunalishida quyidagi muhim vazifalarni belgilab berildi: soliq yukini kamaytirish; soliq stavkalarni unifikatsiya qilish; lavlat byudjetini barqarorligini ta’minlash; mahaliy byudjet daromadlarini mustahkamlash; soliq ma’murchiligini takomillashtirish; soliq solish mexanizmini takomillashtirish; soliq to’lash muddatlarni qisqartish va boshqalar. 67
Davlat moliyasini barqarorligini ta’minlashda soliq va soliqsiz to’lovlar muhim o’rin tutadi. Amaldagi soliq tizimida byudjetga tushish va uning to’ldirilishi jihatdan egi soliqlarning o’rni yuqori. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, iqtisodiy taraqqiyot sur’atining oshib borishiga nisbatan egri soliqlar yukining kamayib borishi teskari mutanosiblikda ro’y beradi. Iqtisodiy rivojlanish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning daromad olish manbai va soliq obyektining kengayishini xarakterlaydi hamda byudjetga to’g’ri soliqlardan ko’proq moliyaviy resurslar yo’naltirilishiga olib keladi. Davlat byudjetining boshqa daromadlari tushumini oshirish orqali byudjet daromadlarini oshirish pirovardida soliq yukini pasaytirishga imkonini beradi. Respublikamizda keng doirada byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlash va iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirish zarurati istiqbolda qo’shimcha moliyaviy resurslarni aniqlash va ulardan foydalanish yuzasidan ishlarni faollashtirishni taqozo etadi. Davlat byudjeti boshqa daromadlaridan tushumlar byudjet daromadlari hajmida yuqori ulushga ega bo’lmasa-da, ularni hisoblash va undirish tartibi mol- mulkdan foydalanish, amalga oshirilayotgan ishlarni maqsadga muvofiqligi va qonunlar doirasida ekanligini ta’minlash, korxona va tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadigan ba’zi mablag’larni shakllantirish va ulardan to’g’ri foydalanish ustidan nazoratni tashkil etishda muhim hisoblanadi. Boshqa daromadlar asosan qo’yilgan biror bir tartibni buzganlik, ulardan noto’g’ri foydalanganlik yoki biror narsaga davlat boji to’lash bilan bog’liq jarayonda yuzaga keladigan moliyaviy munosabat hisoblanib, ushbu to’lovlarni amalga oshirilmasligi jamiyatda tartibsizlik, boshboshdoqlik va egasizlik hissini keltirib chiqaruvchi psixologik vaziyatni yuzaga keltiradi. Shuning uchun boshqa daromadlar ularning byudjetdagi ulushi bilan emas insonlardagi to’lovlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan psixologik vaziyat bilan baholash to’g’riroq bo’ladi. Fiskal xarakterdagi yig’imlar va boshqa daromadlarni ajratishda aniq mezonlarning mavjud emasligi natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlarni kamaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
68
byudjetga tushadigan to’lovlarni soliqli yoki huquqiy-fuqarolik to’lovlar sifatida qayd etib tasniflash;
kompensatsiya to’lovlarni undirishning huquqiy-fuqarolik rejimidan to’liq voz kechish zarur, chunki byudjetga kelib tushadigan aynan bir xil turdagi to’lovlar ba’zida yig’imlar sifatida, ba’zida boshqa daromadlar sifatida tushishini to’g’ri holat deb bo’lmaydi deb hisoblaymiz. Boshqa daromadlarni shakllantirilishni takomillashtirish yuzasidan quyidagi yo’nalishlarni ko’rsatish mumkin:
qo’llash, iqtisodiy-matematik usullar va modellashtirish asosida hisob-kitoblarning bir nechta variantda bo’lishini ta’minlash hamda shu asosida optimal variantni tanlash; bir necha (ko’p) variantli byudjet loyihasini tuzishga o’tish;
byudjetning boshqa daromadlarini rejalashtirish asosi hisoblangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni yuqori darajada aniqligini ta’minlash;
o’zgarishlar to’g’risida to’liq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lish;
byudjet daromadlari tarkibidagi jarima va sanktsiyalar summasini rejalashtirishdan voz kechish. Davlat va mahalliy byudjet daromadlarining shakllanishida asosiy o’rinni soliqlar egallaydi. Bozor munosabatlariga asoslangan davlatlarda soliqlar byudjet daromadlarini shakllantirishda va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim vazifalarni amalga oshiradi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish davlatning soliq siyosati bilan bevosita bog’liqdir.
Mamlakatimizda olib borilayotgan soliq islohotlari ushbu tizimning samarali ishlashi uchun mavjud muammolarni echishni talab etmoqda. Shu bois soliq tizimining muhim yo’nalishlaridan hisoblangan, xo’jalik sub’ektlaridan olinadigan 69
egri soliqlarni takomillashtirish mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Egri soliqlar bo’yicha soliq yukiga soliq stavkalari, berilayotgan imtiyozlar, soliq to’lovchilar soni, soliq to’lovchilari bo’yicha beriladigan ta’tillar ham ta’sir etadi. Egri soliq bo’yicha soliq yukining pasayishi iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanishi, inflyatsiyaning kamayganligini ifodalasa, soliq yukining oshishi esa soliq siyosatida korxonalar soliq yukining malum qismini iste’molchilar zimmasiga yuklashga qaratilgan soliq siyosati olib borilayotganligini xarakterlaydi. Bu siyosat bir tomondan, korxonalarning investitsion faoliyatiga ijobiy ta’sir qilsa, boshqa tomondan, iste’molchilarning real daromadlari kamayishiga, narxlar oshishi va korxonalar ishlab chiqargan tovarlar omborlarda qolib ketishiga olib keladi.
70
Soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish hisobiga ularning o’zlarida qoldirilishi va ushbu mablag’lardan samarali foydalanish iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qilishi bilan birga ijtimoiy sohadagi muammolar, ya’ni aholining kam daromadli tabaqasining daromadi oshishiga va ish o’rinlari yaratilib, bandlik masalasini ijobiy hal etishga va bularning natijasida byudjet daromadlarini kshpayishiga sharoit tug’diradi. Ayni bu holat soliq yukini kamaytirish bo’yicha eng muhim vazifa sifatida belgilangan ishlab chiqarishni faollashtirish omili bo’lgan xarid talabining jadal o’sishini ta’minlash vazifasini amalga oshirishga zamin yaratadi. Umumiy talabning o’sishi deyarli barcha tovarlar, shu jumladan iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni oshirish uchun kuchli rag’batlantiruvchi omillarni yaratadi. Shu borada, avvalo, aholining daromadlari o’sishini ta’minlashi ko’zda tutilgan. Bugungi kunda davlat soliq siyosatining samarasi ko’p jihatdan olganda, egri soliqlar bo’yicha soliq yuki darajasini iloji boricha muayyan belgilash va taqsimlash jarayoniga bog’liq. Egri soliqlar bo’yicha soliq yukini muayyan belgilashda fikrimizcha, soliq to’lovchilarning iqtisodiy faolligini kamaytirmaslik, iste’molchining real pul daromadi haddan ziyod kamayib ketishiga yo’l qo’ymaslik, qolaversa, ayrim olingan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini boshqa soliq to’lovchilar hisobidan qoplamaslik holatlariga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagi boblarda tahlillar natijasida ko’rdikki, ayrim soliqlar bo’yicha reja bajarilmagan, ayrimlari bo’yicha esa ortig’i bilan bajarilgan. Bunday holatlarni kelib chiqishiga birinchi tomondan soliqlarni rejalashtirishni to’ri yo’lga qo’yilmagaligi bo’lsa, ikkinchi tomoni tushumlarni o’z vaqtida va to’liq tushmasligidir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, byudjet daromadlarini rejalashtirishni takomillashtirish yo’nalishlari sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin: 71
byudjet daromadlarini rejalashtirish uchun zarur ma’lumotlar bazasini etarli va sifatli darajada shakllantirish; bu boradagi huquqiy hujjatlarni qayta ko’rib chiqish va byudjet daromadlarini rejalashtirish jarayoni tartibi, usullari, muddatlari hamda ishtirokchilar vazifalarini aniq ko’rsatib beruvchi huquqiy hujjat qabul qilish; ilmiy asoslangan va jahonning rivojlangan davlatlari amaliyotida qo’llaniladigan usullarni tatbiq qilish; oliy o’quv yurtlari va mutaxassislar malakasini oshirish muassasalarda zarur mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish. Bizning fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi tomonidan tayyorlangan byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni sifatini yaxshilash yordamida kelgusi yilgi O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti loyihasini tayyorlash uchun daromadlar va xarajatlarning prognoz ma’lumotlari to’g’ri shakllantiriladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlat byudjeti tarkibida soliqsiz daromadlarning ulushi past, shu sababli ushbu daromadlarni ko’paytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: davlat korxonalari va tashkilotlari ixtiyorida bo’lgan ko’chmas mulkdan foydalanish, ularni ijaraga berish shartlari va ijaradan olingan daromadlarni davlat byudjetiga kelib tushishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatish; banklar, fondlar, investitsion va moliyaviy kompaniyalar kapitalida davlat ishtirokini optimizatsiyalash yuzasidan ishlarni amalga oshirish; davlat byudjetiga maksimal foyda keltirgan holda davlat ixtiyoridagi aktsiya, ulush va paylarni arzonroq narxda sotish. Byudjet daromadlarini shakllantirishda yana bir muammo soliqlarni to’g’ri hisoblanmasligidir. Bu muammolarni hal etishda soliq nazorati va xorij tajribasidan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq maslahatining ahamiyatini kuchaytirish lozim.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling