Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana08.06.2020
Hajmi1.41 Mb.
#116081
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning hozirgi davr muammolari


1 bob bo’yicha xulosa 

 

Byudjet  daromadlari  tizimini  aniqlashtirish,  ularni  shakllantirishni 

takomillashtirish   borasidagi me’yoriy huquqiy  bazani mustahkamlanishi byudjet 

daromadlarini barqarorligini ta’minlashga hizmat qilmoqda. 2013 yil 26 dekabrda  

qabul  qilingan  va  2014-2015  yillarda  amal  qilinishi  belgilangan  Byudjet 

kodeksining  Byudjet  tizimi  to’g’risidagi  qonundan  farqli  tomonlari  shundaki,  bu 

kodeksda  respublika  va  mahalliy  byudjet  daromadlari  kengroq,  ya’ni  har  bir 

manbasi bo’yicha keltirilgan. 

Soliq  solish  soliq  majburiyatlari  yuzaga  kelgan  paytda  amalda  bo’lgan 

qonun  hujjatlariga  muvofiq  amalga  oshiriladi.  Soliqlar  va  boshqa  majburiy 



24 

 

to’lovlarni  bekor  qilish,  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  stavkalarini 



kamaytirish,  soliq  to’lovchilarning  majburiyatlarini  bekor  qilishni  yoki  ularning 

ahvolini  boshqacha  tarzda  engillashtirishni  nazarda  tutuvchi  soliq  to’g’risidagi 

qonun  hujjatlari  orqaga  qaytish  kuchiga  ega  bo’lishi  mumkin,  agar  bu  soliq 

to’g’risidagi qonun hujjatlarida to’g’ridan-to’g’ri nazarda tutilgan bo’lsa. 

Yangi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar belgilanishini, imtiyozlar to’liq 

yoki qisman bekor qilinishini, soliq solinadigan baza oshirilishini nazarda tutuvchi 

soliq  to’g’risidagi  qonun  hujjatlari  ular  rasmiy  e’lon  qilingan  paytdan  e’tiboran 

kamida uch oy o’tgach, amalga kiritiladi. 

Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarning  stavkalari  o’zgartirilishini 

nazarda  tutuvchi  soliq  to’g’risidagi  qonun  hujjatlari,  agar  ularda  kechroq  muddat 

ko’rsatilmagan  bo’lsa,  ular  rasmiy  e’lon  qilingan  oydan  keyingi  oyning  birinchi 

kunidan e’tiboran amalga kiritiladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


25 

 

II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT BYUDJETI 



DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISH AMALIYOTINING TAHLILI 

 

2.1. Davlat byudjeti daromadlari manbalarining tahlili 

 

Davlat  byudjetining  daromadlari  mamlakat  yalpi  ichki  (milliy)  mahsulotini 

taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  umumiy  jarayonining  elementlaridan  biri  bo’lib, 

ular  oraliq  (tranzit)  xarakterga  ega.  Ular    yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  tegishli 

bo’lgan  daromadlar  va  jamg’armalarning  bir  qismini  byudjetga  o’tkazilishi 

natijasida  vujudga  keladi.  Byudjet  daromadlarining  moddiy-buyumlashgan 

mazmunini  davlatning  ixtiyoriga  borib  tushgan  pul  mablag’lari  tashkil  etadi.  Bu 

moliyaviy  (byudjet)  kategoriyaning  namoyon  bo’lish  shakli  byudjetga  borib 

tushuvchi turli soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat

29



Davlat  byudjetining  daromadlari  o’zlarining  manbalari,  ijtimoiy-iqtisodiy 

xarakteri, mulkchilik shakli,  soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli 

va ularni byudjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. 

Eng  avvalo,  davlat  byudjetining  daromadlari  o’zlarining  manbalariga  ko’ra 

quyidagi uch guruhga bo’linadi: 

  soliqli daromadlar; 

  nosoliqli daromadlar; 

  tiklanmaydigan tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari. 

Nosoliqli daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 

  davlat  mulkidan  foydalanishdan  olingan    daromadlar  (soliqlar  va 

yig’imlar  to’g’risidagi  qonunchilikka  muvofiq  to’langan  soliq  va  yig’imlardan 

so’ng); 


  byudjet  tashkilotlari  tomonidan  ko’rsatilgan  haqli  (to’lovli) 

xizmatlardan    kelgan  daromadlar  (soliqlar  va  yig’imlar  to’g’risidagi 

qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng); 

                                                           

29

 

Vahobov A., Malikov T. Moliya. Darslik, TMI, T: “Noshir”, 2012 .712 bet



 

 


26 

 

  fuqarolik-huquqiy,  ma’muriy  va  jinoiy  choralarni  qo’llash  natijasida 



olingan  mablag’lar,  jumladan,  jarimalar,  konfiskatsiyalar,  kompensatsiyalar  va 

davlat sub’ektlariga etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar; 

  moliyaviy  yordam  ko’rinishidagi  daromadlar  (byudjet  ssudalari  va 

byudjet kreditlaridan tashqari); 

  boshqa nosoliqli daromadlar. 

Yuqoridagilar bilan bir qatorda byudjet daromadlarining tarkibiga  bir qator 

tushumlar ham kiritiladi (5- rasm) 

5-rasm 

Byudjet daromadlarining tarkibiga olinadigan tushumlar

30

 

 

                                                           



30

 Malikov T. S., Vahobov D.R.  Moliya: chizmalarda. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2010 y. 



Tushumlarning  ko’rinishlari 

 

 

davlat  mulkini  vaqtinchalik  foydalanishga  berish  natijasida  ijara  haqi 



yoki boshqa ko’rinishda olinadigan mablag’lar 

kredit  muassasalarining  hisobvaraqlarida  byudjet  mablag’la-rining 

qoldig’i bo’yicha foizlar ko’rinishida olinadigan mablag’lar 

davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni garovga yoki ishonchli 

boshqaruvga berishdan olinadigan mablag’lar 

qaytarish  va  haq  olish  asosida  boshqa  byudjetlarga,  xorijiy  dav-latlarga 

yoki  boshqa  yuridik

 

shaxslarga  berilgan  byudjet  mablag’-laridan 



foydalanganlik uchun haq

 

davlatga qisman  tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari  ustav ka-pitalining 



hissasiga  yoki  aktsiyalar  bo’yicha  dividendlarga  to’g’ri  keladigan  foyda 

ko’rinishidagi daromadlar 

davlat  unitar  korxonalari  foydasining  bir  qismi  (soliqlar  va  yig’imlar 

to’g’risidagi  qonunchilikka  muvofiq  to’langan  soliq  va  yig’imlardan 

so’ng) 

davlatga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan, 



qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa daromadlar 

27 

 

Hozirgi  amaliyotda  Davlat  byudjetining  daromadlari  quyidagi  tartibda 



klassifikatsiya qilinayapti (6-rasm). 

6 –rasm  

Davlat byudjetining daromadlari klassifikatsiyasi

31

 

 

 



Mustaqilligimizning  dastlabki  yillaridan    shu  kungacha    bo’lgan    davrda 

soliq  tizimidagi  soliqlar  va  yig’imlar  turlarining      kamayib  borgan,  ya’ni    1992 

yildagi 24 ta o’rniga 2015 yilda 12 ta soliq turi mavjud(6- rasm) 

                                                           

31

   


Malikov  T.  S.,  Vahobov  D.R.    Moliya:  chizmalarda.  O’quv  qo’llanma.  –  T.:  “IQTISOD-

MOLIYA”, 2010 y. 

 

 

Davlat byudjeti daromadlari  klassifikatsiyasi 



To’g’ri  (bevosita)  soliqlar  (yuridik  shaxslarning  foydasidan  olinadigan 

soliq;    savdo  va  umumiy  ovqatlanish  korxonalari  uchun  yagona  soliq 

to’lovidan  Davlat  byudjetiga  ajratmalar;  yagona  soliq  to’lovidan 

(mikrofirmalar  va  kichik  korxonalar  bilan  birgalikda)  Davlat  byudjetiga 

ajratmalar;  jismoniy  shaxslarning  daromadidan  olinadigan  soliq  va 

tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanayotgan  yuridik  va  jismoniy 

shaxslarning daromadidan olinadigan qat’iy soliq) 

Egri  (bilvosita)  soliqlar  (qo’shilgan  qiymat  solig’i;  aktsizlar;  bojxona 

bojlari;  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  yagona  boj  to’lovi;    transport 

vositalari  uchun  benzin,  dizel  yoqilg’isi  va  gaz  iste’moliga  jismoniy 

shaxslardan olinadigan soliq) 

 

Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i (mol-mulk solig’i; yer solig’i; yer osti 

boyliklaridan 

foydalanganlik 

uchun 

soliq 


va 

suv 


resurslaridan 

foydalanganlik uchun soliq) 

Ustama foydadan olinadigan soliq 

 

 



Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq 

 

Boshqa daromadlar 



28 

 

 6-rasm 



Soliq turlari soni

32

 

 

 



 

 

Shu bilan birga iqtisodiyotda soliq yukini kamayib borayotganligini kuzatish 



mumkin(7- rasm). O’zbekistonda soliq yuki bundan o’n yil oldin YaIMga nisbatan 

(maqsadli jamg’armalarni hisobga olmagan holda) 27,9 foizni tashkil etgan bo’lsa,  

2012 yilda esa 6,3 punktga kamaydi va  YaIMga nisbatan 21,6 foizni tashkil etdi. 

2013  yilda  esa  soliq  yukining  umumiy  darajasini  yana  0,3  punktga  kamaytirish, 

ya’ni  21,3  foizga  tushirish  chora-tadbirlari  ishlab  chiqilganligi  sababli,  bu 

ko’rsatkich amalda  YaIMga nisbatan 20,5%ni, 2014 yilda esa   20% tashkil etdi. 



7-rasm 

Iqtisodiyotda soliq yuki

33

, YaIMga nisbatan %da 

 

                                                           



32

  O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksiga asosan tayyorlandi 

33

 O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi



 

29 

 

Soliq  tizimida  mavjud  soliqlar  iqtisodiy  mazmun-mohiyatiga  ko’ra 



to’g’ri(bevosita) va egri(bilvosita) soliqlarga bo’linadi. 

To’g’ri  soliqlarni    soliq  to’lovchilarning  o’zi  to’g’ridan-to’g’ri  to’laydi,  

soliqning  huquqiy  jihatdan  ham,  haqiqiy    to’lovchisi  ham  bitta  shaxs  bo’ladi.  Bu 

soliqlarga  daromaddan va mulkdan to’lanadigan barcha soliqlar kiradi . 

Egri  soliqlar  yuridik  jihatdan  to’lovchilari  mahsulot,  ish  va    xizmatlarni 

yuklab  yuboruvchilar  bo’lib,    soliqning  haqiqiy  og’irligi  oxirgi  iste’molchining 

zimmasiga    tushadi,  soliq  summasi  tovar,  ish  va    xizmatlar    narxi  ustiga  ustama 

tarzda o’rnatiladi.  

Shu o’rinda davlat byudjeti daromadlari takribini tahlil qilamiz(2-jadval). 

Jadvalda  keltirilgan  raqamlardan  ko’rinib  turibdiki,    2012-2014  yillarda 

davlatimiz  byudjetining  daromadlari  tarkibiy  tuzilmasida  egri    soliqlar  asosiy 

salmoqqa ega.  

Ushbu soliqlarni  yillar bo’yicha tahlil qiladigan bo’lsak,  egri soliqlarning 

jami  byudjet  daromadlaridagi  ulushi      2012  yilda  54,3%  ,  2013  yilda  51,0  %  va  

2014  yilda    51,7%    qilib  rejalashtirilgan  bo’lsada,    mos  ravishda  ijro  bo’yicha 

48,9%, 51,0% va 53,1 %larni takshil etgan.  

Davlat  byudjeti  daromadlarining  tarkibiy  tuzilmasida  to’g’ri    soliqlar  ham 

o’z  o’rniga  ega.  Ular  yordamida  byudjet  daromadlarining    ¼  qismidan  ko’prog’i 

shakllanadi.  To’g’ri  soliqlarning    asosiy  qismi    jismoniy  shaxslardan  olinadigan 

daromad  solig’ining  hissasiga  to’g’ri  keladi.    To’g’ri  soliqlarning  ulushi  jami 

byudjet  daromadlari  tarkibida      2012  yilda  25,2%  ,  2013  yilda  26,2  %  va    2014 

yilda 25,8 %ga rejalashtirilgan bo’lsada,  mos ravishda ijrosi: 25,35, 24,2% va 23,4 

%ni tashkil etgan.   

Resurs  to’lovlari  va  mol-mulk  solig’i  yordamida  davlat  byudjeti 

daromadlarining  15,0%i  tashkil  topmoqda.  Uning    asosiy  qismi  yer  qa’ridan  

foydalanganlik  uchun  soliqqa  to’g’ri  keladi.  Bu  soliqlarning  byudjetdai  ulushi  

2012 yilda 13,3%, 2013-2014 yillarda  15% ga rejalashtirilgan bo’lsa, 2012 yilda 

15,5%, 2013 yilda 14,8%  va 2014 yilda 13,5% ni tashkil qilgan. 



30 

 

Byudjetning  boshqa  daromadlarini  jami  daromadlardagi  ulushi  2012  yilda 



6%, 2013 yilda 9,8% va 2014 yilda 6,1% bo’lishi rejalashtirilgan bo’lsa, haqiqatda 

bu ko’rsatkich  2012 yilda 10,0%ni va 2013 2014 yillarda 9,8%ni tashkil etmoqda.  



2-jadval 

2012-2014 yilarda O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining  

daromadlari tarkibi va dinamikasi

34

(

 mlrd.so`mda)



 

 

№ 



 

Ko’rsatkichlar 

2012 yil  

2013 yil  

2014 yil 

summa 


(%) 

summa 


(%) 

summa 


(%) 

1. 


Daromadlar-jami 

20614,1 


100 

25109,9 

100 

30 168,8 

100 

1.1. 


ijro 

21295,6 


100 

26 223,0 

100 

31 729,6 



 

100 


2. 

Soliqli daromadlar 

jami 

19380,6 


94,0 

23672,5 


94,3 

28318,4 


93,8 

2.1. 


ijro 

19161,2 


89,9 

23640,5 


90,1 

28318,4 


93,8 

3. 


To’g’ri  soliqlar 

5196,4 


25,2 

6583,1 

26,2 

7 790,4 


25,8 

3.1 


ijro 

5414,2 


25,4 

6 353,7 


 

24,2 


7 433, 1 

23,4 


4. 

Egri  soliqlar 

11187,8 

4,3 


13039,4 

51,0 

15 618,2 

51,7 


4.1 

ijro 


10434,5 

48,9 


 

13 398,6 

51,0 

 

16 851,8 



51,7 

5. 


Resurs to’lovlari va 

mol-mulk solig’i 

2746,4 

13,3 


3755,5 

15,0 

4521,4 

15,0 


5.1 

ijro 


3312,5 

15,5 


3 888,2 

14,8 


4 311,6 

13,5 


6. 

Ustama foydadan 

soliq 

250,0 


1,2 

294,5 

1,3 

388,4 


1,3 

6.1. 


ijro 





7. 


Boshqa daromadlar 

1233,5 


6,0 

1432,4 

5,6 

1842,4 


6,1 

7.1 


ijro 

2134,4 


10,0 

2 582,5 


 

9,8 


3 133,1 

9,8 


 

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, summa jihatidan yildan yilga 

soliqlar  ortib  bormoqda.  Davlat  byudjeti  daromadlarini  ijrosini  tahlil  qilish  bu 

                                                           

34

 

O’zbekiston Respublikasi  Prezidenti Qarorlariga asosan  tayyorlandi, PQ №  1675, 1887, 2099



 

31 

 

borada  amalga  oshirilayotgan  ishlarning  qanchalik  darajada  samarli  tashkil 



etilayotganligidan dalolat beradi. 

 8-rasm 



2013-2014 yilarda O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining  

daromadlari ijrosi dinamikasi

35

, %da 

 

 



Ma’ulumotlardan ko’rinib turidiki, jami daromadlar 2013 yilda 104,5 foizga 

va 2014 yilda 105,2 foizga bajarilgan. 

To’g’ri soliqlarning jami  2013 yilda 96,5 foizga va 2014 yilda 95,4 foizga 

bajarilgan, shundan yuridik  shaxslardan olinadigan foydasolig’i:  2013-yilda 83,8 

va 2014-yilda 86,0 foizga, savdo vaumumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona 

soliq  to’lovidan  101,9  va  96,4  foizga,    mikrofirma  va  kichik  korxonalardan 

yaagona soliq to’lovidan davlat budjetiga ajratmalar, 100 va 106,2 foizga, jismoniy 

shaxslar  daromadiga  soliq  98,1  va  98,4  foizga,    tadbirkorlik  faoliyatining  ayrim 

turlari bo’yich qat’iy belgilangan soliq  121,5 va  109,5 foizga, obodonlashtirish va 

ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i  90,1 va 75,0 foizga bajarilgan. 

                                                           

35

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari 



32 

 

Egri  soliqlarning  jami  2013  yilda  102,8  foizga  va  2014  yilda  107,9  foizga 



bajarilgan.  Tarkibini  ko’radigan  bo’lsak,  QQS  2013-yilda  97,6  foiz  va  103,9 

foizga,  aksiz solig’i  mos ravishda  111,9 va 109,7 foizni, bojxona boji  101,5 va 

118,2  foizga,  transport  vositalari  uchun  benzin,  dizel  yoqilg’isi  va  suyultirilgan 

gazni istemol qilganlik uchun soliq 115,1 va 128,1 foizga bajarilgan. 

Mol  mulk  solig’i  va  resurs  to’lovlarining  jami  2013  yilda  103,5  foizga  va 

2014 yilda 95,4 foizga bajarilgan bo’lsa, mulk solig’i 121,7 va mos  ravishda 112,2 

foizga,    yer  solig’i        90,3  va  97,3  foizga,  yer  osti  boyliklaridan  foydalanganlik 

uchun  soliq  100,5  va  87,7  foizga  suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq  

108,4 va 91,5 foizga  bajarilgan . 

Byudjet ijrosi bo’yicha eng yuqori ko’rsatkich boshqa daromadlar hissasiga 

to’g’ri kelib,  2013 yild 180 foizga va 2014 yilda 254 foizga bajarilgan.  

Boshqa  daromadlarning  asosiy  manbai  sifatida  davlat  mulkini  sotish  va 

undan  foydalanishdan  olingan  tushumlarni  keltirish  mumkin.  Boshqa  daromadlar 

tarkibini  barqaror  deb  aytish  qiyin,  ularni  ro’yxati  ochiq  xarakterga  ega  bo’lib, 

bunda  davlat  mulkini  sotish  va  undan  foydalanishdan  olingan  daromadlar  tabiiy 

ravishda boshqa daromadlar ro’yxatiga kiritiladi. 



9-rasm  

Davlat byudjetiga mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan 

chiqarishdan tushumlar (jami mablag’larga nisbatan foiz hisobida)

36

 

 

                                                           



36

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi 



33 

 

Ma’lumotlarga 



qaraydigan 

bo’lsak, 

davlat 

byudjetiga 



mulkini 

xususiylashtirish  va  davlat  tasarrufidan  chiqarishdan  tushumlarning  2008  yilda 

32,9 foizi  tushgan bo’lsa, 2009 yilda bu ko’rsatkich 15,1 foizga kamaygan va 17,8 

foizni  tashkil  etgan.  2010  yilda  esa    30,1  foiz  va    2011  yilda  33,8  foizgacha 

ko’tarilgan.  2012  yilga  kelib  o’tgan  yilag  nisbatan  15,8  foizga  pasayib  18  foizni 

tashkil etgan va 2013 yilda yana 32,8 foiz darajasiga ko’tarilgan. 

Mavjud  tizimga  ko’ra,  bir  xil  turdagi  byudjetning    boshqa  daromadlarini 

boshqarish  bir  qator  boshqaruvchilar  zimmasiga  yuklatilgan.  Shuningdek,  boshqa 

daromadlarning  keng  guruhi  mavjud  bo’lib,  ularni  boshqarish  barcha  byudjet 

daromadlari  boshqaruvchilariga  biriktirilgan.  Davlat  byudjetini  daromadlarini 

shakllantirishni  muassasalar  o’rtasida  vakolatlarni  aniq  taqsimlanmasligi 

pirovardida  boshqa  daromadlar  boshqaruvi  sifatini  pasayishiga  olib  kelishi 

mumkin.  

 

2.2. Davlat byudjetida to’g’ri soliqlarning ulushi va uning tahlili 



 

Iqtisodiyotda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiyalash 

va 

diversifikatsiyalash 



sharoitida 

to’g’ri  soliqlarning  mohiyati,  soliq 

munosabatlaridagi 

ahamiyati, 

soliq 

tizimida 



va 

davlat 


byudjetining 

daromadlaridagi salmog’ini nazariy va amaliy ma’lumotlarga tayangan holda tahlil 

etish va o’rganish bugungi kun talabi hisoblanadi. 

Yuqorida ta’kidlaganimizdek to’g’ri soliqlar tarkibiga daromaddan va mulk 

va  yer    egaligidan    hamda  resusrlardan  foydalanganlik  uchun  soliqlar  kiradi.  Bu 

soliqlardan daromadlar byudjet daromadlari tarkibida  alohida o’rin tutadi. Aniqroq 

ma’lumotlarga ega bo’lish uchun  bevosita soliqlarni daromdidan undiriladigan va 

mulk va resusrlardan undiriladigan soliqlarga bo’lib tahlil qilamiz(10-rasm). 

Bu rasmdan  to’g’ri soliqlarni davlat byudjeti va to’g’ri soliqlar tarkibidagi 

ulushini ko’rish mumkin, ya’ni jismoniy shaxslardan daromad solig’i jami byudjet 

tarkibida 11 foizni tashkil etgan bo’lsa, to’g’ri soliqlardagi ulushi esa 51,6 foizni, 

yuridik shaxslarning foyda solig’i esa mos ravishda 4,9 va 16,7 foizni,  savdo va 



34 

 

umumiy  ovqatlanish  korxonalari  tmomnidan  to’lanadigan  soliq  byudjetning    3,3 



foizini  va  to’g’ri  soliqlarning  12,7  foizini,    kichik  korxona  va  mikrofirmalar 

tomonidan  to’lanadigan  yagona  soliq  to’lovi    3  va  11,7    foizni,  tadbirkorlik 

faoliyati bilan shug’ullanuvich yuridik va jismoniy shaxslardan qat’iy belgilangan 

soliq    1,7    va  6,4  foizlarni  foizni,  obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani 

rivojlantirish solig’i esa 2,5  va 9,9 foizlarni tashkil etmoqda. 

10-rasm 

2013-2014 yilarda  to’g’ri  soliqlar tarkibi va  dinamikasi

37

 

 

                                                           



37

 

O’zbekiston Respublikasi  Prezidenti Qarorlariga asosan  tayyorlandi, PQ №  1887, 2099



 

35 

 

 Jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq  to’g’ri soliqlar ichida 



salmoqli o’rinni egallaydi. 

Soliq    Kodeksiga  muvofiq  soliq  solinadigan  daromadga  ega  bo’lgan 

jismoniy  shaxslar  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig’i  to’lovchilari 

hisoblanadilar. 

Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi: 

  mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar 

   mulkiy daromadlar 

  moddiy naf tarzidagi daromadlar; 

   boshqa daromadlar. 

O’zbekiston  Respublikasining  soliq  qonunchiligiga  ko’ra  jismoniy 

shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalari quyidagi guruhlarga bo’linadi:  

  jismoniy  shaxslarning  ish  haqi,  mukofotlar  va  boshqa  daromadlariga 

solinadigan tabaqalashgan progressiv soliq stavkalari;  

  jismoniy  shaxslarning  dividend  va  foiz  tariqasida  oladigan  daromadiga 

soliq stavkasi (10%);  

  norezident  jismoniy  shaxslarning  daromadlariga  to’lov  manbaida 

solinadigan soliq stavkalari  (faoliyat  va  daromad  manbaiga  qarab tegishlicha  6%; 

10%; 10%; 20%);  

  imtiyozli soliq stavkalari

38

.  



1998-1999  yillarda  jismoniy  shaxslar  daromadlaridan  soliq  besh  pog’onali 

15%, 25%, 35%, 40% va 45% shkala bo’yicha olingan bo’lsa, 2001-2014 yillardan 

boshlab uchta pog’onali shkala bo’yicha undirilgan.  

2015  yilning  1  yanvaridan  e’tiboran  respublikamizda  to’rt  pog’onali  soliq 

stavkalarini  qo’llash  tartibi  joriy  etilib,  bu  jismoniy  shaxslardan  olinadigan 

daromad solig’ini hisoblashda eng kam ish haqining bir baravarigacha bo’lgan eng 

quyi  pog’onadagi  miqdoriga  «0»  darajali  stavkani  qo’llash  tartibini  nazar  tutadi. 

Boshqacha  aytganda,  fuqarolarning  eng  kam  ish  haqining  bir  baravari  (118400 

so’m)gacha daromadlari soliqqa tortilmaydi (3-jadval). 

                                                           

38

 

Vahobov A., Jo’raev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. -T:. Sharq, 2009. 236-b.



 

36 

 


Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling