Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod
-jadval Suv resusrlaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning hozirgi davr muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-jadval Qo’shimcha foyda solig’i stavkalari 48
- 2.3. Davlat byudjeti daromadlari tarkibida egri soliqlarning ahamiyati va tahlili
- 13-rasm 2013-2014 yilarda egri soliqlar tarkibi va dinamikasi 50
- 14-rasm Qo’shilgan qiymat solig’i ijrosining dinamikasi 51 , mlrd so’mda
- 15-rasm Aksiz solig’i ijrosi dinamiasi, mlrd so’m 52
- 6-jadval Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moli uchun soliq Yoqilg’i turi 2011
4-jadval Suv resusrlaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 47
Ko’rsatkichlar Suv resurslarining yer usti manbalari Suv resurslarining yer osti manbalari 2014 yil 2015 yil 2014 yil 2015 yil 1 Iqtisodiyotning barcha sohalaridagi korxonalar,(2- 4 punktlardan tashqari), dehqon xo’jaliklari(yuridik va jismoniy shaxslar),tadbirkorlik faoliyatida suv resusrlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar
61,9 65,5
78,6 2 Elektrostantsiyalari 14,9 17,9
22,2 26,6
3 Kommunal xizmat ko’rsatish korxonalari 28,3
34,0 36,6
43,9 4 Alkagolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun:
4.1 Alkagolsiz ichiliklar ishlab chiqarish uchun
10000
10000
4.2 Boshqa maqsadlarda
61,9
78,6
47
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining , PQ № 2099, 2270 Qarorlari asosida tayyorlandi
48
Alkagolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar qanday tartibda soltq to’lashidan qat’iy nazar ushub soliqni to’laydilar. 2014 yilda yagona yer solig’ini to’lamaydigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, dehqon xo’jaliklari (yuridik va jismoniy shaxslar),tadbirkorlik faoliyatida suv resusrlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar har kub metr suv uchun 2,8 va 3,1 so’m miqdorida soliq to’lagan. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to’lovchilar quyidagilardir: yer qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olayotgan er qa’ridan foydalanuvchilar; foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan er qa’ridan foydalanuvchilar. Byudjet daromadlari tarkibida alohida satrda ko’rsatiladigan soliq qo’shimcha foyda solig’i deb nomlanadi va uning stavkalari 5-jadvalda keltirilgan.
Ko’rsatkichlar 2014 yil 2015 yil % 1
mis,1 tonnasi uchun 4350 AQSh
dollaridan ortsa, so’m ekvivalentida 4600 AQSh
dollaridan ortsa, so’m ekvivalentida 5 50
2 Tabiiy gaz, 1000 kub metr uchun 160 AQSh dollaridan ortsa, so’m ekvivalentida 160 AQSh dollaridan ortsa, so’m
ekvivalentida 3 Polietilin granulalari,1 t uchun 1325 000 so’mdan ortsa
1 700 000 so’mdan ortsa
4 Tsement, 1 t uchun 105 000 so’mdan ortsa 125
000 so’mdan
ortsa 5 Klinker, 1 tonnasi uchun 80000 so’mdan ortsa 95000 so’mdan ortsa
48
49
Ushbu soliqni quyidagilardir: ayrim foydali qazilmalarni (foydali komponentlarni) kavlab olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar; foydali qazilmalardan ishlab
chiqariladigan ayrim
turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar. Realizatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan qonun hujjatlarida belgilangan hisob-kitob bahosi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan daromadning bir qismi (qo’shimcha foyda) qo’shimcha foyda solig’ini solish obyektidir Ayrim turdagi mahsulotlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan soliq kodekssida ko’rsatilmagan boshqa shaxslar ham qo’shimcha foyda solig’i to’lovchisi etib belgilanishi mumkin. Mahsulot taqsimotiga oid bitim bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar qo’shimcha foyda solig’ini to’lovchilar bo’lmaydi. Qo’shimcha foyda summasi bilan qo’shimcha foyda qismiga to’g’ri keladigan sof tushumdan hisoblab chiqarilgan soliq va boshqa majburiy to’lovlar summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan sof qo’shimcha foyda soliq solinadigan bazadir. Qo’shimcha foyda solig’i solinadigan foydali qazilmalar va mahsulot turlari ro’yxati, shuningdek soliqni hisoblab chiqarish hamda to’lash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida egri soliqlarni milliy iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga ta’siri, ular faoliyatini rag’batlantirishdagi o’rni va pirovard natijada xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir darajalarini baholash soliq tizimi oldida turgan dolzarb masalalaridan biridir. Demak, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «...soliq yukini engillashtirish, soliqqa tortish tizimini 50
soddalashtirish va unifikatsiya qilish bo’yicha xo’jalik tuzilmalarini qo’llab - quvvatlash» 49 muhim masalalardan sanaladi. Har qanday soliq tizimining ajralmas qismi, qolaversa, eng murakkab jihatlarini namoyon etuvchi holat, bu soliq yukki hisoblanadi. Soliq turlari bo’yicha soliq yukini muntazam ravishda o’rganib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi: soliq yukini tahlil etish va uni to’g’ri aniqlash soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili yuzaga chiqishini ta’minlaydi; soliq yuki soliq to’lovchilarning soliqlarga bo’lgan munosabatlarini aniqlashga imkon yaratadi; soliq yukini tahlil etish iqtisodiyot tarmoqlarida o’zaro mutanosiblik holatini o’rnatishga yo’nalish beradi; davlat iqtisodiy (soliq) siyosatining samarasini aniqlovchi omil bo’lishi bilan birga, uni to’g’ri belgilab borish davlatning iqtisodiyotga oqilona ta’sir etishini ta’minlashga xizmat qiladi. Yuqorida ta’qidlanganlardan ko’rinadiki, egri soliqlar bo’yicha soliq yukini tadqiq etish va uning holatiga to’g’ri baho berish egri soliqlarning amal qilish mexanizmini to’laqonli yoritish imkonini yaratadi. Shundan kelib chiqib, biz egri soliqlarga tegishli soliq yuki jarayonini tahlil etishni maqsadga muvofiq, deb hisobladik(13-rasm). Ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, 2012-2014 yillarda davlatimiz byudjetining daromadlari tarkibiy tuzilmasida egri (bilvosita) soliqlar, ya’ni qo’shilgan qiymat solig’i, aksizlar, bojxona bojlari, transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar salmoqli ulushga ega bo’lib, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. QQSning jami byudjet daromadlari tarkibidagi salmog’i 30,2 foizni va egri soliqlar tarkibidagi salmog’i 58,3 foizni tashkil etmoqda. Aksiz solig’i esa mos ravishda 14,9 va 29 foizlarni, bojxona bojlari 3,8 va 7 foizlarni,
49 Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. –T.: O’zbekiston, 2010. 41-b.
51
transport vositalari uchun yoilg’i iste’moli uchun soliq 2,8 va 5,0 foizlarni tashkil etmoqda. 13-rasm 2013-2014 yilarda egri soliqlar tarkibi va dinamikasi 50
Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilar quyidagilardir: 1) soliq solinadigan oborotlarga ega bo’lgan yuridik shaxslar, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa; 2) ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga O’zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qo’shilgan qiymat solig’i to’lash bo’yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar;
50 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlariga asosan tayyorlandi, PQ № 1887, 2099 52
3) tovarlarni O’zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, o’z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno; 4) oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) — yuridik shaxs; Soliq solish obyekti bo’lib soliq solinadigan oborot va soliq solinadigan import hisoblanadi. Ushub soliq stavkasi yillar mobaynida o’zgarmagan holda 20%ni takshil etmoqda. QQSni yillar mobaynidagi ijrosini ko’radigan bo’lsak, 2011-2013 yillarda rejadagi ko’rsatkich bajarilmagan, ya’ni 2013 yilda 97,6 foiga bajarilgan bo’lsa, 2014 yilda esa 103,9foiga bajarilgan(14- rasm).
Qo’shilgan qiymat solig’i ijrosining dinamikasi 51 , mlrd so’mda
Aktsiz solig’i to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilardir: 51 O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida tayyorlandi 53
O’zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig’i solinadigan tovarlarni (aksiz to’lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz to’lanadigan tovarlarni import qiluvchilar; oddiy shirkat aksiz to’lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi (ishtirokchisi). Quyidagi operatsiyalar aksiz solig’i solinadigan obyektdir: 1) aksiz to’lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan:
garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo’yilgan aksiz to’lanadigan tovarlarni garovga qo’yuvchi tomonidan topshirish;
aksiz to’lanadigan tovarlarni bepul topshirish;
aksiz to’lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish;
hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish; 2) aksiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish; 3) aksiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aksiz to’lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish;
54
4) aksiz to’lanadigan tovarlarni ulush qo’shish asosida qayta ishlashga topshirish, shuningdek ulush qo’shish asosida xom ashyo va materiallarni, shu jumladan aksiz to’lanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo’lgan aksiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish; 5) ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aksiz to’lanadigan tovarlarni o’z ehtiyojlari uchun topshirish; 6) aksiz to’lanadigan tovarlarni O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish. 15-rasm Aksiz solig’i ijrosi dinamiasi, mlrd so’m 52
Aksiz solig’i bo’yicha reja yillar davomida 100 foizdan ortig’i balan ijro etilgan, jumladan 2013 yilda 111,9 foizni, 2014 yilda 109,7 foizni tashkil etgan. Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to’lovchilar oxirgi iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg’isi va
52
55
gazni realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardir. Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gazni oxirgi iste’molchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan o’z ehtiyojlari uchun foydalanish soliq solish obyektidir. Benzin, dizel yoqilg’isi va gazning natura holidagi realizatsiya qilingan va o’z ehtiyojlari uchun foydalanilgan hajmi soliq solinadigan bazadir. Yoqilg’i quyish shahobchasi orqali yoqilg’i sotilsa , har litr yoki kg uchun soliq undiriladi, boshqa hollarda 1 tonnasi soliq hisoblanadi.2014 yilda 1 tonna benzin uchun 385200 so’m va dizel yoqilg’isi uchun 352000 so’m miqdorida, 2014 yilda 352000 va 322000 so’m belgilangan(6-jadval). 6-jadval Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moli uchun soliq Yoqilg’i turi 2011 2012 2013 2014 2105
Transport vositalari uchun benzin
va dizel
yoqilg’isi, 1 litr uchun
175so’m 200 so’m
240so’m 265so’m 290 so’m
Transport vositalari uchun suyultirilgan gaz, 1 litr uchun 140so’m 165 so’m 165 so’m 180so’m 200 so’m
Transport vositalari uchun siqilgan gaz, 1 kub metr 175
so’m 200
so’m 200 so’m 220 so’m 240 so’m
Bojxona bojlari davlat byudjetining egri soliqlari tarkibiga kiritilgan bo’lib, tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o’tishda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona to’lovlari to’lanadi: boj;
56
qo’shilgan qiymat solig’i; aksiz solig’i; bojxona hududida qayta ishlash rejimidan va bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan foydalanish bilan bog’liq ruxsatnomalarni berganlik uchun yig’imlar bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassisning malaka attestatini berganlik, bunday attestatni qayta rasmiylashtirganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yig’imlar;
tovarlarni saqlaganlik uchun bojxona yig’imi;
tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun bojxona yig’imi;
dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun haq. Bojxona chegarasi orqali olib o’tiladigan tovarlarga qonun hujjatlariga muvofiq boj, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i solinadi. Tovarlar qaytarib olib chiqilgan taqdirda ilgari to’langan boj, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i summalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytarilishi lozim. Quyidagi harakatlar uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorlarda bojxona yig’imlari undiriladi:
tovarlar va transport vositalarini, shu jumladan kuzatuvchisiz bagajda, xalqaro pochta jo’natmalari va yuklarda olib o’tilayotgan notijorat maqsadlaridagi tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazganlik uchun;
tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazganlik uchun;
tovarlar va transport vositalarini bojxona organlari egaligidagi bojxona omborlari va vaqtincha saqlash omborlarida saqlaganlik uchun;
57
Tovarlar va transport vositalarining qonun hujjatlarida belgilanadigan bojxona qiymati bojni, aksiz solig’ini va tegishli boj yig’imlarini hisoblab chiqarish uchun asos bo’ladi. Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati asos bo’lib, unga to’lanishi lozim bo’lgan boj, aksizga tortiladigan tovar bo’yicha esa, aksiz solig’ining summasi ham qo’shiladi. Bojxona to’lovlari deklarant tomonidan to’lanadi. ґar qanday manfaatdor shaxs, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, to’lovchining o’rniga bojxona to’lovlarini to’lashga haqli.
Egri soliqlar bo’yicha soliq yukining keyingi yillarda pasayib borayotganligi quyidagi omillar ta’sirida yuz bermoqda: avvalo, iqtisodiyotda barqarorlashuv holati davom etishi oqibatida inflyatsiya pasayib borishi tufayli narxlarning barqarorlashishi; egri soliqlar tufayli (masalan, QQS bo’yicha nollik stavkaning qo’llanilishi) ayrim turdagi soliq to’lovchilarning faoliyati rag’batlantirilishi; to’g’ri soliqlar tufayli soliq
to’lovchilar faoliyatida rag’batlantiruvchilik rolining oshib borishi (foyda solig’i stavkasining pasaytirilishi, soliq imtiyozlarining ko’paytirilishi) oqibatida to’g’ri soliqlar bo’yicha qo’shimcha soliq obyekti vujudga kelishi hisobiga egri soliqlar ulushining ortib borishi; soliq boqimandaligi bo’yicha asosiy ulush egri soliqlar hissasiga to’g’ri kelmayotganligi, ya’ni bu soliqlar bo’yicha boqimandalik holati vujudga kelishi to’g’ri soliqlarga nisbatan tezroq yuz berishi oqibatida egri soliqlar bo’yicha soliq yuki yalpi ichki mahsulotga nisbatan kamayishga olib kelgan. 58
SHAROITIDA DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHNI SAMARALI TASHKIL ETISH YO’LLARI Jamiyat a’zolarining ijtimoiy ehtiyojlarini mablag’ bilan ta’minlash uchun mustahkam moddiy asosni yaratish zarur, lekin davlat byudjeti daromadlarisiz bunga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun ham davlat byudjetining daromadlari tushumini barqarorligi mamlakat iqtisodiyotini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. 2014 yil davlat byudjeti daromadlari to’g’ri rejalashtirilmaganligi oqibatida ba’zi Evropa mamlakatlarida (Gretsiya, Gollandiya, Bolgariya, Ruminiya) tasdiqlangan byudjet parametrlari qayta ko’rib chiqilishiga va bir qator muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Shuning uchun ham davlat byudjeti daromadlari to’g’ri rejalashtirish, ijrosini belgilangan tartibda va miqdorlarda ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Soliqlarni rejalashtirish joriy soliq majburiyatlarini bajarishdan, shuningdek, ilmiy izlanishlar hisoboti va analitik ma’lumotlaridan olingan natijalarga asoslanadi. Ushbu ma’lumotlar tahlili va qayta ishlanishi joriy yildagi soliqqa tortishning ijobiy va salbiy jihatlari mohiyatini, uning investitsiyaga ta’siri, tarmoqlardagi tarkibiy siljishlar, hudud korxonalari va aholisining daromadlaridagi o’zaro munosabatlarini izohlaydi. Joriy moliya yilida soliq majburiyatlarini bajarilishi soliqlarni rejalashtirishning muvaffaqiyatli shart-sharoitlariga xizmat qiladi. Soliqlarni rejalashtirish boshqaruv nazariyasi va amaliyotida muhim o’rinni egallaydi. Soliqlar rejasini ishlab chiqish quyidagilarni o’z ichiga oladi: hudud mulkining daromadliligini baholash bunda hududning moliyaviy ta’minlanganligi koeffitsientlari va byudjet samaradorligidan foydalaniladi, ya’ni ixtisoslashgan hududlar tarmoqlarini texnik yangilash uchun ehtiyojlar, mehnatga haq to’lash holati, hudud resurs bazasi, hududning eksport-import operatsiyalaridagi ishtiroki, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura sifati, avtotransport magistrallari bilan ta’minlanganlik va boshqalardan foydalaniladi.
59
hududning iqtisodiy o’sish darajalarini hisobga olgan holda soliqli daromadlar hajmini tahminlashtirish. Ushbu ma’lumotlar byudjetning barcha bo’g’inlarida kelgusi byudjet loyihasini tayyorlashda muhimdir hamda bunda byudjet subsidiyasi, subventsiyasi, dotatsiyasi va transfertlarni moliyalashtirishga haqiqiy ehtiyojni aks ettiradi. Hudud soliq potentsiali o’rganilayotganda aniq soliq imtiyozlarini ham e’tibordan qochirmaslik kerak. Bu esa soliq qonunchiligini erkinlashtirish muammolari echimini topishda muhim hisoblanadi. hudud iqtisodiyotini aks ettiruvchi mulk va resurslar tarkibiga asoslangan holda hududning ijtimoiy-iqtisodiy iste’molini tahminlashtirish. Bunda hudud mulkidan ichki iste’mol uchun foydalanishdan olingan mablag’lar ulushini aniqlash maqsadga muvofiq. byudjet defitsiti, inflyatsiya darajasi, baho indeksi, bozor indikatorlarini e’tiborga olish. Soliqlarni rejalashtirish orqali nafaqat fiskal vazifalar, shuningdek, soliq orqali iqtisodiyotni tartibga solish va nazorat qilish strategiyasi va taktikasi optimallashtiriladi. Shuningdek, davlatning o’z maqsadlarini amalga oshirishini ta’minlovchi pul-kredit siyosati, byudjet siyosati parametrlarini miqdoriy baholay oladigan ko’rinishlarni aniqlash talab etiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi tomonidan 2012 yilning 1 yanvardan davlat byudjeti daromadari ijrosi Yagona g’azna hisobvarag’iga o’tkazilishi belgilangan. Davlat byudjeti daromadlarining ijrosini takomillashtirishni istiqbolli yunalishlaridan biri bu davlat byudjetning daromadlar qismini g’azna ijrosi bilan qamrab olish, ikkinchidan davlat byudjeti daromadlarini taqsimlashning amaldagi tartibotlarini takomillashtirish va uchinchidan davlat byudjetining g’azna ijrosida daromad tushumlarini yangilanib boruvchi kassali rejalashtirishdan iboratdir. Bugungi kunda Davlat byudjeti daromadlar tushumi bank muassasalari tomonidan davlat soliq organlarining tranzit hisob raqamlarida to’planib, moliya vazirligining respublika yagona g’azna hisob raqamiga va mahalliy byudjetlar
60
uchun ochilgan g’azna hisob raqamlarga tegishli me’yoriy-xuquqiy hujjatlar doirasida taqsimlanib, o’tkazib beriladi. (16- rasm). Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling