Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning hozirgi davr muammolari
1
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
G’ULOMOV DOSTONBEK G’AYRATJON O’G’LI
«IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA DAVLAT BUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHNING HOZIRGI DAVR MUAMMOLARI» 5230600 -“Moliya”- taʻlim yoʻnalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun yozilgan
«HIMOYAGA RUXSAT ETILDI» «Moliya» kafedrasi mudiri __________ i.f.n., dots. O.Komolov «____»______________ 2015 y.
Ilmiy rahbar: _____________ k.o’q.Sharapova M.
2
3 b. I BOB. BYUDJET DAROMADLARINI ZARURLIGI VA ULARNI SHAKLLANTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI………………………………………………….. 6 b. 1.1.
Byudjet daromadlarining zarurligi va
rejalashtirish jarayoni………………………………………………………. 6 b. 1.2.
O’zbekiston Respublikasida byudjet daromadlarini shakllantirishning nazariy va huquqiy asoslari………………
15 b. I bob bo’yicha xulosa………………………………………. 23b. II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISH AMALIYOTINING TAHLILI……………………………. 25 b. 2.1.
Davlat byudjeti daromadlari manbalarining tahlili…………………………………………………………
2.2.
Davlat byudjetida to’g’ri soliqlarning ulushi va uning tahlili………………………………………………………….. 33 b. 2.3.
Davlat byudjeti daromadlari tarkibida egri soliqlarning ahamiyati va tahlili………………………………………….. 49 b. II bob bo’yicha xulosa 57 b. III BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHNI SAMARALI TASHKIL ETISH YO’LLARI……………… 58 b III bob bo’yicha xulosa……………………………………... 68 b. XULOSA…………………………………………………….. 70 b. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI…….. 72 b. ILOVA………………………………………………………. 78 b. 3
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Byudjet daromadlari davlat vazifalarini bajarish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholi turmush farovonligini yaxshilash kabi jamiyatdagi asosiy maqsadlarni amalga oshirishning moliyaviy asosihisoblanadi. Qolaversa, byudjet daromadlarining shakllanishida muhim o’rin tutuvchi, soliq siyosati ham makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy o’sishga erishishni ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Shu sababli soliq siyosatini yanada takomillashtirishning printsipial ustuvor vazifa sifatida belgilanishi, iqtisodiyotning barcha sohalaridagi ustuvor vazifalarning bajarilishi aynan soliq siyosatini takomillashtirish bilan bevosita bog’liq hisoblanadi. Shu o’rinda Prezidentimiz I.A.Karimovning “Mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlari”ga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidagi quyidagi fikrlarini keltirish joizdir: “Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2014 yilda 9,4 foiz, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 10 foizga o’sdi. Inflyatsiya darajasi yil yakunlari bo’yicha 6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko’rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir. O’tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig’i stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo’lsa-da, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi” 15 . 15 Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. – T.: “O’zbekiston”, 2015.
4
Yuqori keltirilgan iqtisodiy o’sish sur’atlari bu yili, 2015 yilda ham ta’minlanishi belgilab quyildiki, bunday natijaga har tomonlama chuqur va puxta o’ylangan izchil byudjet-soliq siyosatini amalga oshirish orqali erishiladi. Ushbu siyosat, avvalambor, iqtisodiyotda soliq yukini kamaytirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida uning rag’batlantiruvchi rolini kuchaytirish va albatta, byudjet daromadlarini samarali tashkil etishga qaratiladi. 2015 yilda birinchi navbatda amalga oshiriladigan vazifalar qatoriga daromad solig’i stavkasini 7,5 foizga kamaytirish va shu bilan birga, qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi, sanoat korxonalarida bo’lganidek, 6 foizdan 5 foizga tushirilishi belgilandi.
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda mavjud muammolarni o’rganish va xulosalar berishdan iborat.
byudjet daromadlarining zarurligi va rejalashtirish jarayoni o’rganish;
O’zbekiston Respublikasida byudjet daromadlarini shakllantirishning nazariy va huquqiy asoslarini o’rganish;
tahlil qilish;
davlat byudjetida to’g’ri soliqlarning ulushini tahlil qilish;
davlat byudjeti daromadlari tarkibida egri soliqlarning ahamiyatini tahlil qilish;
modernizatsiyalash sharoitida
davlat
byudjeti daromadlarini shakllantirishni samarali tashkil etish yo’llarini ko’rib chiqishdan iborat.
daromadlarini shakllantirish jarayonida byudjet bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi o’rtasida, davlat organlari va moliya- kredit tashkilotlari o’rtasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi. 5
davlat byudjetining faoliyati belgilab olindi.
olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida davlat byudjeti daromadalarini rejalashtirishning ahamiyati, shuningdek, mamlakatimizda byudjet daromadlarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish masalalarini o’rganish natijasida erishilgan yutuqlardan talabalar kelgusi ishlarida foydalanishlari mumkin. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob, 5 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
6
SHAKLLANTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI 1.1. Byudjet daromadlarining zarurligi va rejalashtirish jarayoni
Davlat byudjeti moliya tizimining muhim bo’g’ini sifatida mamlakatning asosiy moliya resursini tashkil etuvchi va davlat foydalanuvchi umumdavlat pul jamg’armasi hisoblanadi. U mamlakatni boshqarishda ishtirok etadigan boshqa moliyaviy vositalar ichida eng muhimi hisoblanadi. Ahamiyatli tomoni shundaki, u o’zida jamiyat daromadining ma’lum qismini mujassamlashtiradi. Davlat byudjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy daromad qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar: maorif, sog’liqni saqlash, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, tinchlik, chegaralar dahlsizligini saqlash va favqulodda holatlar uchun saqlanadigan davlat zahiralarining mavjud bo’lish zarurati tufayli kelib chiqadi. Shuningdek, davlat byudjeti orqali jamiyatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo’ladi. Demak, byudjet iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimida markaziy bo’g’inda ishtirok etishi bilan aholining ma’lum qatlamining manfaatlarini o’zida aks ettiradi. Davlat byudjeti va uni daromad va xarajatlarini o’rganishdan avval, byudjet tuzilishini ko’rib chiqish zarur. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Byudjet kodeksiga muvofiq mamlakatimizda ikki pog’onali byudjet tizimi amal qiladi.
Byudjet Kodeksining 34-moddasiga asosan Davlat byudjeti quyidagi darajadagi byudjetlardan iborat: O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti;
7
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari (1- rasm). 1-rasm O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tuzilmasi 16
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi. Viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi. Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi 17 .
asosiy moliyaviy rejasi ko’rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish (shakllantirish) va ulardan
16
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 33-35 modddalarga asosan tayyorlandi. 17 O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 35 modda, // O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013-yil., 52-I-son
byudjeti Respublika byudjeti
Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy
Qoraqalpog’iston Respublikasi umumrespublika byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasi tarkibidagi tumanlar va shaharlar
byudjeti Toshkent shahri umumshahar byudjeti
Toshkent shahri tarkibidagi tumanlar
byudjeti umumviloyat byudjetlari
Viloyatlar tarkibidagi tumanlar va shaharlar byudjeti 8
foydalanish borasidagi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga Davlat byudjeti deyiladi 18 . Davlat byudjeti ijtimoiy va ishlab chiqarish munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot yoki milliy daromadning bir qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalari, jumladan iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va mudofaaning rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan taqsimlash vositasidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsada, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi. Turli ma’muriy-hududiy byudjetlarning ko’pligiga qaramasdan ularning barchasi quyi bo’g’inlarning yuqori bo’linmalarga bo’ysunishiga ketma-ket rioya qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi. Bir vaqtning o’zida byudjet resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda demokratizm ham ta’minlanadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari o’zlarining byudjet mablag’lariga ega bo’lib, bu borada ular o’zlariga tegishli bo’lgan byudjet huquqlaridan foydalanadilar. Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy instrumenti (vositasi) sifatida Davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega. Agar moliya yordamida taqsimlash qiymatning shakllari o’zgargan sharoitda va ko’plab oldi- sotdilar natijasida amalga oshirilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning Davlat byudjeti orqali taqsimlanishi, ma’lum darajada, har doim almashuvdan ajralgan holda sodir bo’ladi. Qiymatning Davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat
18
Malikov T., Haydarov N., Davlat byudjeti, o’quv qo’llanma, TMI, T: “Iqtisod moliya”, 2007 yil
9
Davlat byudjetidan tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda yana taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qo’shilib ketishi sodir bo’ladi 19 . Davlat byudjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu uch bosqichlari bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu narsa ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan pul mablag’larining bir qismini davlatning qo’lida jamlash sodir bo’ladi. Ana shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag’larni to’lovchilar o’rtasida moliyaviy munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlari-ning xarakterli xususiyati shundan iboratki, byudjetga tushuvchi mablag’lar alohidalashgan bo’lib, hali ular qat’iy aniq cheklanmagan. Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga – umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga – yo’naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda bar-ham beriladi. Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’psonli fondlarning shakllanishi yuz beradi, ya’ni umumdavlat pul fondini bo’lishning murakkab taqsimlanish jarayoni amalga oshiriladi. Tashqi tomondan u barcha ijtimoiy bo’linmalardan ajralgan ichki byudjet jarayonidek ko’rinadi. Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyatdagi barcha sub’ektlarning manfaatlari o’zaro to’qnash keladi. Mamlakatdagi har bir ma’muriy-hududiy birlik o’z byudjetiga ega bo’lganligi uchun bu bosqichda ana shu byudjetlarning umumiy hajmini to’g’ri aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. U yoki bu byudjetning xarajatlari joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan mos kelmasligi oqibatida ularni qo’shimcha mablag’lar bilan ta’minlash zaruriyati vujudga keladi, barcha quyi byudjetlarni balanslash-tirish zarurdir. Shunday qilib, murakkab taqsimlash jarayoni sodir bo’ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiy
19
Malikov T., Haydarov N., Davlat byudjeti, o’quv qo’llanma, TMI, T: “Iqtisod moliya”, 2007yil
10
bo’linmalarining barchasi ishtirok etib, ularning ayrimlari o’z mablag’larini berishsa, boshqalari esa byudjet mexanizmi orqali bu mablag’larni oladi. Uchinchi bosqichda byudjet
fondlari hududlar va maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha xarajat qilinadi, ya’ni ko’pchilik hollarda, bir mulkchilik shakli doirasida byudjet mablag’larini qaytarilmaslik tarzida berish sodir bo’ladi. Ularning haqiqatda sarflanishi esa byudjetli taqsimlash jarayonining oxirgi bosqichida byudjet mablag’larini olganlar tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston respublikasi byudjet tizimining o’ziga xos xususiyati shundaki, moliyaviy muassasalar byudjetni boshqarish tizimining yagona moliya organi sharoitida amal qiladi. Har qaysi byudjetning bo’ginlari o’ziga xos daromad vakolati va xarajat majburiyatlariga ega bo’lib ular bir butun davlat byudjeti vazifalarini bajarishga asoslanadi. Keyingi yillarda davlat byudjeti tarkibida mahalliy byudjetlarning islohotlarni amalga oshirishdagi ahamiyatini oshib borish tendentsiyasini kuzatishimiz mumkin. Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimining asosiy kismi
sifatida o’zida 14 ta mustaqil byudjetni mujassamlashtiradi. Moliyaviy resurslarni byudjet orqali birlashtirish davlat moliya siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi. Byudjet orqali markazlashgan pul resurslarini to’plash va davlat organlari tomonidan belgilangan maqsadlarga xarajatlar amalga oshiriladi. Bu byudjet orqali daromadning ma’lum qismini to’plash va uni qayta taqsimlashni bildiradi. Shuning bilan moliya tizimining taqsimlash funktsiyasi amalga oshiriladi. Respublika va mahalliy davlat organlari byudjet munosabatlari orqali taqsimlangan daromadni o’z ixtiyorga oladi va aniq belgilangan maqsadlarga yo’naltiradi. Byudjet moliya resurslarini kerakli soha va byudjet moliya resurslarini kerakli soha va yo’nalishlarda jamlab davlatni iqtisodiyotni boshqarish va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga imkoniyat beradi.
11
Bunda byudjet resurslarining daromad qismi bo’yicha shakllanishi, undan samarali foydalanish nazorat qilinadi. Taqsimlash va nazorat funktsiyalari orqali byudjetning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati yuzaga chiqadi. Shu yul bilan byudjet davlat
daromadlari va
xarajatlarini rejalashtiruvchi moliyaviy munosabatlarni bildiradi. Byudjet-soliq siyosatini oqilona yo’nalish ishlab chiqish va uning samarali ijrosini ta’minlash, eng avvalo, byudjet daromadlarini aniq va sifatli rejalashtirish bilan bog’liq. Byudjet daromadlarini rejalashtirishning ahamiyati to’g’risida kengroq to’xtaladigan bo’lsak, quyidagilarni ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq 20 :
XX asrning yetuk iqtisodchilaridan biri D. Keyns nazariyasiga muvofiq, iqtisodiyotda davlatning rejalashtirilgan xarajatlari mamlakat yalpi ichki mahsulotini oshirishdagi asosiy manbalardan biridir. Davlat xarajatlarining rejasi esa byudjet daromadlarini rejalashtirish bilan chambarchas bog’liq; soliq va bojxona siyosati yo’nalishlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularni asoslash byudjet daromadlarini rejalashtirish orqali amalga oshiriladi; davlatning uzoq muddatli xarajatlarini (jumladan, investitsiyalarni) samarali va oqilona amalga oshirish davlat ixtiyoriga moliyaviy mablag’larning barqaror ravishda kelib tushishini talab etadi. Bu esa o’z navbatida byudjet daromadlarini rejalashtirishga alohida e’tibor qaratishni talab etadi; byudjet daromadlarini rejalashtirish rivojlanayotgan mamlakatlarda soliq ma’murchiligini yaxshilashdagi asosiy vositalardan biri hisoblanadip. Bu boradagi adabiyotlar sharhi shuni ko’rsatadiki, xorijiy olimlar va mutaxassislar ham byudjet daromadlarini rejalashtirish moliyaviy siyosat yuritishda asosiy omillardan biri ekanligini ta’kidlab o’tishgan. Xususan, Xalqaro valyuta jamg’armasi mutaxassislari Stefan Danninger, Marko Kangiano va Annette Kyobelarning qayd etishicha, byudjet daromadlari rejasini qayta ko’rib chiqish byudjet xarajatlari va boshqaruvda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi, moliyaviy siyosatga ishonchni yo’qotadi. Shuningdek, S.G. Ayupova iqtisodiyotni
20 Usmonov Q.A, Byudjet daromadlarini rejalashtirish jarayoni, usullari va ularni takomillashtirish yo’nalishlari, “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 4, iyul-avgust, 2014 yil
12
samarali boshqarishda byudjet daromadlari rejasining roli katta ekanligi to’g’risida xulosaga kelgan.Umuman olganda, iqtisodiy adabiyotlar mazkur masalaga bag’ishlangan ko’plab ilmiy ishlar va maqolalar mavjud bo’lib, ularda byudjet daromadlarini rejalashtirish atroflicha o’rganilgan va muhim ahamiyatga ekanligiga baho berilgan. Joriy yilda
byudjet daromadlari to’g’ri rejalashtirilmaganligi oqibatida Bolgariyada va Ukrainada tasdiqlangan byudjet qayta ko’rib chiqilayotganligi va bu bilan bog’liq qator muammolar yuzaga kelayotganligi ushbu fikrimizning yana bir tasdig’idir 21 .
Byudjet daromadlarini rejalashtirishni nazariy
jihatdan iqtisodiy modellashtirish deb atash mumkin. Taniqli iqtisodchi olim N.G. Menkyu tomonidan tayyorlangan iqtisodiy modelning umumiy ko’rinishi asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan 2-rasm orqali byudjet daromadlarini rejalashtirish modelining umumiy ko’rinishini kuzatishimiz mumkin. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling