Toshkent moliya instituti mustaqili sh mavzu: hisob palatasi tomonidan davlat moliyaviy nazoratining amalga oshirilishi


O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida


Download 131.79 Kb.
bet2/5
Sana03.12.2023
Hajmi131.79 Kb.
#1806708
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hisob palatasi

O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risidagi Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi faoliyatini tartibga solishdan iboratdir.


O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risidagi qonunchilik va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risidagi Qonunning 2020-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kirgan.
O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi - davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratining oliy organidir. Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Hisob palatasi Prezident devonining mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida bevosita davlat rahbariga boʻysunadi, unga, shuningdek Oliy Majlis palatalariga hisobot beradi.
O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risidagi Qonunning 4-moddasiga muvofiq hisob palatasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarining ekspertizasini hamda o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini o‘tkazish;
qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligi auditini amalga oshirish;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarga mablag‘lar tushumlarining to‘liqligini, shuningdek yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini o‘rganish hamda nazorat qilish;
budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini aniqlash hamda safarbar qilish;
budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan o‘tkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash;
budjet tizimi budjetlari mablag‘lari va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligi hamda asosliligini baholash;
soliq, bojxona va budjet to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda o‘rganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari o‘rtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar bo‘yicha majburiyatlari chegaralanishining to‘g‘riligini baholash, ularning o‘zini o‘zi moliyaviy jihatdan yetarlicha ta’minlashiga doir takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, O‘zbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan o‘tkazish.
davlat boshqaruv organlarida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimini joriy qilishga, shuningdek uning samarali faoliyat ko‘rsatishiga doir choralarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish.
Hisob palatasi faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, xolislik, ochiqlik va shaffoflikdan iboratdir.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risidagi qQonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etishi hamda ularni bajarishi shart. Qonun talablarini aniq bajarishdan va ularga rioya etishdan har qanday tarzda chekinish, buning sabablari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, qonuniylikning buzilishidir va u belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Hisob palatasi o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshiradi.
Hisob palatasi faoliyatiga davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlanadi.
Hisob palatasi faoliyatini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Hisob palatasi o‘z faoliyatini ishlarning haqiqiy holatini aniqlash orqali, Hisob palatasining mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga subyektiv fikrlarning ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymagan holda amalga oshirishi shart.
Hisob palatasi o‘z faoliyatini ochiq va shaffof tarzda, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Hisob palatasining faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etiladi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi shart.
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot yuzasidan Hisob palatasining xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.
Hisob palatasi o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi, Prezidentga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobdordir.
Hisob palatasining tuzilmasi va shtatlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Hisob palatasi Hisob palatasining raisi, raisning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlaridan, shuningdek Hisob palatasining sho‘ba mudirlari, bosh inspektorlari, yetakchi inspektorlari, inspektorlari hamda yordamchi xodimlaridan iborat tarkibda tuziladi.
Hisob palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan Hisob palatasining raisi rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hisob palatasi raisini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi farmonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlanadi.
Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi.
Hisob palatasining sho‘ba mudirlari, bosh inspektorlari, yetakchi inspektorlari va inspektorlari Hisob palatasi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi.
Hisob palatasining yordamchi xodimlari Hisob palatasi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Hisob palatasining raisi:
Hisob palatasi ishini tashkil etadi va uning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga Hisob palatasining faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Hisob palatasining faoliyati to‘g‘risidagi, shu jumladan Davlat budjetiga tushumlarning to‘liqligi ta’minlanishiga doir axborotni tizimli asosda taqdim etadi;
Hisob palatasi zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida nazoratni tashkil etish to‘g‘risida farmoyish qabul qiladi;
Hisob palatasi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning qo‘mitalari, komissiyalari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari majlislarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida Hisob palatasi faoliyatiga taalluqli masalalarning ko‘rib chiqilishida ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi, ko‘rib chiqish uchun masalalar kiritishi va ko‘rilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi mumkin;
chet davlatlarning tegishli tashqi audit va moliyaviy nazorat organlari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning vakolatxonalari bilan hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzadi;
Hisob palatasining mansabdor shaxslarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etadi.
Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari o‘z vakolatlarini qonunchilikka hamda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentiga muvofiq amalga oshiradi.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari xizmat majburiyatlarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning qo‘mitalari, komissiyalari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida, ijro etuvchi hokimiyat organlari hay’atlarining va boshqa davlat organlarining majlislarida Hisob palatasi faoliyatiga taalluqli masalalar ko‘rib chiqilayotganda hozir bo‘lish;
qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, nazorat obyektlarining hududlari va binolariga moneliksiz kirish, ularning hujjatlari hamda materiallaridan foydalanish, har qanday ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni ko‘zdan kechirish;
qalbakilashtirish, soxtalashtirish, talon-toroj qilish hollari aniqlangan taqdirda hamda mazkur g‘ayriqonuniy harakatlarga chek qo‘yish uchun zarur hujjatlar va materiallarni qonunchilikda belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda olib qo‘yish, hujjatlarni ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish dalolatnomalarini va olib qo‘yilgan hujjatlarning ro‘yxatini tuzish hamda zarurat bo‘lganda kassani, kassa xonalarini va xizmat xonalarini, omborlarni hamda arxivlarni muhrlash;
davlat organlarining mansabdor shaxslariga so‘rovlar yuborish;
nazorat obyektlarining mansabdor shaxslaridan nazoratni o‘tkazish chog‘ida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari yuzasidan yozma tushuntirishlar, shuningdek hujjatlarning zarur bo‘lgan tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini talab qilish va olish;
nazorat obyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatiga taalluqli barcha zarur hujjatlar, shu jumladan davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan hujjatlar bilan tanishish;
nazorat natijalarini qayd etish uchun texnik vositalardan, shu jumladan audio-, foto- va video qayd etish vositalaridan foydalanish;
elektron ma’lumotlar bazalariga oid texnik hujjatlar bilan tanishish;
nazorat natijalari bo‘yicha dalolatnomalar, ma’lumotnomalar va xulosalarni rasmiylashtirish, shuningdek ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish.
Nazorat obyektlarining rahbarlari Hisob palatasining mansabdor shaxslariga ishlash uchun zarur sharoitlar yaratishi shart.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari nazorat obyektlarining xo‘jalik faoliyatiga aralashishga, shuningdek olingan axborotni Hisob palatasi raisi tomonidan tegishli qaror qabul qilinguniga qadar oshkor etishga haqli emas.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari nazoratni o‘tkazish chog‘ida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlashi, nazoratni xolisona o‘tkazishi hamda uning natijalarini haqqoniy aks ettirishi shart.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari lavozim majburiyatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlik yuzaga kelganligi to‘g‘risida Hisob palatasi raisiga ma’lum qilishi, shuningdek bunday to‘qnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish choralarini ko‘rishi shart.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari o‘zi o‘tkazgan nazorat natijalarining xolisligi va haqqoniyligi uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida hamda o‘zga tashkilotlarda boshqa lavozimlarni egallashga;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;
o‘z vakolatlarini amalga oshirish davrida siyosiy partiyaga a’zo bo‘lishga haqli emas.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari davrida siyosiy partiyaga a’zolikni, bunday a’zolik mavjud bo‘lgan taqdirda, to‘xtatishi shart.
Hisob palatasi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda axborot, shu jumladan elektron shakldagi axborot almashishni amalga oshiradi.
Hisob palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvda belgilangan tartibda budjet va smeta-shtat intizomining, shuningdek davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarining aniqlangan buzilishlari haqidagi ma’lumotlar yuzasidan axborot almashishni amalga oshiradi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar Hisob palatasining zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishida unga o‘z vakolatlari doirasida yordam ko‘rsatishi shart.
Hisob palatasining qonuniy talablari, shu jumladan qonunchilikka rioya etish, hujjatlarni, nazorat materiallarini va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish, mutaxassislar ajratish, qonunchilikni buzganlik faktlari bo‘yicha hozir bo‘lish va tushuntirishlar berish to‘g‘risidagi talablari barcha davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Hisob palatasi to‘g‘risida Qonunning 18-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlar tekin taqdim etiladi.
Hisob palatasining o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida qabul qilingan qarorlari davlat organlari hamda mulkchilik shaklidan va bo‘ysunuvidan qat’i nazar boshqa tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Hisob palatasining faoliyati masalalari, Hisob palatasi mansabdor shaxslari o‘rtasida majburiyatlarning ichki taqsimlanishi, ishlarni yuritish tartibi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilanadi.
Hisob palatasi o‘z faoliyatini Hisob palatasi vakolatlariga kiruvchi masalalar ustidan ta’sirchan tizimli nazoratni ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan nazorat ishlarining yillik dasturi asosida tashkil etadi. Nazorat ishlarining yillik dasturi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining so‘rovlari asosida o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari Hisob palatasi nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilishi shart.
Hisob palatasi nazorat ishlarining yillik dasturi ijrosini tashkil etish Hisob palatasining farmoyishi asosida amalga oshiriladi, bunda Hisob palatasining mansabdor shaxslari orasidan har bir nazorat tadbirini tashkil etish uchun mas’ullar tayinlanadi.
Hisob palatasining standartlari Hisob palatasi faoliyatini tashkil etish standartlaridan, shuningdek Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi audit va moliyaviy nazorat standartlaridan iboratdir.
Hisob palatasi faoliyatini tashkil etish standartlari, shuningdek Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi audit va moliyaviy nazorat standartlari Hisob palatasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Hisob palatasi faoliyatini tashkil etish standartlari Hisob palatasida uslubiy ta’minlashni, ishlarni rejalashtirishni, hisobotlar tayyorlashni, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni hamda Hisob palatasining boshqa ichki faoliyat turlarini tashkil etish va amalga oshirish xususiyatlari, qoidalari hamda tartib-taomillarini belgilaydi.
Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi audit va moliyaviy nazorat standartlari nazorat faoliyatining umumiy talablari, xususiyatlari, qoidalari hamda tartib-taomillarini belgilaydi.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari davlat himoyasida bo‘ladi.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari o‘z majburiyatlarini bajarish chog‘ida faqat bevosita yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri rahbarga bo‘ysunadi.
Bevosita qonun bilan vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim Hisob palatasi mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga aralashish, shuningdek Hisob palatasining mansabdor shaxslarini Hisob palatasi zimmasiga qonun bilan yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas.
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Hisob palatasining mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish masalasi Hisob palatasining raisi tomonidan hal etiladi.
Hisob palatasining raisi maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy xizmat va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisiga, Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosariga, Hisob palatasi raisining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosariga, Hisob palatasining mas’ul xodimlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi.
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga lavozim maoshiga nisbatan alohida mehnat sharoitlari va uzoq muddatli uzluksiz ish staji uchun qonunchilikda belgilangan tartibda hamda miqdorlarda koeffitsiyentlar qo‘llanilgan holda har oylik ustamalar to‘lanadi.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddatli xizmatlari, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun ustama va qo‘shimcha to‘lovlar saqlanib qoladi.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari avvalgi ish joyi bo‘yicha xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlardan, moddiy va ijtimoiy himoya choralaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida amalda bo‘lgan mehnat sharoitlarini hisobga olgan hamda lavozim maoshi va boshqa to‘lovlar miqdori saqlangan holda foydalanadi.
Hisob palatasida ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni berish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi.
Hisob palatasida ishlash davrida harbiy va maxsus unvonlarni berish avvalgi ish joyi bo‘yicha nazarda tutilgan tartibda tegishli harbiy va maxsus unvonlarni berish uchun zarur bo‘lgan muddatlar o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi, majburiyatlarini namunali bajarganligi, shuningdek boshqa alohida xizmatlari uchun Hisob palatasining mansabdor shaxslari O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga uy-joy ijarasi uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi. Hisob palatasining mansabdor shaxslariga imtiyozli uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda uy-joy olish huquqi beriladi.
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga ularning mehnat faoliyati tugaganidan so‘ng, ular Hisob palatasiga qabul qilinguniga qadar egallagan avvalgi ishi (lavozimi), u mavjud bo‘lmagan taqdirda esa, unga teng bo‘lgan boshqa ish (lavozim) ularning davlat organlaridagi va boshqa tashkilotlardagi mutaxassisligi hisobga olingan holda beriladi, bundan mansabdor shaxsning malakasi yetishmasligi yoki sog‘ligi holati tufayli bajariladigan ishga noloyiqligi yoxud mansabdor shaxsning o‘z mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun mehnat faoliyati tugatilgan hollar mustasno.
Hisob palatasi faoliyatining moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliya-xo‘jalik departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Hisob palatasining chet davlatlarning tashqi audit va moliyaviy nazorat organlari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning vakolatxonalari bilan hamkorligi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.



  1. Download 131.79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling