Toshkent moliya instituti mustaqili sh mavzu: hisob palatasi tomonidan davlat moliyaviy nazoratining amalga oshirilishi
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining vakolatlari, nazorat shakllari va turlari
Download 131.79 Kb.
|
Hisob palatasi
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining vakolatlari, nazorat shakllari va turlari
O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risidagi Qonunning 30-moddasiga muvofiq Hisob palatasining vakolatlari: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa davlat organlaridan hamda o‘zga tashkilotlardan o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha materiallar, ma’lumotlar va tushuntirishlarni so‘rab oladi; o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun real vaqt rejimida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan banklarning ma’lumotlar bazasidan foydalanadi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan davlat mablag‘larining bank hisobvaraqlaridagi hamda yagona g‘azna hisobvarag‘idagi harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rab oladi; davlat organlarini va ularning vakillarini, nodavlat auditorlik xizmatlarini va ayrim mutaxassislarni nazorat o‘tkazish uchun o‘z vakolatlari doirasida jalb etadi; Davlat budjeti daromadlari prognozining to‘g‘riligini baholash, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning to‘liq yig‘ilishini va soliq solish obyektlarining to‘liq hisobga olinishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan nazoratga moliya, soliq organlarining hamda boshqa davlat organlarining xodimlarini jalb etadi; o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida dastlabki va yakuniy nazoratni amalga oshiradi; siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablag‘larning kelib tushishi hamda bu mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya, shuningdek Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari bo‘yicha tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xulosa taqdim etadi; O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotning tashqi auditini va uni baholashni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larning qonuniy shakllantirilganligi, maqsadli hamda samarali sarflanganligi ustidan nazoratni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, shuningdek belgilangan tartibda tashkil qilingan boshqa jamg‘armalar mablag‘larining shakllantirilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalarining moliya-xo‘jalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; nazorat natijalari bo‘yicha ko‘rsatmalar, taqdimnomalar, tahliliy ma’lumotlar va xulosalar kiritadi; nazorat o‘tkazish davrida jinoyat alomatlarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar, shu jumladan korrupsiyaga doir huquqbuzarliklar alomatlari aniqlangan taqdirda, tegishli materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi; nazorat natijalari bo‘yicha davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilmaganligi, shu jumladan ularning ijro etilishi jarayoni to‘g‘risidagi axborot “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali to‘liq, haqqoniy tarzda va o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimining joriy etilishiga hamda samarali faoliyat ko‘rsatishiga doir choralar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining, idoralarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikni, shu jumladan budjet tashkilotlari, budjetdan mablag‘ oluvchilar, boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarni birgalikda nazorat qilishni rejalashtirish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha hamkorlikni tashkil etadi; Hisob palatasi bilan oldindan kelishib olinishi lozim bo‘lgan barcha masalalar bo‘yicha xulosa beradi; budjet va smeta-shtat intizomini buzganlikda, shuningdek Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlikda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortadi; O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat boji to‘lamasdan sudga murojaat qilishga haqli; o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Hisob palatasi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida dastlabki hamda yakuniy nazorat tarzida taftish, tekshirish (shu jumladan budjet to‘g‘risidagi qonunchilikning avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibida tekshirish) va o‘rganish shaklida nazoratni amalga oshiradi. Hisob palatasi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ko‘rsatmalar va taqdimnomalar qabul qiladi, shuningdek tahliliy ma’lumotlar hamda xulosalar tayyorlaydi. Yakuniy nazorat jarayonida nazorat obyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatida va boshqa faoliyatida davlatga zarar keltirayotgan hamda shu sababli kechiktirmasdan barham berish talab etiladigan buzilishlar, shuningdek yakuniy nazorat natijalari bo‘yicha, shu jumladan davlat organlari va o‘zga tashkilotlarning soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazasining haqqoniyligini tekshirishdagi buzilishlar aniqlanganda Hisob palatasi nazorat obyektlarining yoki yuqori tashkilotning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish, davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hamda qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish uchun ko‘rsatma yuborishga haqli. Hisob palatasining ko‘rsatmasi Hisob palatasi raisi tomonidan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilinadi. Hisob palatasining ko‘rsatmasi aniqlangan kamchiliklar va qonunchilikning buzilishlari to‘g‘risidagi hamda ularni bartaraf etish, shuningdek bunday buzilishlarning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘rish haqidagi talablarni o‘z ichiga olishi kerak. Hisob palatasining ko‘rsatmasi unda ko‘rsatilgan muddatda yoki, agar muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u nazorat obyektiga kiritilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida bajarilishi kerak. Ko‘rsatmani bajarish muddati Hisob palatasi raisining qarori bilan yana shu muddatga, lekin bir martadan oshmagan holda uzaytirilishi mumkin. Ko‘rsatmaning bajarilishi natijalari bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Hisob palatasi nazorat obyekti rahbari yoki uning yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan yozma shaklda xabardor qilinadi. Yakuniy nazorat jarayonida Davlat budjeti daromadlarining tasdiqlangan prognozi bajarilmaganligi va budjetga to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzdorligi kamaymaganligi aniqlangan taqdirda Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Davlat soliq qo‘mitasiga hamda Davlat bojxona qo‘mitasiga, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga hududiy moliya organlarining, davlat soliq va bojxona xizmati organlarining rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida taqdimnomalar kiritishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari o‘z vaqtida hamda sifatli ijro etilmaganligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarini, ijrosi to‘g‘risidagi axborot “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali to‘liq, haqqoniy tarzda va o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun, shuningdek keyingi nazorat jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimining joriy etilishiga va samarali faoliyat ko‘rsatishiga doir choralar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi aniqlangan taqdirda Hisob palatasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga ularning xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida taqdimnomalar kiritishga haqli. Hisob palatasining taqdimnomasi Hisob palatasi raisi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilinadi. Hisob palatasining taqdimnomasi aniqlangan kamchiliklar haqidagi axborotni va intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish, shuningdek bunday kamchiliklarning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi talabni o‘z ichiga olishi kerak. Hisob palatasining taqdimnomasi kiritilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay bajarilishi kerak. Taqdimnomaning bajarilishi natijalari bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida Hisob palatasi yozma shaklda xabardor qilinadi. Hisob palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining so‘rovlari bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek nazorat obyektining muayyan sohasini va faoliyatini o‘rganish natijalari yuzasidan tahliliy ma’lumot tayyorlanadi. Tahliliy ma’lumot Hisob palatasi raisi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi. Tahliliy ma’lumotda o‘tkazilgan o‘rganish yoki tahlil to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar, aniqlangan muammolar, mavjud to‘siqlar va kamchiliklarning qisqacha tavsifi, shuningdek ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rsatilishi kerak. Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ekspertizadan o‘tkazish va o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiyani tahlil qilish, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish natijalari, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotning tashqi auditi hamda uni baholash natijalari, Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish natijalari, siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablag‘larning kelib tushishi hamda bu mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda Hisob palatasi tomonidan xulosa tayyorlanadi. Xulosa Hisob palatasi raisi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi. Hisob palatasining ko‘rsatmalari va taqdimnomalarini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaslikda, ma’lumotlar bazasidan hamda axborotdan foydalanish imkoniyatini bermaslikda, bila turib noto‘g‘ri axborotni taqdim etganlikda namoyon bo‘ladigan tarzda Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, shuningdek Hisob palatasining faoliyatiga aralashganlik va uning mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning hamda funksiyalarning qonuniy ravishda ijro etilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida biror-bir shaklda ta’sir ko‘rsatganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Download 131.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling