Toshkent moliya instituti mustaqili sh mavzu: hisob palatasi tomonidan davlat moliyaviy nazoratining amalga oshirilishi
Download 131.79 Kb.
|
Hisob palatasi
Hisob palatasining funksiyalari
Hisob palatasi Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarining ekspertizasini hamda o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini o‘tkazish sohasida: Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari loyihasining, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarining shakllantirilishini ularning ko‘rsatkichlari asosliligini aniqlash, ularning daromadlarini prognoz qilish hamda xarajatlarini rejalashtirish, qarz siyosati va budjetlararo munosabatlarning sifatiga baho berish maqsadida o‘rganishni va tahlil qilishni amalga oshiradi; Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi, Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi va o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari bo‘yicha xulosa beradi. Hisob palatasi qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligi auditini amalga oshirish sohasida: qabul qilinayotgan davlat dasturlari va hududiy dasturlar moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligining auditini o‘tkazadi; davlat dasturlari va hududiy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; davlat dasturlari va hududiy dasturlar amalga oshirilishining to‘liqligi hamda samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Hisob palatasi davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida: davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi; davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan davlat xaridlarining samaradorligi va qonuniyligining auditini o‘tkazadi; davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmlari, tartib-taomillari hamda usullarining samaradorligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan takliflarni tayyorlaydi. Hisob palatasi budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida: birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, davlat moliyaviy nazorat organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan o‘z rasmiy veb-saytlariga budjet jarayonining ochiqligini ta’minlaydigan axborotning joylashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; qonunchilik hujjatlarida belgilangan budjet jarayonining ochiqligini ta’minlaydigan axborotni joylashtirish muddatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Hisob palatasi budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarga mablag‘lar tushumlarining to‘liqligini, shuningdek yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini o‘rganish hamda nazorat qilish sohasida: soliq va bojxona to‘lovlari yig‘ilishi darajasining soliq turlari hamda hududlar kesimidagi tizimli tahlilini o‘tkazadi, uning tarmoqlar va hududlar kesimlarida pasayishiga ta’sir ko‘rsatgan sabab-oqibat omillarini aniqlaydi; Davlat budjetining, davlat maqsadli jamg‘armalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar budjetlarining shakllantirilishini nazorat qiladi hamda uning monitoringini yuritadi; soliq solish obyektlari va soliq solinadigan baza qamrab olinishining to‘liqligi, manzilli yo‘nalishlar hamda nazorat dasturlarining shakllantirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan soliq va boshqa davlat organlarining ma’lumotlar bazasini tahlil etish hamda monitoring qilish asosida nazoratni amalga oshiradi; davlat mol-mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish hamda ijaraga berishdan olinadigan mablag‘larning budjet tizimi budjetlariga tushumlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tahlil o‘tkazadi va nazoratni amalga oshiradi; mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini dividendlarning to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi nuqtai nazaridan nazorat qiladi. yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishi ustidan monitoring o‘tkazadi va nazorat qiladi. Hisob palatasi budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini aniqlash hamda safarbar qilish sohasida: davlat organlari hamda o‘zga tashkilotlar soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun foydalanadigan ma’lumotlar bazasining ishonchliligini baholaydi; iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari faoliyatining budjet tizimi budjetlariga qo‘shimcha tushumlar zaxiralarini aniqlashga yo‘naltirilgan tahlilini amalga oshiradi; soliq solish tizimini, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini tahlil qilish hamda baholash asosida budjet tizimi budjetlari daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini aniqlash hamda ularning safarbar etilishini ta’minlash choralarini ko‘radi; daromadlar prognozini sifatli shakllantirish va bajarish, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning to‘liq yig‘ilishini hamda soliq to‘lovchilar to‘liq hisobga olinishini ta’minlashda moliya va davlat soliq organlarining mas’uliyatini oshirish hamda ularga har tomonlama ko‘maklashish choralarini ko‘radi. Hisob palatasi budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan o‘tkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash sohasida: Davlat budjetining, davlat maqsadli jamg‘armalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar budjetlarining xarajatlar qismi ijro etilishi yuzasidan monitoring yuritadi; budjet mablag‘laridan, davlat maqsadli jamg‘armalarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning mablag‘laridan maqsadli, oqilona hamda samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi missiyalari va vakolatxonalari tomonidan chet el valyutasidagi mablag‘lardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qiladi; Davlat budjetining ijro etilishi va budjet tizimi budjetlarining barcha darajalarida davlat mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda davlat xarajatlarini qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash choralarini ko‘radi; moliya organlari, shu jumladan g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilishga doir vazifalarning bajarilishi samaradorligini tahlil qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag‘lar shakllantirilishining qonuniyligi, ularning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tashqi auditdan va baholashdan o‘tkazadi, ular yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosalar taqdim etadi. Hisob palatasi budjet tizimi budjetlari mablag‘lari va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligi hamda asosliligini baholash sohasida: budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining shakllantirilishi yuzasidan monitoring o‘tkazadi hamda nazorat qiladi; budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining to‘liq hamda samarali bajarilishi ustidan nazorat qiladi. Hisob palatasi soliq, bojxona va budjet to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda o‘rganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish sohasida: zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonida aniqlanadigan budjet to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining turlarini hisobga oladi va tasniflaydi; nazorat tadbirlari natijalarini, shuningdek budjet to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishini, bunga olib kelayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tahlil qiladi, budjet to‘g‘risidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; soliq va bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishini, bunga olib kelayotgan sabablar hamda shart-sharoitlarni tahlil qiladi, mazkur qonunchilikni takomillashtirish, soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish, shuningdek soliq stavkalarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; budjet to‘g‘risidagi qonunchilik normalari amalga oshirilishining monitoringini o‘tkazadi va budjet jarayonidagi chetga chiqishlarni aniqlaydi; budjet jarayonining va budjet to‘g‘risidagi qonunchilikning xalqaro normalar hamda standartlarga muvofiqligini o‘rganadi; yashirin iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladigan omillarni tahlil qiladi, ularni bartaraf etish mexanizmlarini joriy etishga doir takliflarni tayyorlaydi va kiritadi. Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari o‘rtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar bo‘yicha majburiyatlari chegaralanishining to‘g‘riligini baholash, ularning o‘zini o‘zi moliyaviy jihatdan yetarlicha ta’minlashiga doir takliflar ishlab chiqish sohasida: Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining shakllantirilishi va ijro etilishini, ularning mutanosibligini tahlil qiladi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi; yuqori turuvchi va quyi turuvchi budjetlar o‘rtasidagi belgilangan umumdavlat soliqlari ajratmalari normativlarining, budjetlararo ajratiladigan transfertlarning asosliligini o‘rganadi; yuqori turuvchi va quyi turuvchi budjetlar o‘rtasidagi xarajatlar bo‘yicha majburiyatlarning chegaralanishi to‘g‘riligini baholaydi; mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hal etishdan kelib chiqqan holda barcha darajadagi budjetlar o‘rtasidagi moliyaviy resurslar nisbatini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi. Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining ma’lumotlar bazalarini shakllantiradi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarilishi ustidan monitoringni va doimiy nazoratni amalga oshiradi hamda ularning natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi. Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, O‘zbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan o‘tkazish sohasida: milliy valyutani mustahkamlash, uning xarid qobiliyatini oshirish, pul massasini va pul agregatlarini maqbullashtirish hamda bankdan tashqari pul aylanmasini qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tahlil qiladi va baholaydi; bank tizimining moliyaviy barqarorligini o‘rganadi va tahlil qiladi; O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining va to‘lov balansining holatini tahlil qiladi; ichki valyuta bozorida valyutaga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganadi, milliy valyutaning ayirboshlanishi holati ustidan nazoratni amalga oshiradi; davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish hajmlarini va maqsadga muvofiqligini baholashni, chet el kreditlari hamda grantlari mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida olingan tashqi kreditlarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; oltin-valyuta zaxiralarining qayta tiklanishi va ularga doir operatsiyalar ustidan nazoratni amalga oshiradi, tashqi aktivlarni boshqarish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qiladi, ularni xorijiy banklarga samarali joylashtirish va qayta joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, oltin-valyuta zaxiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalar ustidan nazoratni ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u tomonidan vakolat berilgan organlar taraflarning biri sifatida qatnashayotgan oltin-valyuta zaxiralari bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha barcha qarorlarni kelishib oladi; valyuta, eksport va import operatsiyalari o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi; davlat qarzini samarali boshqarish bo‘yicha monitoring o‘tkazadi, ularga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishi ustidan nazorat qiladi. Hisob palatasi davlat boshqaruvi organlarida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ishtiroki ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, shuningdek uning samarali faoliyat ko‘rsatishiga doir choralarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish sohasida: korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, shuningdek uning samarali faoliyat ko‘rsatishiga doir choralarning amalga oshirilishi ustidan monitoring o‘tkazadi va nazorat qiladi hamda ularning natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi; korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimini o‘z vaqtida joriy etishga va uning samarali faoliyat ko‘rsatishiga monelik qilayotgan omillarni aniqlaydi, shuningdek ularni tizimli ravishda tahlil qiladi. Download 131.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling