Toshkent moliya instituti mxvkm 70\22 abdurazzoqov abdurazzoqning “xalqaro iqtisodiyot” fanidan tayyorlagan prezintatsiyasi
ITALIYANING DUNYOGA MASHUR BO’LGAN SOHALARI
Download 1.54 Mb.
|
ITALIYA IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Italiyada turizm
- ETIBORINGIZ UCHUN
ITALIYANING DUNYOGA MASHUR BO’LGAN SOHALARI
Italiyada turizm–Italiya iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri. Italiya milliy statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Italiyaga 65 million sayyoh tashrif buyurgan. Bu dunyodagi eng koʻp tashrif buyuradigan 5 ta davlatdan biridir. Italiya bankining 2021-yildagi maʼlumotlariga qaraganda, turizm sohasi Italiya YaIMning 5% ulushini tashkil qiladi . Hozirgi vaqtda Italiyaga turistlarining qiziqishiga madaniyat, oshxona, arxitektura, sanʼat, diniy joylar, suv ustidagi shahar hamda kurortlar sabab boʻlmoqda. Alp va Apennin togʻlarida qishki va yozgi turizm, Oʻrtayer dengizi qirgʻoqlarida esa dengiz turizmi rivojlangan,. Rim 2021-yilda 9,4 million turist tashrif buyurgani bilan, Yevropada 3-oʻrinni, dunyoda esa 12-oʻrinni egallagan. Milan esa 6,8 million turist bilan dunyo reytingining 27-oʻrinni band qilgan. Bundan tashqari Venetsiya va Florensiya shaharlari Dunyodagi eng yaxshi 10 ta manzil roʻyxatiga kiritilgan. Shuningdek, Italiya dunyoda YuNESKOning madaniy meros obʼyektlari soni eng koʻp boʻlgan davlatdir. Rim imperiyasi davrida, oʻrta asrlarda va Renessansda Italiyadagi koʻplab yodgorliklar barpo qilindi. Mamlakatda 4 mingdan ortiq muzeylar, 85 mingta tarixiy cherkovlar va 40 mingta tarixiy yodgorliklar mavjud. Barcha obʼyektlar Italiya Madaniyat vazirligi muhofazasiga olingan. Italiyada 1 dan 5 yulduzgacha mehmonxonalar bor. Italiya milliy statistika instituti hisob-kitoblariga koʻra, 2022-yilda 32988 ta mehmonxonalar faoliyat olib bormoqda.ITALIYANING MASHHUR TURISTIK SHAHARLARI:
Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasidagi munosabatlar xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qilmoqda. Mamlakatlarimizning BMT, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidagi qator masalalar boʻyicha yondashuvlari bir-biriga yaqin. Ayniqsa, keyingi yillarda Italiyaning Markaziy Osiyoga qiziqishi ortib bormoqda. Oʻtgan yilning dekabrida birinchi marta “Markaziy Osiyo – Italiya” formatidagi muloqot oʻtkazildi. Hozirda munosabatlarni yuqori darajaga koʻtarishni niyat qilganmiz. Biz uchun ustuvor yoʻnalish – bu iqtisodiy hamkorlik. Italiya – dunyoning eng kuchli iqtisodiy rivojlangan markazlaridan biri. Shu nuqtayi nazardan toʻqimachilik, charm-poyabzal, aviasozlik, mashinasizlik, farmatsevtika, qurilish materiallari, neft va gaz sohalarida italiyalik sarmoyadorlarni jalb qilish va ular bilan hamkorlikni kengaytirishga eʼtiborni kuchaytirdi. – Qolaversa, fan, taʼlim, madaniyat sohasida hamkorlik tobora rivoj topmoqda. Xabaringiz bor, Toshkentda bir necha yil oldin Turin politexnika universitetining filiali ochilgan. Shu yilning oʻzida Toshkent va Buxoro shaharlarida Italiyaning yana ikkita oliygohi oʻz kampusini ochishi kutilmoqda ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling