Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 0.62 Mb.
|
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyuta brokerlik firmalari
- 3. Valyuta tizimi va uning asosiy funktsiyalari hamda elementlari
Xususiy shaxslar. Jismoniy shaxslar xorijiy turizm, ish haqi, pensiyalar, gonorarlar, naqd valyutani sotib olish va sotish borasida nosavdo operatsiyalarning keng turkumini amalga oshiradilar.
Valyuta birjalari. O‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan ayrim mamlakatlarda valyuta birjalari faoliyat ko‘rsatadi. Ularning asosiy funktsiyalari yuridik shaxslar uchun valyuta almashuvini amalga oshirish hamda bozor valyuta kursini shakllantirishdan iboratdir. Davlat odatda birja bozorining ixchamligidan foydalangan holda ayirboshlash kursining darajasiga faol ta’sir etadi. Valyuta brokerlik firmalari. Ularning funktsiyalariga xorijiy valyutani sotib oluvchisi va sotuvchisini o‘zaro uchrashtirish hamda ularning o‘rtasida konversiya yoki ssuda-depozit operatsiyalarini amalga oshirish kiradi. O‘z vositachilik operatsiyalari uchun broker kompaniyalari bitim summasidan ma’lum bir foiz ko‘rinishidagi brokerlik vositachilik haqini oladilar. So‘ralayotgan kurslar va stavkalar haqida axborotga ega bo‘lgan broker kompaniyasi tuzilgan bitimlar bo‘yicha real valyuta kurslari hamda real foiz stavkalar shakllanadigan joy bo‘lib hisoblanadi. Tijorat banklari joriy kursning darajasi haqidagi axborotni broker firmalardan oladilar. Jahon bozorida broker firmalari orasida Lasser Marshall, Bierbaum, Harlow Butler, Tullet and Tokyo, Coutts, Tradition va boshqa shu kabi kompaniyalar mashxurdir. Rossiya Federatsiyasi bozorida konversiya va depozit operatsiyalari bo‘yicha xizmatlarni Intermoney Financial Products, Banklararo moliyaviy uy, Rossiya xalqaro valyuta-fond birjasi, ADIKS firmasi kabi broker kompaniyalari ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi bozorida konversiya va depozit operatsiyalari bo‘yicha xizmatlarni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi hamda tijorat banklari ko‘rsatadi. 3. Valyuta tizimi va uning asosiy funktsiyalari hamda elementlari Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida valyuta tizimining samarali tashkil etilishi va uning barqarorligi muhim o‘rin tutadi. Valyuta tizimi deganda, valyuta munosabatlarini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy shakli tushuniladi. Valyuta tizimining holati mamlakatda valyuta munosabatlarini boshqarish va tartibga solish jarayoniga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Valyuta tizimining uchta asosiy shaklini ajratib ko‘rsatish mumkin: Milliy valyuta tizimi – ma’lum bir mamlakat hududida valyuta munosabatlarini tashkil etish, tartibga solish bilan bog‘liq tadbirlar majmuasini ifodalaydi. Mintaqaviy valyuta tizimi – muayyan bir mintaqa doirasidagi mamlakatlar tashabbusiga ko‘ra tashkil etilgan valyuta tizimini ifodalaydi. Jahon valyuta tizimi – mamlakatlar o‘rtasidagi valyuta munosabatlarini amalga oshirish uchun tashkil etilgan, instrumentlar, shartnomalar, tartib-qoidalar va tashkilotlarning majmuasidir. Valyuta tizimlari muayyan elementlarni o‘ziga qamrab olgan holda faoliyat yuritadi. Milliy valyuta tizimi quyidagi elementlarni o‘zida mujassamlashtiradi: milliy valyuta; milliy valyutaning almashinish rejimi; milliy valyuta pariteti; milliy valyuta kurs rejimi; valyuta cheklovlari holati; mamlakatning xalqaro valyutaviy likvidligini tartibga solish; milliy valyuta bozorida operatsiyalarni yuritish tartibi. Yuqorida zikr etilgan elementlar yig‘indisi xalqaro valyuta-kredit va hisob-kitob munosabatlarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan belgilanadigan valyuta mexanizmidir. Tarixan dastlab xalqaro huquq normalarini hisobga olgan holda milliy qonunchilik bilan mustahkamlangan milliy valyuta tizimlari paydo bo’lgan. Milliy valyuta tizimlari xalkaro valyuta tizimi bilan uzviy bog’lik, ya’ni xalqaro valyuta munosabatlari yuzaga kelishining asosi bo’lib hisoblanadi. Xalqaro valyuta tizimi 19 asr o’rtalarida yuzaga kelgan. Xalqaro valyuta tizimining barqaror bo’lishi dunyo xo’jaligi strukturasi darajasiga muvofiq kelishiga, etakchi davlatlarning manfaatlariga va kuchlarning joylashishiga bog’liq. Ushbu shartlarning buzilishi valyuta tizimining inqiroziga olib keladi va yangi valyuta tizimining yuzaga kelishiga asos bo’ladi. Xalqaro valyuta tizimining amal qilish mexanizmi va uni tartibga solish milliy valyuta tizimi bilan uzviy bog’liq bo’lib, bu bog’liqlik tashqi faoliyatga xizmat qiluvchi milliy banklar orqali amalga oshiriladi va davlatlararo valyutani tartibga solishda yuzaga keladi, hamda etakchi davlatlarning valyuta siyosatini muvofiqlashtiradi. Milliy valyuta bu – davlat qonunlari bilan belgilangan va hisob-kitoblarda qo’llaniladigan pul birligidir. Shu o’rinda, pul birligi va valyuta o’rtasida farqni ajratish maqsadga muvofiq. Pul birligi bu bir mamlakat hududida hisob – kitoblarni amalga oshirish vositasi bo’lib hisoblanib, u xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashsa (boshqa valyutaga ayirboshlanganida, xorijda tuzilgan bitim bo’yicha talab va majburiyatlarni bajarishda qatnashsa, bir mamlakatdan boshqasiga kapital sifatida harakat qilsa) valyutaga aylanadi. Demak, har qanday pul birligi ham valyuta hisoblanavermaydi. Valyuta tizimida valyutalarni ayirboshlash (konvertatsiya) darajasi muhim o’rin egallaydi. Ular erkin ayirboshlanadigan, qisman ayirboshlanadigan va ayirboshlanmaydigan valyutalarga bo’linadi. Shuningdek, ichki va tashqi konvertatsiya bo’lib, ichki konvertatsiya mamlakat rezidentlarining ayirboshlash operatsiyalarida cheklovlar bo’lmasligini anglatsa, tashqi konvertatsiya norezidentlarga nisbatan cheklovlarni qo’llamaslikda aks etadi. Valyuta tizimining navbatdagi elementi – valyuta pariteti valyuta kursini aniqlashda birlamchi omil bo’lib, u ikki mamlakat valyutalarining nisbatida aks etadi. Oltin tanga standartida valyuta pariteti sifatida ularning metall tarkibi olingan edi. Oltin monometallizmi davrida valyutalar kursi oltin paritetiga asoslangan bo’lib, belgilangan nuqtalar orasida tebranar edi. Kredit pullarning rivojlanishi bilan valyuta kursi asta – sekinlik bilan oltin paritetidan uzoqlashib bordi. Ikkinchi jahon urushidan keyin oltin paritetiga AQSh dollari va funt sterlingi ega edi. 1971 yilda AQSh hukumati dollar kursini belgilashda oltin paritetidan voz kechganidan so’ng, oltin xalqaro muomaladan chiqarildi. Oltin pariteti bekor qilingach, xalqaro valyuta munosabatlarida valyuta savati tushunchasi kiritildi. Bunda bir valyutaning kursi valyuta savatiga kirgan birliklarga nisbatan olingan o’rtacha qiymat bilan aniqlanadi. Hozirgi paytda, valyutalar kursi qonuniy tartibda belgilangan valyutalar o’rtasida nisbat bilan aniqlanadi. Valyuta tizimining navbatdagi elementi valyuta kursi rejimi hisoblanadi. Amalda valyuta kursining asosiy rejimlari - qat’iy o’rnatilgan va erkin suzib yuruvchi mavjud bo’lib, qolgan ko’rinishlari ularning kombinatsiyasidan hosil bo’ladi. Valyuta kursining quyidagi rejimlari mavjud: -qat’iy belgilangan kurslar rejimi. Davlat o‘z iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan holda ma’muriy tarzda milliy valyuta kursini qat’iy belgilab qo‘yishi mumkin. Masalan, Bretton-Vuds sharoitidagi qat’iy belgilangan kurslar rejimi; -kichik chegaralarda tebranadigan kurslar rejimi. Bu holatda davlat o‘z iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, milliy valyuta kursini ma’lum bir chegaralarda tebranishidan manfaatdor bo‘ladi va valyuta siyosatining instrumentlaridan foydalangan holda ushbu maqsadga erishadi; -valyutaga bo‘lgan talab va taklifning o‘zgarishi asosida erkin suzadigan (tebranadigan) kurslar rejimi hamda ularning turli ko‘rinishlari. Bunga Yamayka valyuta tizimi sharoitidagi erkin suzuvchi valyuta kurslari rejimini misol sifatida keltirishimiz mumkin. Valyuta cheklovlarining mavjudligi valyuta tizimining elementi bo’lib, bu cheklovlar xalqaro miqyosda XVF tomonidan aniqlanadi va a’zo mamlakatlar doirasida tartibga solib turiladi. Valyuta tizimining elementi sifatida xalqaro likvidlilikni boshqarish xalqaro hisob – kitoblarning ta’minlanishiga qaratiladi. Xalqaro valyuta likvidlilik – bu mamlakatning kreditorlar uchun qulay valyutada xalqaro majburiyatlarni o’z vaqtida bajara olish qobiliyatidir. Mamlakat miqiyosida valyuta likvidliligi quyidagilar bilan o’lchanadi: rasmiy oltin – valyuta zaxirasi, SDR va boshqa valyuta birliklari, XVFdagi pozitsiyasi (a’zo mamlakat kvotasining 25% miqdorida zudlik bilan kredit olish huquqiga ega). Likvidlilikni o’lchash uchun odatda, oltin – valyuta zaxirasining yillik importga nisbati olinadi. Milliy valyuta tizimi doirasida xalqaro kredit mablag’laridan foydalanish, ularni jalb qilish, qaytarish va to’lash tartibga solinadi. Valyuta tizimining bu elementi jahon valyuta tizimida kredit harakati bilan bog’liq holatlar bo’yicha umumlashtirilgan qoidalarni ishlab chiqishda namoyon bo’ladi. Mahsulotlarni ayirboshlash, eksport – import operatsiyalarini o’tkazishning asosiy sharti bo’lib, xalqaro hisob – kitoblarning yo’lga qo’yilganligi hisoblanadi. Valyuta tizimining bu elementi bo’yicha milliy miqiyosda xalqaro darajada qabul qilingan umumlashgan qoidalardan kelib chiqib, me’yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi. Bunday qoidalarga Xalqaro savdo palatasi tomonidan qabul qilingan quyidagi hujjatlar kiradi: 522 – sonli «Inkasso bo’yicha birxillashgan qoidalar» va 500 – sonli «Hujjatli akkreditiv bo’yicha birxillashgan qoidalar», 458 – sonli «Talabni taqdim etish bilan to’lanadigan kafolat bo’yicha birxillashgan qoidalar», shuningdek savdo atamalarini talqin etish bo’yicha «Inkoterms» (hozirda, Inkoterms 2000) xalqaro qoidasi. Valyuta tizimlarining muhim elementlaridan biri valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi organlar faoliyati hisoblanadi. Milliy valyuta tizimida bu organlarga Markaziy bank va boshqa mutassadi organlar (O’zbekistonda Hukumat, Moliya vazirligi, Soliq va Bojxona idoralari) kiradi. Jahon valyuta tizimida valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi maxsus davlatlararo institutlar bo’lib, ularga: XVF, ETTB, OTB kabilar kiradi. Valyuta tizimining rivojlanish qonuniyatlari takror ishlab chiqarish mezonlari bilan aniqlanadi. Bu milliy va xalqaro xo’jalikning rivojlanish bosqichlarida o’z aksini topadi. Xalqaro xo’jalik tuzilmasining o’zgarishi xalqaro valyuta tizimining inqiroziga olib keladi. Ishlab chiqarish shakli, xalqaro savdo va kuchlarni o’zgarishi 1 – xalqaro valyuta tizimi – oltin monometallizmining inqirozini keltirib chiqardi. Xalqaro valyuta tizimlari o’zgarishining asosiy sababi bu inqirozlardir. Valyuta inqirozlari odatda xalqaro valyuta munosabatlarining bekarorligidan kelib chiqadi. Xalqaro valyuta munosabatlarining beqarorligi valyuta kurslarining beqarorligida, oltin – valyuta rezervlarning qayta taqsimlanishida, valyuta cheklovlarida, xalqaro valyuta likvidliligi yomonlashuvida va valyuta qarama – qarshiliklarida aks etadi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling