Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 0.62 Mb.
|
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyuta munosabatlari
Valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xo‘jaligi muomalasida amal qilish jarayonida va xalqaro aloqalar sohasiga xizmat ko‘rsatishda o‘ziga xos pul munosabatlarining yig‘indisidir7 yoki davlatlar, jahon valyuta bozorining subyektlari, muayyan davlatning rezident yoki norezident shaxslari o‘rtasida valyutalarni sotish, sotib olish, majburiyatlarni bajarish hamda boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlardir.
Valyuta munosabatlari – bu xalqaro aloqalarga xizmat ko‘rsatuvchi va jahon xo‘jaligida valyuta muomalasi jarayonida vujudga keladigan o‘ziga xos pul munosabatlarining majmuidir. Valyuta munosabatlari jahon valyuta tizimining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Valyuta munosabatlarining holati quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi: -milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga; -siyosiy ahvolga; -jahon bozorida davlatlararo munosabatlar borasidagi muammolarga va ushbu muammolarning rivojlanish tendentsiyalariga. Shu bilan birgalikda bu erda shuni ta’kidlab o‘tmoq lozimki valyuta munosabatlarining keng tarqalgan ishtirokchilaridan biri bu tijorat banklaridir. Ular xorijiy valyutalar bilan operatsiyalarning asosiy hajmini amalga oshiradilar. Banklarda bozorning boshqa ishtirokchilari o‘z hisob raqamlarini ochgan bo‘lib, ushbu hisob raqamlar orqali ular zarur bo‘lgan konversiya va depozitli-kreditli operatsiyalarni amalga oshiradilar. Banklar bozorning valyuta konversiyalariga hamda mablag‘larni jalb qilish va joylatirishga bo‘lgan yalpi ehtiyojlarini mijozlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar orqali o‘zlarida mujassam etadilar. Mijozlar buyurtmalarini qondirishdan tashqari ular operatsiyalarni mustaqil, o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirishlari mumkin. Tijorat banklari milliy, hududiy va jahon valyuta bozorlarida nafaqat o‘z manfaatlari, balki birinchi navbatda o‘z mijozlari manfaatlarining ximoyachisidir. Jahonning yirik tijorat banklari o‘z mijozlarining topshiriqlarini talab darajasida bajarish, ularning moliyaviy manfaatlarini himoya qilish va o‘z tijoriy maqsadlarida jahon moliya bozorining yirik markazlarida o‘z filiallarini ochganlar. Tijorat banklari mijozlarida va tijorat banklarining o‘zlarida turli sabablarga ko‘ra hamda turli maqsadlarda xorijiy valyutaga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Masalan, tijorat bankining mijozi eksportyor bo‘lsa u xorijiy valyutada tushum oladi va valyuta kursi tebranishi oqibatida hosil bo‘ladigan xatarlarni hisobga olgan holda unda ushbu xorijiy valyutada olingan tushumni xavf-xatardan ximoyalash zarurati tug‘iladi. Shu sababli eksportyor eksport tushumini ehtimolli yo‘qotishlardan sug‘urtalash maqsadida o‘z bankiga murojaat etadi. Agar bankning mijozi importyor bo‘lsa, eksportyor bilan o‘zaro tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq hisob-kitobni amalga oshirish uchun unga ma’lum bir miqdorda xorijiy valyuta zarur bo‘ladi. Bunga muvofiq importyor-mijoz ushbu xorijiy valyutani sotib olish maqsadida o‘z bankiga murojaat etadi. Yuqoridagilardan tashqari tijorat bankining xorijiy valyutaga bo‘lgan o‘z zaruriy ehtiyojlari mavjud. Masalan, jahon valyuta bozorida oldi-sotdi baholarining farqi sifatida foyda olish maqsadida xorijiy valyutalarni sotib olish, valyuta kursining tebranishi oqibatida vujudga keladigan valyuta tavakkalchiliklarining oldini olish maqsadida xedjinglash bilan bog‘liq turli valyuta operatsiyalarini amalga oshirish. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 4 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi valyuta bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi xududida “so‘m”ning ichki konvertatsiyasiga muvofiq naqd valyuta oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalar bilan ham shug‘ullanadilar. Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga muvofiq 1994 yilning 15 oktyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida pul sifatida muomalada faqat respublikaning milliy valyutasi “so‘m” yuradi. Boshqa davlatlarning milliy valyutalari, ya’ni xorijiy valyutalarning O‘zbekiston hududida pul sifatida muomalada bo‘lishi qonun bilan taqiqlangan. Umuman olganda valyuta bozori banklararo bitimlar bozoridan iborat bo‘lib, valyuta kurslari va foiz stavkalar harakatlari haqida gap ketganda barcha keyingi o‘rinlarda ko‘z oldiga banklararo valyuta bozorini keltirish lozim. Kunlik operatsiyalari hajmi milliard AQSh dollarlarini tashkil qiluvchi jahonning yirik banklari valyuta bozoriga sezilarli ta’sir qiladi. Bularga Deutsche Bank, Barclays Bank, Union Bank of Switzerland, Citibank, Chase Manhattan Bank, Standard Chartered Bank kabi banklar kiradi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling