Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Kapitallar va kreditlarning harakati balansi


Download 0.62 Mb.
bet92/105
Sana02.06.2024
Hajmi0.62 Mb.
#1836162
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105
Bog'liq
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org

Kapitallar va kreditlarning harakati balansi – tadbirkorlik bilan ssuda kapitalining harakati aks ettiriladi.
Kliringtovarlar, qimmatbaho qog‘ozlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob – kitob qilish tizimi. Bu tizim o‘zaro talablar va majburiyatlarni bajarilishiga asoslangan. Aytish mumkinki, kliring rivojlanayotgan mamlakatlarning ayrimlarida valyutani erkin konvertatsiya qilish borasida chegaralanishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Kliring palatasimuddatli birjadagi, xar bir bitim bo‘yicha sherik sifatida chiquvchi hisob-kitob palatasi. Birja savdosi ishtirokchilari kliring palatasiga sug‘urta garovlarini kiritadilar va har kuni ochiq pozitsiyalarini qayta narxlaydi.
Kompensatsion bitim – uzoq muddatli tashqi savdo kelishuvlari shakli xaridorga takdim etilgan maxsulot yoki ko‘rsatilish lozim bo‘lgan xizmatning to‘lov borasidagi engilligi. Tajribada ko‘rinishicha, tomonlarning aniq kelishuvlari so‘nggida ro‘yxatdagi tovarlarning soni va bahosi sifat darajalariga mos kelishi shart etib belgilangan.
Kon’yuktura – ayni paytdagi iqtisodiyotda kechayotgan qandaydir o‘zgarishlar va obyektiv ahvolning holati.
Konglomerat birlashishi – ishlab chiqarish yoki ta’minot munosabatlari bo‘yicha o‘zaro aloqador bo‘lmagan kompaniyalarning birlashish bo‘lib, bunda bir tarmoqda faoliyat yurituvchi kompaniyaning boshqa tarmoqdagi kompaniya bilan qo‘shilishi sodir bo‘ladi.
Kotirovka valyutasi – savdo qilinayotgan valyutaning standart birliga narxini ko‘rsatadi.
Kredit – yevrobozordagi o‘rta va uzoq muddatli kreditlar. Ular bo‘yicha, suzuvchi foiz stavkalari belgilangan davr uchun qat’iylashtirib qo‘yiladi.
Kross-kurs – bir mamlakatning valyutasini ikkinchi bir mamlakat valyutasiga nisbatan USD orqali ifodalanadigan nisbati. Kross-kurs xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladi. Uni asosan yirik kompaniyalar va korporatsiyalar qo‘llaydi. Bu valyuta kursini aniqlashning real yo‘li hisoblanadi.
Kunlik limit – savdo-sotiq ishtirokchisiga kun davomida o‘ziga olishga ruxsat etilgan maksimal valyutaviy yoki foiz xatari.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling