Minimal zahiralar – tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishlari shart bo‘lgan pullar. Minimal zahiralar darajasi Markaziy bank tomonidan muayyan depozit bitimlar miqdoridagi qat’iy foiz ulushida o‘rnatiladi.
Milliy valyutaning pariteti – milliy valyuta qiymatining xorijiy valyuta qiymatiga nisbati bo‘lib, u hisoblanadigan ko‘rsatkich hisoblanadi va milliy valyuta kursini belgilash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Moliyaviy fyuchers kontrakti – valyuta yoki moliyaviy vositalar oldi-sottidisining standart birja kontrakti. Moliyaviy fyuchers kontrakti oldindan belgilangan kurs bo‘yicha, kelishilgan muddatda savdolashiladigan summani etkazib berish yoki qabul qilish to‘g‘risidagi standartlashtirilgan qat’iy kelishuv.
Maastrixt shartnomasi – 1992 yilda Maastrixt shahrida Yevropa Ittifoqini tuzishning asosini tashkil etuvchi shartnoma.
Moliyaviy investitsiyalar – mulkka egalik qilish va mulkdan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar orqali qo‘yilmalar kiritish.
Moliya-sanoat guruhlari – ishlab chiqarish, xo‘jalik, moliyaviy va boshqa faoliyatlar samaradorligini ta’minlash maqsadida markazlashgan boshqaruvga ega bo‘lgan va o‘zlarining resurslarini (ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat, nomoddiy va boshqalar) birlashtirgan ishlab chiqarish, savdo korxonalari va moliya-kredit institutlarini o‘z ichiga olgan mustaqil yuridik shaxslarning integratsiyasi shakli.
Norezidentlar – davlatning xorijiy mamlakatlarini boshqarish, ya’ni xorijdagi korporatsiyalar, hukumat ofislari, elchixonalar, qo‘shma korxonalar, chet mamlakatlar chegralaridagi korxona egalari, shuningdek, xorijda doimiy yashovchilar va bu yurtga keluvchilar norezident sanalishadi.
Nisbiy afzallik – manfaat, foyda. U tashqi savdoga a’zo mamlakatlarning turli mahsulotlarni sotishdan oladigan daromadlari tushuniladi.
Neft mahsulotlari eksport qiladigan mamlakatlar tashkiloti (OPEK) – Xalqaro hukumatlar o‘rtasida tuzilgan tashkilot. U Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari hududlaridagi neftni qazib olish va eksport qilish, ularning narxlarini belgilash massalarini amalga oshirish bo‘yicha 1960 yilda tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |