Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Download 0.62 Mb.
bet97/105
Sana02.06.2024
Hajmi0.62 Mb.
#1836162
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   105
Bog'liq
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org

Savdo (ish) kuni – foiz va valyuta bitimlari to‘g‘risidagi bitim tuziladigan kun.
Savdo qilinadigan valyuta – karrali standartli birliklar bilan savdo qilinadigan va narxi boshqa valyutaning o‘zgaruvchi birliklarida ifodalanadigan valyuta.
Svop operatsiyasi – bir valyutani spot operatsiyasi bo‘yicha sotib olish va forvard sharti bo‘yicha sotishiga yoki forvard sharti bo‘yicha sotib olish va spot sharti bo‘yicha sotishga aytiladi.
Svop-bitim – kontragentlar o‘rtasida bir vaqtning o‘zida "spot» bitimi va qarama-qarshi forvard bitimini tuzish.
Svop-stavka (qo‘shilma) – spot va forvard kurslari o‘rtasidagi, punktlarda ifodalangan foizlar farqi. Foizlar tuzilmasiga bog‘liq holda diskont yoki rag‘batdan tarkib topadi.
SDR – maxsus qarzdorlik huquqi. XVF tomonidan emissiya qilinuvchi xalqaro hisob birligi.
Smitson bitimi – 1971 yilda Bretton —Vuds tizimiga a’zo mamlakatlar Vashishtondagi Smitson institutida o‘z valyutalarining almashtirish kurslari va tebranish chegaralarini belgilab qo‘ydilar.
Sotib olish kursi – u bo‘yicha oldi-sotdi qilinadigan valyuta sotib olinadigan kurs.
Sotish kursi – u bo‘yicha oldi-sotdi qilinadigan valyuta sotiladigan kurs.
Spot operatsiyalari – valyuta bitimi tuzilgandan so‘ng, valyutalar ikki ish kunida kelib tushadigan operatsiyalar.
Spot kursi – spot bitimini tuzishda oldi-sotdi qilinayotgan valyutaning muayyan birligi qiymatini ifodalovchi kurs.
Spekulyantlar – moliyaviy instrumentlarning kurslaridagi farq hisobiga foyda olishni ko‘zlagan ishtirokchilar.
Spot-nekst – keyingi ish kunida teskari bitim amalga oshiriladigai qisqa muddatli svop yoki foizli kelishuv.
Spred – valyutani kotirovkalashda sotib olish va sotish kursi o‘rtasidagi farq.
Stagflyatsiya – iqtisodiyotda baholar va ishsizlik darajalarining bir vaqtning o‘zida o‘sishi.
Strategik pozitsiya – muayyan muddatda yoki to‘lov kunida kurslarning kutilmagan o‘zgarishidan foyda olish uchun foydalaniladigan ochiq forvard pozitsiya.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling