Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Economist jurnalida «Blokcheyn, trast mexanizmi» deb nomlangan maqola 
chiqqanda internet va ijtimoiy saytlar ushbu ma’lumotni tezkorlik bilan jahon 
bo‘ylab innovatsion yangilik sifatida tarqatdilar. Chunki ungacha hech kim 
blokcheyn xaqida biror bir ma’lumotga ega emas edi. Iqtisodiyot bo‘yicha katta 
obruga ega bo‘lgan jurnalning old sahifasida blokcheynni maqtab, reklama 
qilinishi 
katta 
shov-shuvga 
sabab bo‘ldi, albatta. TheEconomistning 
ta’kidlashicha, blokcheyn ishonch xosil qilishga imkon beruvchi texnologiya 
bo‘lib, bitkoin asosida turuvchi ushbu ishonch mexanizmi hozirgi zamon 
iqtisodiyotining faoliyat ko‘rsatish mexanizmini tubdan o‘zgartirib yuboradi. 
Xuddi o‘sha 2015 yilning oktyabridan boshlab, ommaviy axborot vositalari 
tomonidan blokcheyn mavzusi bo‘yicha berilayotgan ma’lumotlar kamaymadi, 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
balki borgan sari ko‘payib, blokcheyn texnologiyalari, raqamli valyutalar va 
boshqa taqsimlangan reestrlarga asoslangan ko‘plab miqdordagi loyihalar vujudga 
keldi. Shunday qilib, birgina obruli jurnalda nashr qilingan maqola tufayli 
blokcheyn, bitkoin, kriptovalyuta va taqsimlangan konsensus bo‘yicha ko‘plab 
qizg’in muhokamalar boshlandi va jahon bo‘ylab yangi texnologiyaning inqilobiy 
yurishi boshlandi. Shuni ham tushunish lozimki, blokcheyn – jamiyat va 
iqtisodiyotni batamom transformatsiya qiluvchi, bir qancha biznes modellarni 
tubdan o‘zgartiruvchi va bularning natijasida ilmiy texnik yangilik sifatida 
ishonchni hayotga olib kiruvchi raqamli innovatsion texnologiyadir. Ishonch 
mavjud bo‘lgani uchun ommaviy axborot vositalariga bosim ancha kamayadi, 
ko‘pchilik korxona va tashkilotlar blokcheyn texnologiyalari bilan ta’minlanadilar, 
blokcheyndan foydalanadigan loyihalar soni esa ko‘payadi, investorlar buni 
tushungan xolda o‘z kuch-g’ayratlarini bunday texnologiyalarni rivojlantirishga 
qaratadilar. Natijada biz ham blokcheyn texnologiyalari tufayli dunyoga ishonch 
nuqtai-nazaridan qaray boshlaymiz va bizga blokcheyn texnologiyalari ozodlik va 
ishonch bahsh etadi.Bu atamaning ma’nosini tushunish uchun quyida uning turli 
xildagi nuqtai-nazar va yondoshuvlardan kelib chiqqan aniqlanuvlarini beramiz, bu 
uni yanada to‘liqroq tushunishga imkon beradi: 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling