Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Qishloq xo’jaligini respublika va viloyatlar miqyosida samarali boshqarish, consulting hizmatlarini berish va monitoring qilish bo’yicha raqamli platformalar yaratish; Respublikaning tez o’zgaruvcha continental muhitiga moslasha oladigan qishloq xo’jaligi o’simliklari va uy xayvonlari yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish yoki boshqa mamlakatlarda mavjudlarini ijodiy ravishda o’zlashtirish; Qishloq xo’jalik ekinlarining mahalliy klimatik sharoitlarga chidamli bo’lgan yangi sortlarini yaratish bo’yicha ishlarni gen injeneriyasi usullari yordamida rivojlantirish; Qishloq xo’jalik mahsulotlarini uzoq muddat saqlay oladigan va oson transportirovka qila oladigan jihozlar, usullar, transport vositalari va mashina- mexanizmlar yaratish; Qishloq xo’jalik mahsulotlarining jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan ekologik toza bozorbop turlarini yetishtirish uchun mo’ljallangan qishloq xo’lagigi infratuzilmasini tashkil qilish; Raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida davlat tomonidan qishloq xo’jaligi uchun ajratilgan davlat mablag’larining, yer maydonlarining va moddiy boyliklarining samaradorligini ta’minlash; Eng ilg’or xorijiy analoglar asosida rejali tarzda “Aqlli qishloq xo’jaligi” texnologiyalarini mamlakatimiz xududlarida tadbiq qilishga erishish; Innonatsion yechimlar asosida qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari logistik infratuzilmasining samaradorligini oshirish. Yuqorida sanab o’tilgan masala va muammolarni hal qilish hamda hayotga tadbiq qilish uchun qishloq xo’jaligiga zamonaviy raqamli texnologiya usullari va vositalarini tadbiq etish talab qilinadi. Buning uchun esa yuqorida ko’rsatilgan takliflarni vaqt va fazo masshtabida samarali ravishda rejalashtirsh talab etiladi. Bu ish albatta sun’iy intellect texnologiyalari (AI) ni qo’llashni, ma’lumot yig’ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash uchun big data dan foydalanishni, turli xildagi sharoitlarda qishloq xo’jaligini boshqarish va monitoring qilish uchun virtual reallik (VR) hamda to’ldirilgan reallik Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva (AR) texnologiyalarini qo’llashni talab qiladi. Qishloq xo’jalik ekinlarining real xolatini tezkor bilish va buning asosida ularni optimal boshqarish uchun esa buyumlar interneti (internet of things – IoT) dasturiy-texnik vositalaridan foydalanish ham talab etiladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va bular bilan bog’liq bo’lgan davlat tashkilotlari bo’yicha barcha ma’lumotlarni mahsus integrallashgan “Aqlli qilshloq xo’galigi” platformasida saqlash ayni muddao bo’ladi. Ushbu platformaning ochiqligini ta’minlash uchun uning funktsiyalari davlat, bank, soliq, sug’urta va moliya tashkilotlari bilan bilan integrallashgan bo’lishi lozim. Bunday raqamli texnologiyasi platformalarining qishloq xo’jaligiga tadbiq qilinishi o’z-o’zidan shunga mos bo’lgan infratuzilmani ham talab qiladi. Bu esa o’z navbatida, yuqori tezlikli internet va mobil aloqani rivojlantirmasdan amalga oshirila olmaydi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishonchli realizatsiyasini ta’minlash uchun mahsulotlarning saqlash joylarida va ularni transportirovka qilishda belgilardan, chipladan, identifikatorlardan, raqamli texnologiyalar va tizimlardan foydalangan xolda kuzatiluvchanligini ta’minlab berish kerak bo’ladi. Ba’zi xolatlarda esa bozor ishtirokchilarining aloxida kategoriyalari uchun individual texnologik yechimlar to’plami ham kerak bo’lib qolishi mumkin. Raqamli transformatsiya jarayonida qishloq xo’jaligi maxsulotlarini sotish uchun esa mahsus on-layn platformalar va tizimlar ham kerak bo’ladi, albatta. Bu sohaga tegishli bo’lgan qonunlar, qonun osti hujjatlari, norma va nomativlar, standartlar kerak bo’lishi esa aksiomaday bir gap. Bunday hujjatlar jahon standartlariga mos bo’lishi va yetkazib berilayotgan mahsulot sifatida eng yuqori talablarni o’zida aks ettirishi lozim. Raqamli texnologiyalardan keng miqyosda foydalanilgan sharoitlarda o’simlik dunyosi, qishloq xo’jaligi ekinlari va chorvaning xolatini masofaviy usulda kuzatib turishga imkon beradigan zondlashtirish usullaridan xam foydalanish mumkin. Ammo bunday tizimlarni keng miqyosda ishlatish uchun avval ularni bir hudud yoki viloyat miqyosida tekshiruvdan o’tkasizsh talab qilinadi va agarda bu testlashtirihs jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshsa, endi uni boshqa joylarda ham hayotga tadbiq qilish mumkin bo’ladi. Yangi qishloq xo’jalik texnologiyalarinin sinovdan o’tkazganda kuyidagi Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva ko’rsatgichlarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo’ladi: ishlab chiqarish saradorligining oshishi, tekshiruvning nazorati ta’minlanuvi, yerga aniq ishlov berish texnologiyasi, vegetastion davrning nazorati, kuzatiluvchanlik, raqamli maydon ko’rsatgichlari, chorva mollarini raqamlashtirish jarayoning amalga oshirilishi, omborlarda mahsulotlarning mavjudligi, mahsulotlar guruhiga talab va taklifning qanchaligi, alohida tovar guruhlariga bo’lgan bashorat, va boshqalar. Oxirgi fikr tariqasida shuni aytib o’tish mumkinki, mamlakatimizda yuqori darajadagi zamonaviy qishloq xo’jalik madaniyati tarkib topmagani tufayli, qishloq xo’jaligi hodimlarini, fermerlarni va bu sohada ish bilaln mashg’ul bo’lgan barsha insonlarga sifatli darajada ta’lim berishni yo’lga qo’yish hal qiluvchi ahamiyatga molikdir. Qihsloq xo’jaligi uchun kadrlar tayyorlashga mo’ljallangan institut va universitetlarning sonini oshirish, ulargadi qabul kvotalarini ko’paytirish, professor-o’qituvchilarning malakalarini oshirish, o’quv dargohlarida zamonaviy AKT va raqamli texnologiyalar bo’yicha yangi fanlarni kiritish qishloq xo’jaligida raqamli transformatsiya jarayioni amalga oshrishda katta va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling