Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Klassik siyosiy iqtisod – boylik faqat qishloq 
xo‗jaligida emas, balki sanoat, transport, qurilish 
va boshqa sohalarda ham yaratilishini isbotlab 
berdi.
U. Petti (1623-1686) boylikning manbayi yer va mehnat ekanligini 
e‘tirof etgan. «Mehnat boylikning otasi, yer uning onasi», degan ibora 
unga tegishlidir.
A.Smit «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‗g‗risida 
tadqiqot» asarida talab va taklif asosida shakllanadigan erkin narxlar 
 


11 
asosida bozor o‗z-o‗zini tartibga solishi («ko‗rinmas qo‗l») g‗oyasini 
ilgari suradi. Insonni faollashtiradigan asosiy rag‗bat bu shaxsiy 
manfaatdir, deb ko‗rsatadi.
D.Rikardo foydaning yagona manbayi mehnat ekanligini 
ko‗rsatadi.
Sismondi (Jon Sharl Leonard Simon de Sismondi) kapitalistik 
iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti yo‗lida 
ijtimoiy mexanizmni takomillashtirishga qaratilgan fan bo‗lmog‗i lozim, 
deb ko‗rsatadi.
Sotsial-utopistlar (A.Sen-Simon, Sharl Fure, Robert Ouen) 
kapitalizmni tanqid qilib, xususiy mulkchilikni yo‗q qilish, ishlab 
chiqarish, taqsimot va iste‘molni qayta tashkil etish va adolatli tuzum 
(industrial jamiyat, garmonik jamiyat, kommunizm) o‗rnatish talabi 
bilan chiqadilar.
Marksizm jamiyat taraqqiyotiga tabiiy tarixiy jarayon deb qarab, 
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning vujudga kelishi, rivojlanishi va 
boshqasi bilan almashinishi sabablari to‗g‗risidagi ta‘limotni hamda 
qo‗shimcha qiymat nazariyasini yaratadi.
Marjinalizm vakillari (marginal-me‘yoriy, qo‗shilgan) — tovar 
nafliligi, qo‗shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi 
nazariyalarini ishlab chiqqan. Keyingi tovar nafliligining kamayib borish 
qonuni bu oqimning asosiy tamoyili hisoblanadi. Shunga ko‗ra narx 
xarajatga bog‗liq bo‗lmay, keyingi naflilik asosida belgilanadi. 
Marjinalizm asoschilari Karl Mengsr, Fridrix fon Vizer, Eigen fon Bem-
Baverk, Uilyam Stenli Jevons hisoblanadi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling