Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Neoklassik maktab (asoschisi Alfred Marshall)- bozor iqtisodiyoti 
sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g‗oyasini ilgari suradi. 
Bozor mexanizmining buzilishi monopoliyalar vujudga kelganda ham 
yuz berishini ko‗rsatadi. Funksional bog‗lanish g‗oyasini asoslaydi, 
bozor bahosini belgilovchi omillar talab va taklifdan iborat, deb 
hisoblaydi. Bu maktab vakillaridan L.Valras umumiy iqtisodiy 
muvozanatlik modelini ishlab chiqishga, I.Shumpeter esa iqtisodiy 
tizimlar o‗zgarishning ichki kuchlarini ko‗rsatib berishga harakat qilgan 


12 
hamda iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik, 
degan xulosaga kelgan. 
Keynschilik – rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan 
tartibga solib turish zarurligini asoslashga qaratiladi. Jon Meynard 
Keyns «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) nomli 
kitobida bunday tartibga solish yalpi talabga hamda shu orqali 
inflyatsiya va bandlikka ta‘sir ko‗rsatishini asoslaydi. 
Neoliberalizm (F.Xayek, L.Erxard) - davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvini eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi. 
 
1.1-rasm. Iqtisodiyoning turli yo„nalishlari va maktablari 
Monetarizm – (M. Fridman) iqtisodiyotni boshqarishni pul 
muomalasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini asoslab 
beradi.


13 
Institutsionalizm tarafdorlari (T.Veblen, J.Gelbreyt) fikriga ko‗ra 
xo‗jalik yurituvchilar o‗rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki 
noiqtisodiy omillar ta‘sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyotga 
muassasaviy o‗zgarishlar orqali ham ta‘sir ko‗rsatish mumkin. 
Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965) «Qayerga 
borishimizni bilish uchun, qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz 
kerak», deb aytgan edi. Bu g‗oya nihoyatda ahamiyatli bo‗lib, bosib 
o‗tilgan yo‗lni to‗g‗ri baholash va kelajak istiqbolini ko‗zlash haqida 
fikr yuritishga undaydi. 
Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy va bosh g‗oya jamiyat, 
insoniyat, ayrim shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin 
unga eltadigan yo‗llar nihoyatda xilma-xil ekanligini ko‗ramiz. Ilk 
kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) bo‗lgan 
iqtisodiy g‗oyalardagi umumiylik shuki, barcha donishmandlar va 
ularning yozgan asarlarida mehnat va yer boylikning asosiy manbasi 
ekanligi turli yo‗llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi 
asosiy, deb hisoblangan. 
Yana bir muhim masala ustida to‗xtab o‗tish kerakki, avval yuzaga 
kelgan iqtisodiy g‗oyalarga shu kun bilan baho beriladi va odatda 
ilgarigi g‗oyadagi «xato» va «kamchiliklar»lar aniqlanib, yangi 
g‗oyaning undan afzalligi «isbotlanadi». 
Bunda dialektik mantiq bor albatta, lekin yuqorida ta‘kidlanganidek 
avvalgi g‗oyalar tufayli odatda yangi g‗oyalar yuzaga keladi, shuning 
uchun bu g‗oya «yaxshi», unisi «yomon» kabi baholash adolatdan 
bo‗lmaydi. A. Smitning mashhur asarida o‗zidan avvalgi davrda yuzaga 
kelgan antik dunyo, merkantilizm, fiziokratizm ta‘limotlari tahlil etilgan, 
Yevropaning iqtisodiy tarixi sinchiklab o‗rganilgan va yangi g‗oya 
vujudga kelgan. 
Yana bir qiziqarli holat shuki, biz uchun iqtisodchi bo‗lgan 
shaxslarning ko‗pchiligi kasb-kori, mutaxassisligi bo‗yicha boshqa soha
sohiblari yoki davlat arboblari bo‗lganlar. 
Masalan, klassik maktab asoschisi V.Petti vrach-shifokor, P. 
Buagilber huquqshunos-sudya, fiziokrat F.Kene jarroh, A.Smit faylasuf 


14 
bo‗lishgan. Bunday misollarni ko‗plab keltirish mumkin, ammo biz 
ularni asosan iqtisodchilar, deb bilamiz. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling