Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


I BO„LIM. QADIMGI DUNYO IQTISODIY TA‟LIMOTLARI


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

I BO„LIM. QADIMGI DUNYO IQTISODIY TA‟LIMOTLARI 
 
I BOB. IQTISODIY TA‟LIMOTLAR TARIXI FANINING 
PREDMETI VA O„RGANISH USULI 
 
1.1. Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi fanining ahamiyati va 
maqsadi 
 
Bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonida iqtisodiy ta‘limotlar 
tarixi fani insonlarni iqtisodiy bilim saviyasini oshirish, iqtisodiy fikr, 
g‗oya, nazariyalarning kelib chiqish tarixini, ularning mohiyatini, 
iqtisodiy maktablar, hozirgi zamon iqtisodiy yo‗nalishlari, ularning 
asosiy qoidalarini yaxshi bilish, har bir nazariyaning o‗ziga xosligini
uning asosiy tomonlarini, nazariya bilan amaliyotni bir-biriga bog‗lab 
o‗rganish zarurligini, har qanday iqtisodiy xulosa universal 
bo‗lmasligini, shu bois ularning amal qilish xususiyatlarini to‗g‗ri 
tushinish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi davrda odamlar iqtisodiyot to‗g‗risida imkoni boricha
ko‗proq bilishga intilmoqdalar. Xo‗sh, ummon kabi keng iqtisodiyot 
fanini o‗rganishni nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug‗ilishi 
tabiiy. 
Iste‘molchilar xohishlari odatda chegaralanmagan va cheksizdir
ammo resurslar (odatda yer, mehnat, kapital va tadbirkorlik layoqati) 
cheklangandir. Tanqislik muammosini hal qilish uchun cheklangan 
iqtisodiy resurslarni cheklanmagan muqobil variantlar (hohish istaklar) 
o‗rtasida adolatli taqsimlaydigan ijtimoiy mexanizm zarur. Bunday 
taqsimot bir tarafdan iste‘molchi istaklarini kamaytirishi va cheklashi, 
ikkinchi tomondan esa iqtisodiy resurslar va ne‘matlarni yetkazib 
berishni ko‗paytirishi kerak.
1
1
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-16 b. 



Shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik tarixidan 
boshlagani kabi ushbu fanni o‗rganishni ham uning tarixini o‗rganishdan 
boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini to‗la hal 
etishda o‗tgan asr iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob 
topish qiyinligi aniq, ammo o‗tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari 
hozirgi va kelajak to‗g‗risida to‗g‗ri xulosa chiqarish uchun yaxshi 
imkoniyat beradi. Aniqrog‗i velosipedni qayta kashf qilishga hojat 
qolmaydi, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir.
Iqtisodiyot insonning tarixi kabi qadimiydir. Iqtisodiyotga oid fikr, 
g‗oya, qarash, nazariya va ta‘limotlar ham ko‗p ming yillik tarixga ega. 
Lekin ularning asosiy qismi yozuv paydo bo‗lganidan so‗ng yozma 
manbalardan bizgacha yetib kelgan. Bu manbalar, ulardagi g‗oyalar, 
avvalo, insoniyatning muqaddas mulkidir, uni topish, o‗rganish va 
kelajak uchun saqlash savobli bo‗lsa, ulardagi nodir fikrlarni hayotga 
tatbiq etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etishi bilan birga 
katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. 
Iqtisodiyot baynalmilal hodisa bo‗lib, uning oldida turgan vazifalar 
barcha xalqlar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish davomida turlicha 
natijalarga erishganlar. «Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi» fanida ayrim 
olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g‗oya, qarash, 
nazariya, qonun, ta‘limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli 
bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning 
manfaatlari nuqtayi nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi. 
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi» fanini o‗rganish manbalari turli-tuman 
bo‗lib, qadimgi arxeologik topilmalar, moddiy ne‘matlar, qoya va bino 
devorlaridagi rasmlar, chizmalar va xalq og‗zaki ijodi namunalari 
muhim ahamiyatga ega. Ammo bu fanning eng muhim manbalari bo‗lib, 
qo‗lyozmalar, davlat arboblari, olim, donishmand, mutafakkirlarning 
yozib qoldirgan kitoblari hal qiluvchi o‗rinni egallaydi. Jahon iqtisodiy 
tafakkurida qadimgi qo‗lyozmalar o‗ta ahamiyatlidir. Masalan, 
O‗zbekiston fanlar akademiyasi sharqshunoslik institutida arab, fors, 
qadimgi turk tillarida yozilgan yigirma besh mingdan ortiq qo‗lyozmalar 
mavjud. Lekin bu qo‗lyozmalarni o‗rganishda ma‘lum obyektiv va 



subyektiv kamchiliklar mavjud. Xuddi sutning qaymog‗ini olish oson 
bo‗lganidek, 
bu 
qo‗lyozmalardagi 
entsiklopedik 
g‗oyalardan 
muhimlarigina o‗rganilgan,iqtisodiyot tafakkuri bilan bog‗liq bo‗lgan 
materiallar hali o‗z tadqiqotchilarini kutib turibdi. 
Bu fanning maqsadi avvalgi ortodoksal g‗oyalar zamonaviy 
iqtisodiy nazariyaning mazmuni va predmetiga qo‗shgan hissalarini va 
shu bilan birga ortodoksal bo‗lmagan boshqa g‗oyalarning zamonaviy 
iqtisodiy ta‘limotlarning shakllanishidagi ahamiyatini ko‗rsatgan holda 
iqtisodiy nazariyaning asrlar davomida shakllanishini tasvirlab berishdan 
iborat. 
Bundan tashqari kitobda alohida olingan g‗oya va fikrlarning 
iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishidagi ahamiyati va o‗z o‗rnida 
nazariyaning ijtimoiy-iqtisodiy siyosat shakllanishidagi ahamiyati 
tushuntirilgan. 
Tabiyiki, 
bu 
iqtisodiy 
ta‘limotlar 
kishilarning 
dunyoqarashi va rasmiy nazariyalaridan tashkil topgan. Iqtisodiy 
dunyoqarash shaxsning dunyodagi voqeliklarni o‗z ongida aks 
ettirishidir.
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanini o‗rganishning asosiy sabablaridan 
biri yaxshi iqtisodchi bo‗lishdir. O‗tmishning va hozirning eng muhim 
iqtisodchilari o‗z fanlari nazariyasi tarixi bilan yaqindan tanish 
bo‗lganlar. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixini o‗qish nazariy va mantiqiy 
qobilyatlarni oshiradi, farazlarni xulosaga bog‗lashga imkon beradi, o‗z 
fikridan farqli bo‗lgan tizimli mantiq asosida ishlashni o‗rgatadi.
O‗tmish g‗oyalarini o‗rganishning yana bir sababi yangi g‗oyalarni 
shakllantirishdir. Oldingi iqtisodiy nazariyalarni o‗rganish ko‗pincha 
yangi g‗oyalarni yaratishga undaydi. Ba‘zan nazariyalar o‗tmishda 
yo‗qolib ketadi va kelajakka yetib bormaydi yoki ular ma‘lum 
vaziyatlargagina bog‗liq bo‗lib qolishadi. 1815-yillarda renta va 
unumdorlikning pasayib borishi tushunchalarining rivojlantirilishi bunga 
yaxshi misol bo‗ladi. Ya‘ni renta va unumdorlikning pasayib borishi 
tushunchalari 1890-yillargacha ishlab chiqarish omillariga tatbiq 
etilmaguncha faqatgina yerga nisbatan ishlatilgan.



Shunday qilib, zamonaviy ortodoksal iqtisodning yuzaga kelishini 
o‗rganish orqali ortodoksal g‗oyalardan farqli bo‗lgan, lekin hozirgi kun 
iqtisodiy nazariyalar mazmunining shakllanishiga yordam bergan 
g‗oyalarni esdan chiqarmagan holda iqtisodiy ta‘limotlar tarixini 
o‗rganishimiz lozim. Iqtisodiy nazariyalarning ko‗lami va mazmuniga 
qo‗shimcha ravishda o‗sha davrdagi iqtisodiy vaziyat o‗rtasidagi 
bog‗liqlikka ham e‘tibor qaratishimiz zarur. Nazariyalardan kelib 
chiquvchi umumiy xulosalar hamda alohida olingan g‗oyalarning 
rivojlanishi orqali uning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni shakllantirishdagi 
ahamiyatini ko‗rsatib o‗tishimiz lozim
2


Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling