- 3. Bahoning nisbiy o‘zgarishi. Agarda bir mamlakatni ichki baholari tezroq o‘ssa, boshqasiniki o‘zgarmasa, birinchi mamlakatni iste’molchilari arzon tovarni sotib olishga xarakat qiladi va ikkinchi davlat valyutasiga talab oshadi, taklif esa pasayadi.
- 4. Inflyasiya. Qaysi davlatda boshqa davlatlarga nisbatan inflyasiya darajasi doimiy yuqori bo‘lsa u davlatni valyuta kursi pasayib boruvchi valyuta kursiga ega bo‘ladi.
Valyuta kurslariga ta’sir qiluvchi omillar va ularning tahlili - 5. Foiz stavkalari. Ularning o‘zgarishi valyuta kursining o‘zgarishi bilan to‘g‘ri bog‘liqlikda. Stavkalarning oshishi bilan valyuta kursi pasayadi va teskarisi.
- 6. Ishsizlik darajasi. Ishsizlik darajasi bilan valyuta kursining o‘zgarishi o‘rtasida teskari bog‘lanish mavjud.
- 7. Hukumat siyosati. Agarda davlat o‘z siyosatni o‘zgartirishi to‘g‘risida to‘satdan e’lon qilsa valyuta kursi keskin o‘zgarib ketadi. Qaysi tomonga o‘zgarishini oldindan aytib berish juda og‘ir masala.
Valyuta kurslariga ta’sir qiluvchi omillar va ularning tahlili - 8. Milliy ishlab chiqarish. Bir tekisdagi iqtisodiy o‘sish milliy valyuta barqarorligining asosidir. Iqisodiyotning bir tekisda o‘sishining kutilishi, bu milliy valyutaning mustaxkamlanishi belgisidir. Biroq, milliy iqtisodiyotning xaddan tashqari sur’atlar bilan o‘sishi ham yaxshilikka olib kelmasligi mumkin. Bizga mu’lumki, iqtisodiyoti juda tez sur’atlar bilan o‘sgan mamlakatlarda, shu sur’atlar bilan inflyasiya boshlandi. Inflyasiyaning paydo bo‘lishi byudjet defitsitiga olib keladi.
- 9. YAlpi ichki mahsulot. Bu ko‘rsatkichni ortishi milliy valyutani qimmatlashuviga olib keladi va teskarisi.
Valyuta kurslariga ta’sir qiluvchi omillar va ularning tahlili - 10. Sanoat ishlab chiqarish indeksi. Bu ko‘rsatkich o‘zgarishning milliy valyutaga ta’siri YAIM o‘zgarishi bilan bir xil.
- 11. Ishbilarmonlar optimizm indeksi. Bu ko‘rsatkich eng katta korxonalar va davlat moliya xizmati xodimlarini (odatda boshliqlari) sub’ektiv xulosalari asosida hisoblaniladi. Bu ko‘rsatkichning o‘sishi valyuta kursining ortishiga olib keladi.
- 12. Pul taklifi. Davlatning umumiy pul massasining qisqarishi bahoning pasayishiga va milliy valyutaning qimmatlashuviga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |