Toshkent moliya instituti xuzuridagi


Download 53.63 Kb.
bet7/9
Sana23.12.2022
Hajmi53.63 Kb.
#1046225
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
malaka ish Ahmadjonov

2.1 Asosiy vositalarni qayta baxolash

Xukumatning qarori bo’yicha yilning ma’lum sanasidagi xolat bo’yicha asosiy vositalarni qayta baxolash amalga oshiriladi. Xozirgi vaktda, byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarini qayta baxolash xar yili 1 yanvar xolatiga (joriy yilning fevraligacha) qayta baxolash o’tkazilayotgan davrdagi baxolarning darajasidan kelib chikib, amalga oshiriladi.


Qayta baxolash paytida asosiy vositalarning to’liq qayta tiklash qiymati, ya’ni agar tashkilot qayta baxolash sanasida mavjud bo’lgan bozor narxlari va tariflari bo’yicha ularni xuddi shunday yangi ob’ektlarga to’liq almashtirishi shart bo’lsa, u amalga oshirishi kerak bo’lgan xarajatlarning to’liq qiymati belgilanadi.
Ma’naviy eskirgan ob’ektlarning to’liq qayta tiklash qiymati, ob’ektlarning ma’naviy eskirishi tegishli narxlar va tariflarning o’zgarish darajalari va sur’atlarida aks etishidan kelib chiqib, ularni tayyorlashga doyr mavjud xarajatlar asosida, qayta baxolash sanasvda mavjud bo’lgan narxlar va tariflar bo’yicha belgilanadi.
Ishlab chiqarishdan chiqarilgan ob’ektlarning to’liq tiklash qiymatini belgilash paytida ularning aniq nusxasini tayyorlash uchun narxlar va xarajatlarni xozirgi sharoitda belgilash amalda mumkin emasligi sababli, ushbu qiymat ilgari chiqarilgan va xozirgi ob’ektlarning eng muxim foydalanish xususiyatlariga nisbatan tuzatishlar kiritilgan, ishlab turgan xuddi shunday chiqarilayotgan ob’ektlarning to’liq qayta tiklash qiymati asosida urin egallash qiymati sifatida belgilanadi.
Texnik xolatidan qatiy nazar tashkilotning mulkida, uning xujalik yuritishida (ishlab turgan va foydalanilmayotgan) turgan, konservatsiyada turgan, hisobdan chiqarish uchun tayyorlab qo’yilgan, lekin belgilangan tartibda tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilmagan, barcha asosiy vositalar qayta baxolanishi kerak.
Asosiy fondlarning to’liq qayta tiklash qiymati tashki­lotning xoxishiga qarab, aloxida ob’ektlar qiymatini yilning 1 yanvarida shakllangan baxolanayotgan ob’ektlarga aynan o’xshab, yangi ob’ektlarga doyr xujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri qayta hisoblash yuli bilan (matn davomida - «To’g’ridan-to’g’ri qayta baxolash usuli») yoki asosiy fondlar turlari va eskirish foizi bo’yicha tabakalashtirilgan, asosiy fondlar qiymatining uzgartish indekslarini kullagan xolda aloxida ob’ektlarning balansdagi qiymatini indekslash yuli bilan (matn davomida - «Indeks usuli») belgilanadi. Bunda asosiy fondlarning bir turdagi ob’ektlari bo’yicha (rusumlar, turlar va xokazolar bo’yicha) yagona usul qo’llaniladi.
Qayta baxolashni tashkilot mustaqil ravishda yoki qonunchilikka muvofiq baxolash faoliyati bilan shugullanish xuquqiga ega bo’lgan ekspert mutaxassislarni jalb etish bilan amalga oshiradi.
«To’g’ridan-to’g’ri qayta baxolash usuli» qo’llanilganda ob’ekt­larning to’liq qayta tiklash qiymatini xujjatlar asosida tasdiqlash uchun tashkilotning xoxishiga muvofiq quyidagilardan foydalanish mumkin:
a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy di-lerlaridan, tovar-xom ashyo birjalari, ko’chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday maxsulogga doyr narxlar to’g’risidagi ma’lumotlar;
b) qayta baxolash sanasiga va asosiy vositalarni xarid qilish sanasiga bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kurslari nisbati sifatida belgilanadigan hisob-kitob koef-fitsientini qo’llagan xolda asosiy vositalarning harid qilish

sanasida erkin amal qiluvchi valyutalardagi qiymati (tasdiqlovchi xujjat mavjud bo’lganda) to’g’risidagi ma’lumotlar;
v) tegishli davlat organlarida mavjud bo’lgan narxlar darajasi to’g’risidagi ma’lumotlar;
g) qayta baxolashni o’tkazish davrida ommaviy axborot vosi­talari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan narxlar darajasi to’g’risidagi ma’lumotlar;
d) asosiy vositalar qiymati to’g’risida baxolovchi hisoboti. Asosiy vositalarni qayta baxolashda «Indeks usuli»ni qo’llash uchun navbatdagi qayta baxolash bo’yicha tegishli indeks-larni O’zbekiston Respublikasining tegishli organlari tomoni­ dan xar yil 31 dekabrgacha ishlab chikadi va ommaviy axborot vositalarida rasmiy e’lon qiladi.
Yuqorida keltirilgan qayta baxolash usullarini qo’llash yuli bilan asosiy vositalarning balans qiymati ularni qayta tiklash qiymatigacha ko’payishi (kamayishi) buxgalteriya hisobida asosiy vositalarning hisobga oluvchi subschyotlarning debeti (kredita) bo’yicha «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti bilan korres-pondensiyalanib qayd qilinadi.
Indekslash yo’li bilan asosiy vositalarni qayta baxolanganda buxgalteriya hisobida qayta baxolash o’tkazish sanasi xolata bo’yicha turgan asosiy vositalarning (shu jumladan, eskirishi to’liq hisoblangan ob’ektlar) eskirish summasini ularni qayta tiklash qiymatiga qayta hisoblash chogida asosiy vositalar qiymatini o’zgartirishning tegishli indekslariga kupaytirish kerak bo’ladi.
Asosiy vositalarni «To’g’ridan-to’g’ri qayta baxolash usuli» bilan qayta baxolash chog’ida buxgalteriya hisobida turgan eskirish summasi qayta baxolashdan keyingi qayta tiklash qiymatining qayta baxolashgacha bo’lgan qiymatga nisbati bilan hisoblab chiqariladigan qayta hisoblash koeffitsienta bo’yicha indekslanishi kerak.
Yuqorida keltirilgan tartibda hisoblab chiqarilgan eskirish summasi bilan kursatilgan asosiy vositalar bo’yicha qayta baxolashgacha bo’lgan eskirish summasi o’rtasidagi farq «Asosiy vositalarning eskirishi» subschyotining kredita (oshib ketgan taqdirda) yoki debeti (kamaygan taqdirda) bo’yicha «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti bilan korrespondensiyalanib aks ettiriladi.

Byudjet tashkilotining balansida qayta baxolashgacha turgan va 1 yanvargacha foydalanishga kiritilgan asosiy vositalar balans qiymatining qayta tiklash qiymatigacha ko’payishi buxgalteriya hisobida quyidagi qayd qilinadi.
Qayta baxolash natijasida asosiy vositalar balans qiymatining ko’payishiga byudjet tashkiloti buxgalteriyasida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 010-013,015-019 - «Asosiy vositalar» subschyotlari; Kredit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti.
Qayta baxolash natijasida asosiy vositalarning eskirish summasini ko’payishiga byudjet tashkiloti buxgalteriyasida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti; Kredit 020 - «Asosiy vositalarning eskirishi» subschyoti.



  1. Download 53.63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling