10-jadval.
Tijorat banklarning aktivi va uning turi
ikkinchi o‘rinda investitsiya va qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘la-digan operatsiyalar tashkil qiladi – 2,1 foizdan to 23,9 foizgacha;
uchinchi o‘rinda kassadagi naqd pullar – 0,2 dan 12,9 foizgacha;
boshqa turli aktivlar, ya’ni asosiy fondlarga qo‘yilmalardan tortib, to bankning turli hisob operatsiyalarigacha – 0.2 foizdan to 7,8 foizgachani tashkil qiladi.
Balans aktivlari risk darajasi bo‘yicha 0, 20, 50, 100 foizli to‘rt guruhga bo‘linadi. Har xil toifali aktivlar nisbiy tavakkal-chiligi o‘z zimmasiga majburiyatlarni qabul qilgan shaxs turi va garov yoki kafolat tavsifiga bog‘liq. Masalan, naqd pul 0 foizli tavakkalchilik darajasiga ega bo‘lsa, tijorat kreditlari 100 foizli tavakkalchilik toifasiga kiradi. Bu tijorat kreditlari kapitalining muayyan summasi bilan to‘liq ta’min-langan bo‘lishi kerakligini anglatadi.
Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar summasi har bir aktiv balans summasini unga tegishli tavakkalchilik miqdoriga ko‘pay-tirish va tavakkalchilik bo‘yicha aniqlangan aktivlar yig‘indisi orqali topiladi. Quyida bank aktivlari toifalarining ta’rifi keltirilgan (11-jadval).
Tavakkalchilik darajasi hisobga olingan aktivlar summasi hisob-ki-tob qilinganda balansdan tashqari barcha vositalar hisobga olinadi. Ichki bozorda tuzilgan forvard, svop bitimlari, sotib olingan opsionlar va shunga o‘xshash boshqa (derivativ) vositalar bundan mustasno.
11-jadval.
Bank aktivlari toifalarining ta’rifi
Do'stlaringiz bilan baham: |