Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Vakolatli banklar tomonidan eksport operatsiyalari
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Vakolatli banklar tomonidan eksport operatsiyalari
Bo’yicha xorijiy valyutada faktoring xizmatlari Ko’rsatilishi Eksport mahsulotlari bo’yicha faktoring xizmatlarini vakolatli banklar xorijiy valyutada talab qilib olingungacha depozit hisobvaraјi bo’lgan, faqat o’zlari xizmat ko’rsatadigan korxona va tashkilotlarga, 60 kundan oshmaydigan muddat bilan ko’rsatadilar. Ular tomonidan faktoring xizmatlari ko’rsatilishi choјida bank daromadlari deganda xorijiy valyutada to’lov hujjatining nominal qiymati bilan uning shartnomaga muvofiq bankka berilish summasi o’rtasidagi farq bo’lgan diskont tushuniladi. Yetkazib beruvchi tegishli xorijiy sherik bilan tuzgan, ilgari hisobga qo’yilgan eksport kontraktlari bo’yicha Yetkazib beruvchi korxonada muddati o’tgan debitorlik qarzining yo’qligi eksport operatsiyalari bo’yicha faktoring xizmatlari ko’rsatilishining majburiy sharti hisoblanadi. Vakolatli banklar faqat belgilangan tartibda o’zlari hisobga qabul qilgan eksport kontraktlari bo’yicha va xorijiy korrespondent banklarning bank kafolatlari olingan yoki mazkur kontraktlar bo’yicha ochiq chaqirib olinmaydigan akkreditivlar summasidan oshmaydigan summada faktoring xizmatlarini ko’rsatadi. Vakolatli bank eksport kontraktlari bo’yicha faktoring operatsiyasini o’tkazish choјida mijozning talab qilib olingungacha tranzit depozit hisobvaraјiga mablaјlarni, shartnomada ko’rsatilgan diskont summasini chegirgan holda, Yetkazib beruvchi tomonidan beriladigan talablar summasida erkin almashtiriladigan valyutada o’tkazadi. Mijozning tranzit hisobvaraјiga hisoblab yozilgan valyuta mablaјlaridan majburiy sotishni mijoz to’liq hajmda, diskont summasini chegirmasdan amalga oshiradi. Pul talabi huquqini berish to’јrisidagi shartnoma imzolanganidan keyin mijoz bu xususda xorijiy kontragent va uning kafili (kafolatchisi)ni xabardor qilishi va ushbu to’lov hujjatlari bo’yicha to’lovni amalga oshirish uchun ularga bank - moliyaviy agentning bank rekvizitlarini ma`lum etishi shart. Agar to’lash shakli sifatida akkreditiv qabul qilinsa, bu holda mijoz bank - moliyaviy agent foydasiga akkreditivni qayta rasmiylashtirish amalini o’z vaqtida amalga oshirishi, so’ngra bankni qayta rasmiylashtirish holatidan xabardor qilishi shart. Mazkur Nizomning 1.9, 1.10, 2.3, 2.4, 2.6 va 4.6-bandlari amal qilishi eksport operatsiyalariga doir faktoring xizmatlariga tatbiq etilmaydi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling