Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Banklarning faktoring operatsiyalari
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- BANK PLASTIK KART О CHKALARI ORQALI TO’LOVLARNI AMALGA OSHIRISH.
- MASOFAVIY BANK XIZMATLARI.
- O’ZBEKISTON REPUBLIKASI TIJORAT BANKLARINING LIZING OPERATSIYALARI
Banklarning faktoring operatsiyalari
Bo’yicha hisobi va keyingi nazorati Faktoring operatsiyalari hisobi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 13 iyulda 773-son bilan ro’yxatga olingan "O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi "xisobvaraqlar rejasi"ga muvofiq yuritiladi. Faktoring operatsiyalari bo’yicha to’lov hujjatlari hisobini yuritish uchun bank tomonidan kutilmagan holatlar hisobvaraqlarida 90966-"Xarid qilingan debitorlik qarzlari - Faktoring" shaxsiy hisobvaraјi ochiladi. Ushbu hisobvaraq debeti bo’yicha xarid qilingan debitorlik qarzlarining to’liq summasi aks ettiriladi, kredit bo’yicha esa to’lovchilar to’liq so’ndirgan xarid qilingan debitorlik qarzlari hisobdan chiqariladi. Taraflar tomonidan faktoring (pul talabini berish) to’јrisidagi shartnoma imzolanganidan keyin bank-moliyaviy agent mablaјlarni mijozning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraјiga, diskont summasini chegirgan holda, o’tkazishni amalga oshiradi. Mablaјlarni mijozning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraјiga o’tkazishni bank memorial-orderlar bilan amalga oshiradi, ular ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa hisobvaraqlar bo’yicha buxgalteriya operatsiyalari amalga oshirilganidan keyin bankning kun hujjatlariga joylashtiriladi, ikkinchi nusxasi belgilangan tartibda mijozga yuboriladi. Mijoz hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirishga qo’yiladigan barcha talablarga rioya etilishi, shuningdek, u tomonidan bankka berilgan pul talablari bo’yicha uning bank hisobvaraјiga biror-bir sabablar bilan hisoblab yozilgan mablaјlarni o’z vaqtida o’tkazish uchun (keyingi bank kunidan kechiktirmay) javobgardir. Faktoring operatsiyalarida mijoz to’lov talabnomasining yuqori qismida shtamp qo’yishi yoki "Faktoring" deb yozib qo’yishi va kredit bo’yicha bank-moliyaviy agent faktoring hisobvaraјining raqamini ko’rsatishi kerak. Faktoring operatsiyalariga xos bo’lgan yuqori darajadagi xatar munosabati bilan banklar har oyda Adliya vazirligi 1999 yil 11 fevralda 632-son bilan ro’yxatga olgan "Tijorat banklari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash. ularga doir ehtimoliy talafotlarni qoplash uchun barpo etiladigan rezervlarni shakllantirish va ishlatish tartibi"ga muvofiq faktoring operatsiyalari sifatini Xorijiy davlatlarda faktoring operatsiyasiga o’xshash forfeyting operatsiyasi xisoblanadi. Lekin faktoring operatsiyasidan farqli forfeyting operatsiyasi bir martalik operatsiya xisoblanib, u tovarlar va xizmatlar uchun sotib oltngan xuquqni qayta sotish orqali pul mablag’larini jalb qilish bilan uzviy bog’liq. Forfeyting so’zi frantsuzcha «forfait» ya`ni xuquqdan voz kechish ma`nosini anglatadi. Forfeyting operatsiyasining mazmuni shundaki, bunda ishlab chiqaruvchi (kreditor) bankga xaridor (qarzdor, tlovchi) aktseptlangan. Lekin to’lov muddati kelmagan xamda regress xuquqsiz o’z tijorat vekselini sotadi. Tijorat vekseli bankga (forfeytorga) beriladi. Tijorat vekselining egasi (ishlab chiqaruvchi), bankdan forfeting xisob stavkasi summasi chiqarib tashlangan qolgan barcha summani darxol oladi. Shuni ta`kidlash lozimki, forfeting xisob stavkasi barcha boshqa kreditlash stavkalaridan yuqori yuradi. Forfeyting xisob stavkasi quyidagi omillardan iborat: qarzdorning toifasiga (yoki obrusiga) beriladigan kreditning muddatiga: Veksel Yeziladigan valyutaga (albatta erkin almashtiriladigan valyutada yozilgan veksel ishonchli xisoblanadi) Vekselning tlov muddati kelganda, bank-forfeytor uni tloviga tlash uchun takdim etadi. Bu Yerda shuni ta`kidlash lozimki, vekselni emitenti (ishlab chiqaruvchi) tlovga nokobil blib qolishdan qat`iy nazar bank –feytor vekselni aktseptlangan tlovchidan barcha qarz summasini undiri boladi va bu bankiga sezilarli daromad keltiradi. Tashki tomondan forfeyting operatsiyasi bank tomonidan veksellarni xisobga olish operatsiyasiga uxshab ketadi. Lekin bu operatsiya forfeytor va vekselni sotib oluvchining xuquq va majburiyatlarining xajmi bilan katta farq qiladi. Bu Yerda forfeytor veksel sotuviga nisbatan regress xuquqini kullay olmaydi va z vaqtida ushbu vekselning egasi vekselda kuzda tutilgan barcha tlovchidan kerakli tlovni tlashni talab etish xuquqiga egadir. Xorijiy bank amaliyetida forfeyting operatsiyasi asosan tashki savdoni olib borishda qllaniladi. Bu operatsiyada bank-forfeytor yirik summadagi veksellarni turli muddatlarga (odatda 6 oydan 5 yilgacha) sotib oladi. Forfeyting aloxida veksel oldi-sotdisi bilan bog’liq bir martalik operatsiya xisoblanadi. Forfeyting operatsiyalari tgan asrning 50 yillari oxiri va 60 yillari boshlarida xalqaro iqtisodiyot tarkibini zgarishi va xalqaro savdo konyuktura va tarkibidagi jiddiy zgarishlar natijasida paydo bldi. Buning natijasida ishlab chiqarish tovarlari sotuvchilari bozorda asta-syokin shu maxsulotlarni xaridorlari bozoriga aylandi.Xalqaro savdoda importerlar (ishlab chiqaruvchilar) tomonidan z tijorat veksellari muddatlarini odatdagi 90-180 kundan uzoq muddatga uzaytirish tendentsiyasi kuchayishi kzga tashlandi. Bu xolat ikkinchi jaxon urushidan sngi depressiyani yuzaga kelishi, bojxona karama-karshiligini pasayishi bilan bog’liqdir. Garbiy va Sharkiy Yevropa davlatlari rtasidagi savdo munosabatlarini tiklanishi va rivojlanishi, Osiye, Afrika va Lotin Amerika davlatlari bilan savdo munosabatlarini tez rivojlanishi natijasida sanoati rivojlangan garbiy Yevropa davlatlari (eksporterlar) z maxsulotlarini sotishda ma`lum qiyinchilikka tg’ri keldilar. Buning sababi shuki, bu tovarlarning ist`emolchilari (importerlar) vaqtinchalik moliyaviy tang axvolda edilar. Amaldagi kredit siyesati na eksporter tomonidan, na importer tomonni talabini kondira olmay qolgan edi. Forfeyting esa xuddi shu muammoni xal eta oladigan vosita sifatida bank xizmatlari olamiga kirib keldi.Forfeyting operatsiyasining boshlab bergan bank Shveytsariyaning “Kredit Suiz”banki xisoblanadi va z vaqtida Shveytsariya forfeyting operatsiyalarini olib boruvchi yirik banklar markazi xisoblanadi. Forfeyting operatsiyasida xaridorlarning kreditga olgan tovarlarrining asosiy qismi aksariyat xallarda veksel bilan rasmiylashtiriladi shu sababli forfeyting operatsiyalarida oddiy (solo) va tkazma (tratta) tijorat veksellardan keng foydalaniladi. Shuni ta`kidlash lozimki, forfeytorlar kredit operatsiyalarida valyuta xatarini olish maqsadida birga xisob –kitoblarni faqatgina ba`zi valyutalarda.ya`ni ushbu valyutalarga talabning YUqoriligi va ularni tezda xamda xech kanday tusiqlarsiz qaytamoliyalashtiriladigan valyutalarda olib boradilar. Xozirgi davrda xalqaro forfeyting amaliyetida xisob –kitoblar asosan AKSH dollari,Yevro va Shveytsariya frankida olib borilmokda. Forfeyting operatsiyasini olib borishda forfeytor xalqaro savdo va kredit bitimlariga bilvosita va bevosita ta`sir etuvchi kplab xuquqiy, iqtisodiy va siyesiy omillari xam xisobga oladi, taxlil etadi va ijobiy natijaga erishish kelajagi blsa, forfeyting operatsiyasini boshlaydi. Forfeyting operatsiyasida agar birinchi darajali qarzdor degan YUqori mavze-obruga ega blmasa, bu xolatda u bilan barcha forfeyting operatsiyasi boshqa bank kafolati (avol shaklida) bilan ta`minlanishi lozim. Forfeyting operatsiyasida ushbu shartni bajarilishi juda katta axamiyatiga ega. Buning sababi shundaki, qarzdor tomonidan qarzni tlamagan xolatda forfeytor faqatgina bank kafolatiga tayanadi, aks xolda u yirik miqdorda zarar krib qolishi mumkin. Masalan, Rossiya Federatsiyasida 1994 yilning ikkinchi yarimidan boshlab forfeytingning ta`minlanganlik shaklidan foydalanib kelinmokda. Buning ma`nosi shuki, Rossiya Federatsiyasida joylashgan importerlar tomonidan aktseptlangan veksellar byicha tlov kafolatini (aval shaklidagi) faqatgina Rossiyaning yirik, moliyaviy mustaxkam tijorat banklari beradi.Bu veksellar (aktseptlangan) shundan keyingina xorijiy tijorat banklar tomonidan regress xuquqisiz qabul qilinadi. Forfeyting operatsiyalarini olib borishda bank-forfeytor tijort vekselni kreditning butun muddati uchun avans tariqasida xamda foizlarni (diskontni) chegirib tashlagan xolda sotib oladi. Buning natijasida eksporter pul manbalarini darxol olish imkoniyatiga ega bladi. Bunday xolatda eksporter faqatgina tovarlarni z vaqtida va tliq Yetkazib berish yuzasidangina majburiyatlarni z zimmasiga oladi. qolgan barcha xatarlar (iqtisodiy, xuquqiy va siyesiy) avtomatik ravishda forfeytor-bankiga utadi. Shuni aloxida ta`kidlab tish lozimki, veksel byicha xisob stavkalarining qat`iy belgilanligi eksporter uchun forfeyting operatsiyasini yanada kulayrok va balans munosabatlarini sodda xisob- kitob shakliga aylantiradi. BANK PLASTIK KARTОCHKALARI ORQALI TO’LOVLARNI AMALGA OSHIRISH. Ma`lumki, hisob-kitoblarning naqd pulda amalga oshirilishi favqulodda qimmatga tushadi. Zero, muomalaga yangi pul belgilarini chiqarish, eskilarini almashtirish, buning uchun ko’plab xodimlarni yollash ma`lum bir xarajatlarni talab etadi. Shuningdek, to’lovlarni amalga oshirishda mijozlar ko’p vaqtining sarflanishi va shu kabi noqulayliklarning barchasi mamlakat iqtisodiyoti zimmasiga og’ir yuk bo’lib tushadi. Olib borilgan kuzatuvlar natijasi shuni ko’rsatadiki, nafaqat O’zbekistonda, balki rivojlangan mamlakatlarda ham har yili mamlakat milliy daromadining qariyb besh foizi ( 5 % ) naqd pul mablag’larini muomalaga chiqarish va ularga xizmat qilish bilan bog’liq umumdavlat xarajatlariga sarflanmoqda.Xususan, Rossiya misolida olib qaraydigan bo’lsak, har bir rubl qiymatining yigirma foizi ( 20% ) uni muomalada ushlab turishni ta`minlashga ketmoqda.Plastik kartochkalar muomalasining joriy qilinishi nafaqat davlat uchun, balki undan foydalanuvchi oddiy aholi uchun, shuningdek savdo va xizmat ko’rsatuvchi korxonalar hamda tijorat banklari uchun ham ma`lum bir qulayliklarga ega. Masalan: kartochka egasi uchun hisob-kitoblarning tezkorligi, bank kartochka hisobvaraqlarida saqlanayotganiablag’lar qoldig’iga hisoblanadigan foiz ko’rinishidagi qo’shimcha daromad olish imkoniyati, pul mablag’larini yo’qotish xavfini minimallashtirish, qog’oz pulni soxtalashtirishni oldini olish, eski xamda yaroqsiz pul olish bilan xavflardan xoli bo’lish, har qanday joyda va istalgan vaqtda, masofadan turib o’z moliyaviy aktivlarini boshqarish imkoniyati, gigiyenik tomondan afzalliklar mavjud. Tijorat banklari uchun esa, mijozlarga ko’rsatilayotgan bank xizmatlari tkrini kengaytirish va bu bilan mijozlarining umumiy sonini oshirish, daromadning yangi manbalarini paydo bo’lishi, naqd pul massasiga ishlov berish bilan bog’liq bo’lgan hamda inkassatsiya xarajatlarining kamayishi, inkassatsiya jarayonining yuqori tezkorligi, xvafsizligi va ishonchliligi sari imkoniyatdir. Bu pirovard natijada tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshiradi. Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar tizimining joriy qilinishi mijozlarga yangi bank xizmati ko’rsatibgina qolmasdan, balki pul aylanmalari harakatini tezlashtirib, naqd pulga bo’lgan talabning qisqarishiga yordam beradi, xo’jalik yurituvchi sub`ektlar o’rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlarining hajmini kamaytiradi. Bir so’z bilan aytganda, plastik kartochkalar zamonaviy va qulay to’lov vositasi hisoblanadi. Bank plastik kartochkalarining kelib chikish davri xakida anik bir to’xtamga kelinmagan. Bularning hammasi asosida, qaysi kartochkalar xakida gap ketayotganligiga bogliq . Qanchalik ajablanarli bo’lmasin, birinchi bo’lib kredit kartochkalar yuzaga kelgan. Kartochkalardan to’lov vositalari sifatida foydalanish g’oyasi XIX asrning oxirida Angliyada paydo bo’lgan, xususan kredit kartochkalarni to’g’risidagi g’oyani Jeyms Bellami o’zining «Ortga nazar» («Looking backwords», 1880) kitobida yoritgan.[48] Amaliyotda esa kartochkalardan AQShda birinchi bo’lib foydalanila boshlandi. Jumladan, dastlabki kredit kartochklari 1914 yilda General Petrolium Corporation of California ( hozirda Mobile Oil ) tomonidan chiqarildi. Bu kartochkalarning bir qator afzalliklari mavjudligi va qulayligi sababli tez orada ommalashib ketdi. Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatishda katta qulayliklarga va mahsulotni xarid qilishda imtiyozlarga ega bo’ldi. Imtiyozlardan biri mahsulotlarni xarid qilishdagi chegirmalar edi. Bu muomalalarni amalga oshirish bilan firma emitenti doimiy mijozga va barqaror daromad olish imkoniyatiga ega bo’ldi. 1928 yilda Bostondagi Farrington Manifacturing kompaniyasi tomonidan dastlabki metall, so’ngra esa plastik kartochkalar chiqarilgan. Bu plastinkalar ichiga kartochka egasi va uning amal qilish muddati xaqidagi ma`lumotlar yozib qo’yilar edi. Kartochkaga buyurtma harfli rakamli va maxsus belgilar tushirish jarayoni embossirlash (empossing) deb atalgan. Ko’pchilik mutaxassislar fikricha bank kredit kartochkalariga Nyu-Yorkning Bruklin degan joyidagi «Fletbush banki»da xizmat kiladigan iste`mol krediti bo’yicha mutaxassisi Jon S.Biggins asos solgan. 1966 yilda Biggins “change-it” deb atalgan kredit sxemasi ustida ish tashkil etdi.Bu sxema maxalliy dukonlar, mijozlardan kichikrok xaridorlar uchun oladigan tilxat edi. Xarid amalga oshgach, dukon tilxatlarni bankka topshirgan va bank tilxatdagi so’mmalarni xaridorlarning hisob varaqlaridan to’lagan.[49] Amerikadagi 100 dan ortik tijorat banki 1950 – yillarda o’zining kredit kartochkalari dasturini amalga oshira boshladi. Lekin, aytish mumkinki kartochka biznesining rivojlanishida mutlaqo yangi davr unga kattaligi jixatidan birinchi va ikkinchi o’rinda turgan «Benk of Amerika» va «CHeyz Manxetten Benk» qo’shilganidan keyin boshlandi. Bu voQea 1958 yilda boshlandi. Kartochka dasturi rivojlanib borgani sari banklarning ko’pchiligi asosiy to’siqqa – o’z kartochkalariga xizmat ko’rsatishning lokal tarmog’iga duch keldi. 1966 yilda «Benk of Amerika» boshqa banklarga «Benk Amerikard» kartochkalarini chiqarish uchun litsenziyasini sota boshladi. Bunga javoban «Benk Amerika»ning rakiblari bo’lgan barcha yirik banklar( 14 ta Nyu-York banki) 1969 yilda o’zlarining banklararo kartochka assotsiatsiyasi – BKA ( Interbank Card Association ) ni tashkil etdilar. 1969 yilda bu Assotsiatsiya garbiy shtatlar banklari kartochka Assotsiatsiyasi tomonidan chiqarib kelinayotgan Master Change («Master Chenj») kartochkalarini chiqarish hukukini sotib oldi va banklararo kartochka assotsiatsiyasi a`zosi bo’lgan banklarning ko’pchiligi «Master Chenj»ni chiqarishga o’tdi. O’z navbatida «Benk Amerikard»ni chiqarib turgan banklar ham kartochkalar dasturini «Benk of Amerika»ning nazoratidan chiqarilishini talab qildilar. Shu tariqa, 1970 yil iyul oyida «Neshil Benk Amerikard Inkorpareytd» – NBA tashkil etildi. Amerika kartochkalari bilan Yevropa assotsiatsiyalarining rakobatchiligi davom etdi. 1974 yilda banklararo kartochka assotsiatsiyasi «Yevrokard» assotsiatsiyasiga kirgan Britaniyaning «Ekspres kard» tizimi bilan bitim imzolab, «Benk Aamerikard» bilan rakobatchilik poygasida oldinga katta qadam tashladi. Shu tarika «Yevrokard» ning «Master Chenj»ni chiqarayotgan Amerika banklararo kartochka assotsiatsiyasi bilan hamkorlikni boshladi. O’zbekiston Respublikasida plastik kartochkalar bozorining rivojlanish tarixi asosan 1992 yildan boshlandi. 1992 yilda O’zbekiston Respublikasi Xalq banki tomonidan chiqarilgan plastik kartochkalarning qaldirg’ochlari – birinchi elektron kartochkalar edi. Mana shu yildan boshlab bank naqd pulsiz hisob-kitoblarda plastik kartochkalardan foydalanishning «uchuvchi» loyixasini Toshkent shaxridagi 2 ta filialida boshladi. 1993 yilda TIF Milliy Banki moliya instituti to’lov assotsiatsiyasi VISA Internationalga to’la qonli a`zo bo’lib, 5 mingga yakin VISA Classic shaxsiy va korporativ Debet kartochkalarini muomalaga chiqardi. Keyingi o’rinda «Andijonbank» bo’lib, 1995 yilda Rossiyaning Union Card to’lov tizimi kartochkalarini emissiya kildi. Bu loyixaga kura 1000ga yaqin bank xodimlari ish xaki oldilar. Lekin bir qancha sub`ektiv va ob`ektiv sabablarga ko’ra bu loyiha rivojlanmadi. O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy Banki 1996 yilda lokal Debet plastik kartochkalar chiqardi. Shundan keyin 1999 yil «Asaka» banki ham o’zining milliy valyutada lokal kortochka loyixalarini uchish texnologiya bazasi asosida ishlab chikdi. 2001 yilda O’zbekiston Respublikasi AT Tadbirkorbanq Biznes bank va ABN Amro Bank to’lov assotsiatsiyasi VISA International bilan hamkorlikka jalb etildi. Bu banklar TIF Milliy Banki emitent sifatida VISA plastik kartochkalari chiqarish va ular yuzasidan xizmat ko’rsatish bo’yicha mijozlarga o’z xizmatlarini taklif etdilar. O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy Banki Eurocard/Mastercard bo’yicha naqd pul ko’rinishida pul mablag’larini bera boshladi. Endi platik kartochkalarning turlariga bevosita to’xtalib o’tamiz: Kartochkalarni bir qancha turlariga qarab tasniflaymiz. - karton; - plastik; - metalli turlarga bulinishi mumkin. Hozirgi kunda amaliyotda asosan plastik kartochkalar qo’llaniladi. Lekin kartochka egasini identifikatsiyalash uchun ko’proq karton kartochkalardan foydalaniladi. Ular plastik plyonkaga berkitilgan yoki presslangan bo’ladi. Bular laminatsiyalangan kartochkalar. Kartochka juda oddiy, arzon va oson foydalaniladi. Shuning uchun ham agar kartochkalardan hisob-kitoblarda foydalanilsa, soxalaridan ximoyalashda yuqori texnologiya asosida plastikdan tayyorlangan kartochkalardan foydalanish ma`qulroq Metalli kartochkalardan farqli o’laroq plastik kartochkalar kayta ishlashga va bosimga (embossirlashga) qulayroq ya`ni mijozga kartochkani berishdan oldin uni personalizatsiyalash muhimdir. Kartochkaga axborotlarni yozilishiga karab quyidagi turlarga bo’linadi:[13] - grafikli yozuv; - embossirlangan; - shtrix-kodli; - magnit yo’lakchali; - chip; - lazerli yozuv ( optik kartochkalar). Eng birinchi va oddiy kartochkaga axborotni yozish turi grafik tasviri edi va bo’lib koladi. U xozirgi kungacha hamma kartochkalarda foydalaniladi. Yukori texnologiyalar bilan takomillashgan kartochkalar bundan istisno. Avvalida kartochkalarga fakatgina ism, familiya va emitenti to’g’risidagi axborot yozilar edi. Keyinroq esa, bankning universal kartochkalariga imzo namunalari ko’zda tutilgan edi, familiya va ismlar esa embossirlana boshladi. Embossirlangan kartochkalar orqali operatsiyalar qw tizimida amalga oshirilar edi, «Clip»da uning izi tushirilar edi. Embossirlangan kartadagi axborot bir vaqtning o’zida nusxa imzosi orqali «Slip»ga o’tkaziladi. Qalbakilardan saqlash uchun sliplarni nusxa qogozsiz ham ishlatish mumkin.[13] Embossirlangan kartochkalar grafikli tasvirni to’liq siqib olmadi. Bulardan tashqari, qog’oz texnologiyaga asoslangan sistema paydo bo’lishi bilan, personalizator yordamida kartochka nomeri va egasining nomi esa grafik tasvir asosida foydalanishiga olib keladi. Zamonoviy personalizatsiyalovchi texnika bir necha daqiqa ichida plastikka egasining rangli fotografiyasini tasvirini va uning imzosini lazerli nusxasini o’tkaza oladi. Shtrix – kodlash orqali kartochkaga axborot yozish magnit plastina paydo bo’lishiga kadar davom etdi va to’lov tizimida keng tarqaldi. Lekin shtrix – kodli kartochka shunisi bilan qulayki, ular maxsus sharoitda programmalarida Yetarli darajada mashxur bo’lib, bu tizimda hisob-kitoblar talab qilinmaydi, ya`ni tovar orqali xizmat ko’rsatiladi. Bu kartochkalar tannarxi va tenologiyalar hisobi bilan bogliq. Shtrix kodli ximoyalash asosiy vositasi uning shaffof qatlami bilan koplash hisoblanadi. 60 – yillarning naqd pullarni avtomat orqali olish kashf etilganligini kartochka biznesining revolyutsiyasiga sabab bo’ldi. Kartochka egalari bu apparatdan foydalanishlari uchun kartochkaning teskari tomoniga magnitli plyonkadan tasma yopishtirila boshladi. AQShda birinchi marta magnit tasmasi kartochkaning foydalanish uchun bankomat 1969 yil «Dokutil» (Docutel) firmasi tomonidan takdim etildi. Bankning magnit tasmali kartochkasida odatda kartochka egalari foydalanish muddati va PIN kod kodlashtirib yoziladi. Boshqa sistemalarda bu axborotdan tashqari axborotlar ham yozish mumkin. Magnitli yozuv bugungi kunda plastik kartaga axborot yozishning eng kup tarqalgan turidir. Lekin 15 –20 yillik tajriba shuni ko’rsatadiki, magnit tasma soxta kartochkalar va firibgarlikdan ximoyalashni ta`minlab bera olmadi. Shunda mutaxassislar axborot yozishning ishonchlirok yo’lini qidira boshladilar. Bu chip (inglizcha chip integral sxemali kristall) yoki mikrosxema. Chip kartochkalarni smart kartochka (smart card) yoki intelektual kartochka deb atashadi.[41] Mikrosxemali kartochka 1974 yil Frantsuz jurnalisti Rolano Mareno tomonidan potentlangan chip kartalar, avval boshida narxining yukoriligi bilan qo’llanilmadi, lekin halqaro to’lov tizimida firibgarlikdan ko’rilgan zarar doimiy chip kartochkalariga o’tishga sabab bo’ldi. Hamma chip kartochkalari mikroprotsessorga ega emas. Mutaxassislar ularni ikki turga bo’lishadi: xotirali karta va xususiy mikroprotsessorli karta. Xotirali karta bir marta yoki ko’p marta foydalanishli bo’ladi. Shu o’rinda aytish kerakki, bu kartalar xotirasi magnit tasmali kartadan kattaroq va axborotlarni himoyalash yukori darajada. Chip kartalarga asoslangan ko’pgina bankning kartochka programmalarida «ximoyalangan xotira»dan foydalaniladi. 1981 yilda D.J.Dreksler tomonidan optik karta kashf etildi. Bu kartochkaga axborot yozish va hisoblash maxsus apparat yordamida lazer bilan ishlab chiqarildi. Bu kartochka lazerni disklardagi foydalinadigan texnologiya asosida ishlatiladi. Lazerli kartochkalarning afzalligi shundaki, katta xajmdagi axborotlarni saqlash mumkin. Bunday kartochkalar bank texnologiyasida xali keng tarkalmagani sababi uning narxi va hisoblash texnologiyalarining kimmatligidadir. Umumiy belgisiga karab: - indentifikatsiyalashgan; - axborotli; - moliyaviy operatsiya uchun. Umuman olganda, bu tasniflash biri-birini inkor etmaydi. Masalan, katta bir kompaniya ishchisiga bermokchi, bunda kartochka: Propusk tashlilotining belgilangan territoriyaga kirish uchun (identifikatsiya funktsiyasi). Shu kartochkada kartochka egasi haqida kod bilan «Kasallik tarixini yoki boshqa bir axborot yozilgan bo’lishi mumkin (axborot funktsiyasi).[31] Shu bilan birga kartochkadan magazin yoki oshxonada to’lov vositasi sifatida foydalanish mumkin. Ko’p funktsiyali kartochkadan foydalanish rivojlangan davlatlarda ko’prok tarqalgan. Uning afzalligi shundaki, bu karta yordamida bir qancha operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Hamda karta egasi uchun ham, emitent uchun ham kulay. Emitentlari bo’yicha: bank kartochkalari banklar va moliyaviy kompaniyalar tomonidan chiqarilgan; xususiy kartalar tijorat tashkilotlari tomonidan shu tashkilotning savdo va xizmat tarmoklarida foydalanish uchun chiqariladi. Kompaniya o’z operatsiyalarini hajmini va turini oshirish maqsadida kartochkalarni yanada umumiy (universal) lashtirish kerakdir. Buning uchun boshqa kompaniyalar, yaxshirok banklar bilan hamkorlik qilishi kerak. Lekin kartochkalarning asosiy kismi kompaniyalar tomonidan chiqarilmokda va chiqarilgan. Bank boshqa kartochkalarning hisob-kitob turiga karab: - avtonom «elektron jarayon»; - emitent hisobraqami bilan dublikatlangan «elektron jarayon»; - «hisobraqami kaliti» – emitent tomonidan berilgan hisobraqam egasining identifikatsiya vositasi. Qanchalik tarqalib ketmasin, ko’pgina bank kartochkalari xavfsiz emas, indifikatsiyalidir. Bu turga hamma kartochkalar: “Visa”, “Eurocard”, “Mastercard”, “American Express”, Rossiyaning “Yunion kard” va “STB kard” lar kiradi. Magnit tasmali kartochkalar “hamyon” sifatida ham ishlatiladi. Magnit tasma emitent uchun unga yozilgan axborotni ximoyalash darajasi yaxshi emas. Odamda “elektron hamyon” shaklida chip kartalar ko’llaniladi.[29] Emitent bo’la olmaydigan mijozlar turiga karab (xalkaro to’lov tizimida bu kartochka turlari yoki mahsulotlari – products deb ataladi): - oddiy kartochka; - kumush kartochka; - oltin kartochka; - elektron kartochka. Qiska va oddiy kilib aytadigan bo’lsaq Oddiy kartochka oddiy mijozlar uchun. Bu “Classic Visa”, “Eurocard”, ”Mastercard”. Kumush kartochkalarni biznes karta (Bisiness card) deb ataladi va u hamma jismoniy shaxslarga emas, balki kompaniya (tashkilotlar) xodimlariga beriladi va kartochka egalariga o’z kompaniyasi mablag’larini ma`lum chegarada ishlatish vakolatini beradi. Oltin kartochkalar nisbatan ta`minlangan va boy mijozlar uchun mo’ljallangan. Ma`lum miqdordagi summa yoki daromadga ega bo’lgan hamda belgilangan summadagai kafolat badalini kiritgan mijozlar “ oltin” kredit kartochka olishlari mumkin. American Express Gold, Gold Mastercard va VISA VIP kartochkalarini ushbu turdagi kartochkalar safiga qo’shish mumkin. «Elektron Viza», «Yevrorun/Maestro» kartochkalari mavjud. Bu kartochkalar hisob varakada jamlangan koldik mablag’lari asosida pul mablag’larini olishg va naqd pul muomilasiga muljallangan. Mijozlarga bu kartalar orqali kreditlar olishga va naqd to’lashga muljallangan. Mijozlarga bu kartali orqali kreditlar berilmaydi, shuning uchun mijozning ta`minlanganligi yoki kreditga layokatligiga karamasdan xar bir mijozga takdim etish mumkin. O’zbekiston Respublikasida alokadorligi bo’yicha shaxsiy, oilaviy, korporativ kartalarga bulinadi. Bundan tashqari bajariladigan vazifalariga karab, Debet kartochkasi, kredit kartochka va elektron hamyonlarga bulinadi.[33] Bundan tashqari platik kartochkalar moliyaviy nuqtai nazardan quyidagicha tasniflanadi: 1) Kredit kartochkalari ( Credit cards ): Kredit kartochkalari ishtirokidagi tranzaktsiyalar alohida hisobvaraqlar yordamida amalga oshirilib, uning doirasida kartochkka egasi ma`lum miqdordagi kredit summasidan foydalanish huquqiga ega bo’ladi. Ularning boshqa to’lov kartochkalridan asosiy farvi, katochka egasiga to’lov muddatini uzaytirish imkoniyatini berishidir. Bunda kartochka egasi tomonidan to’lov tovar olingandan yoki xizmat ko’rsatilganidan keyin amalga oshiriladi ( “ pay later” ) . Kredit kartochkalarini ularning xususiyati jihatidan “ to’lov muddatini uzaytirish” hamda “to’lov muddatini uzaytirish va kredit “ imkoniyatlarini beruvchi kartochka turlariga ajratish mumkin. To’lov muddatini uzaytirish imkoniyatini beruvchi kartochkalar “ charge cards “ deb yuritiladi. Bu turdagi kartochkalarga Germaniyada muomalada bo’lgan universal kredit kartochkalrini misol keltirish mumkin: Kredit institutlari dispokredit ( ya`ni mijozlarning bankdagi joriy hisobvaraqlarini qo’shimcha kreditlash/moliyalashtirish) imkoniyatini yaratib, bunda mijozlar hisobvaraqlaridagi qoldiqlariga nisbatan ma`lum miqdorgacha qo’shimcha summadan foydalanishlari mumkin. Bu jarayon bank amaliyotida overdraft-kreditlash deb ataladi. 2) Debet kartochkalar ( Debit cards ). Plastik kartochkalar tizimida debet kartochkalar faqat to’lov vositasi vazifasini bajaradi. Ular to’lov vositasi sifatida qo’llanilganda kartochka egasining hisobvarag’idan pul darhol ko’chirib olinadi ( pay now ). Bunda to’lov amalga oshirilayotgan joydan kartochka egasining hisobvarag’iga Online o’aroitida aloqaga chiqiladi. To’lovni avtorizatsiyalash jarayoni to’lovchining hisobvarag’idan pulni hisobdan chiqarib, to’lovni qabul qiluvchiga o’tkazib berish bilan tugallanadi. Kredit kartochkalaridan farqli ravishda debet kartochkalar, agar hisobvaraqda mablag’ bo’lmasa to’lovni amalga oshirish yoki naqd pul olish imkonini bermaydi. Odatda ko’pchilik davlatlarning o’z debet kartochkalar tizimi yaratilgan. Shu bilan birga, xalqaro miqyosda tan olingan debet kartochklari ham muomalada yuradi. Bularga Maestro, Visa Electron, Cirrus va ec-cards kabi kartochkalarni misol keltirish mumkin. 3) CHeklar vositasidagi to’lovlarni kafolatlash uchun foydalaniladigan kartochkalar (Check Guarantee Cards ). Bu turdagi mijozning hisobvaraqlari berilgan bank tomonidan berilib, cheklarning qalbakilashtirishni oldini olish maqsadida chiqariladi. Ularning paydo bo’lishi cheklar vositasida kreditlash shaklining tarqalishi bilan bog’liq. Bunday tizimda cheklar ma`lum kelishilgan limit summasigacha to’lovga qabul qilinadi. Ko’pchilik xollarda chek summasi hisobvaraqdagi qoldiqdan oshishi bilan avtomatik ravishda kredit ajratiladi. CHek kartochkasi hisobvaraqlari orqali ajratilgan kreditlar odatda hisobvaraqq mablag’ kelib tushishi bilan yoki vznos shaklida qismlarga bo’linib qaytarilishi mumkin. Imtiyozli mijozlar uchun ba`zi banklar overdraft shartlarisiz kafolat kartochkalari chiqaradilar. Bunday imkoniyatlar Yevrochek va bir nechta davlatlarda muomalada bo’lgan boshqa cheklar egalari uchun yaratilgan. Shuningdek, American Express Travel Checks cheklari vositasidagi hisob-kitoblar tizimida qo’shimcha bank kartochkalari ishlatilaydi. 4) Boshqa to’lov kartochkalari tizimi. Naqd pulsiz to’lovlar tizimida yuqorida ta`riflab o’tilgan debet va kredit kartochkalar qatoriga bugungi kunda muomalada bo’lgan “ qimmatli kartochkalar “ ( “ prepaid cards”) ni ham kiritish mumkin. Bu toifadagi kartochkalarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, to’lov maqsadlarida foydalanishdan oldin, ushbu kartochkalar chip-qurilmasi yoki magnit chizig’i orqali kartochkaga ma`lum miqdordagi summa qo’yilgan bo’lishi lozim ( pay before ).Ushbu kartochkalar bilan to’lovlar amalga oshirilganda, har bir to’lov vaqtida kartochkadagi ma`lumotni saqlash qurilmasi – chipdan summalar chiqarilib boradi ( telefon kartochkalaridagi mexanizm singari). Kliring talab qiladigan tizimlarda esa ma`lumot saqlanadigan qurilmadan- chipdan to’lanishi lozim bo’lgan summalar o’qib olinadi va emitent hamda aktseptant o’zaro kelishgan tartibda emitentga tegishli summa undirib olish uchuchn jo’natiladi. O’z navbatida, emitentdan tegishli summa undirib olinadi. “Qimmatli kartochkalar “ quyidagi toifalarga ajratiladi: Monoservis kartochkalar. Ular asosan biror xizmat turi uchun to’lovni amalga oshirishga mo’ljallangan. Misol sifatida telefon yoki internet kartochkalarini keltirish mumkin. Multiservis kartochkalar. Bu toifadagi kartochkalar turli to’lovlarni naqd pulsiz ko’rinishda to’lash imkoniyatini beradi. Ushbu kartochkalarni tovar yoki xizmatlar uchun naqd pul bilan to’lash maqsadlarida ham ishlatish mumkin. Shu sababli mazkur turdagi plastik kartochkalar adabiyotlarda “ elektron hamyon “ deb ham ataladi. Shunday kilib aytish mumkinki, kartochkalar paydo bo’lishi, ularning turlarini takomillashtirishga aholini istemol kreditiga talabi sabab bo’lgan kartochkalarni muomalaga chiqarishda mijozlarning imkoniyatlari, ehtiyojlari va talablari e`tiborga olib borilgan. MASOFAVIY BANK XIZMATLARI. Шиддат билан ривожланиб бораётган “ХХI аср ахборот технологиялари” асрида банк фаолиятини замонавий технологияларсиз тасаввур этиш қийин. Замонавий технологияларни қўллаш, таклиф этилаётган хизмат турлари банк харажатларини камайтириш билан бирга, мижозлар вақтини тежаш имконини ҳам беради. Маълумки, банклар молия тизимининг ажралмас қисми бўлиб, бозор ва ишлаб чиқарувчилар талаблари билан чамбарчас боғлиқ ҳолда фаолият олиб боради. Улар жаҳон иқтисодий ҳаётининг марказида жойлашган бўлиб, ишлаб чиқарувчи ва истеъмолчиларнинг эҳтиёжларига хизмат кўрсатиш орқали саноат ва савдони, қишлоқ хўжалиги ва аҳолини ўзаро боғлайдилар. Кейинги йилларда республикамиз тижорат банклари чакана операцияларни ривожлантириш орқали ўз мижозларига тақдим этиладиган хизматлар турларини кўпайтиришга ва ўз фаолиятини диверсификация қилишга ҳаракат қилмоқда. Ушбу мақсадда банклар томонидан банкоматлар, мобил телефонлар ва интернет орқали ўз ҳисоб рақамларини масофавий бошқариш каби электрон хизмат кўрсатиш технологиялари фаол тарзда амалиётга жорий этилмоқда. Масофавий банк хизматларини ҳаётга тадбиқ қилиш орқали кредит ташкилоти ўзининг анъанавий операцияларига қўшимча равишда, мижозлар эҳтиёжини тўлароқ ва сифатлироқ қондирадиган янги банк маҳсулотларини ҳам қўлламоқда. Лекин бунинг ўзи этарли эмас, чунки 21-аср ахборот технологиялар асрида шиддат билан ривожланиб бораётган замонда, реал вақт режимида банк операцияларини амалга ошириш билан боғлиқ ҳали ҳам ечимини кутаётган бир қатор муаммолар мавжуддир Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли фармони билан тасдиқланган “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси”да нақдсиз ҳисоб-китоблар ҳажми ва қамровини оширишни янада кенгайтириш вазифасининг қўйилганлиги [1] ушбу масалани ҳамон долзарб эканлигини кўрсатади. Унга кўра нақдсиз ҳисоб-китоблар ҳажми ва қамровини ошириш, шу жумладан, иқтисодиёт соҳаларида тўловларнинг замонавий электрон шаклларини жорий этиш ва тадбиркорлик субъектларини рағбатлантириш, шунингдек, банкдан ташқари айланишини қисқартириш мақсадида комплекс чора-тадбирлар ишлаб чиқилган бўлиб, улар қуйидагилардан иборатдир: аҳолига муайян вақт давомида белгиланган лимит доирасида банк маблағлари ҳисобидан товар ва хизматлар учун тўловларни амалга ошириш имконини берувчи кредит карталарини муомалага киритиш; банк пластик карталари орқали ҳисоб рақамларга масофадан хизмат кўрсатиш тизимларидан («СМС-банкинг», «Интернет-банкинг», «Мобил-банкинг») фойдаланиш имкониятларини кенгайтириш; банк пластик карталари орқали жисмоний шахсларнинг депозит ҳисоб рақамларини бошқариш имкониятини кенгайтириш; тўлов терминалларидан фойдаланганлик учун ижара тўлови миқдорини икки мартага қисқартириш; пластик картадаги маблағларни бошқа картага ўтказиш бўйича кўрсатиладиган хизматлар учун тарифларни камайтириш; валюта ва солиқ назоратини соддалаштиришни ўз ичига олган электрон тижоратни ривожлантиришни рағбатлантириш, пластик карталар бўйича ўзаро ҳисоб-китоб қилиш тизимида олинмаган товар ва фойдаланилмаган хизмат учун тўловни қайтаришни тартиб-таомиллари ва технологияларини жорий этиш, ушбу чора-тадбирларни амалга ошириш мақсадида республикамиз тижорат банклари томонидан жуда кўплаб ишлар амалга оширилмоқда. Энди келинг банк ҳисобварақларига масофадан хизмат кўрсатиш тизимлари билан танишиб чиқамиз, ҳисобварақларга масофадан хизмат кўрсатиш – бу мижознинг масофадан берган топшириқларига асосан (банкка келмасдан) банк хизматларини тақдим этиш технологияларидир. Асосан компютер ва телефон тармоқлари орқали амалга оширилади. Банк ҳисобварақларига масофадан хизмат кўрсатиш тизимларининг бир қанча турлари мавжуд: Банк-Мижоз – бу компютер орқали амалга ошириладиган тизим бўлиб, бунда мижознинг компютерига махсус дастур ўрнатилади. Ушбу дастур компютерда барча мижоз маълумотларни сақлайди (асосан тўлов ҳужжатлар ва ҳисобварақлардан кўчирмалар). Банк ва мижознинг компютери ўртасида модем орқали тўғридан-тўғри алоқа амалга оширилади. Интернет-банкинг – бу мижозларнинг депозит ҳисобварақларини, жумладан пластик карталарга очилган ҳисобварақларини, интернет орқали бошқариш ҳуқуқини берувчи тизимдир. Бу хизмат тури мижознинг масофадан банк билан боғланган ҳолда реал вақт давомида тўловларни ўтказиш учун мўлжалланган тизимдир. Фойдаланувчи тизимга веб-браузер орқали қиради. Интернет-банкинг тизими банкнинг веб-серверда жойлаштирилади. Фойдаланувчи банкнинг веб-сайтида барча ўз маълумотлари (тўлов ҳужжатлар ва ҳисобварақлардан кўчирмалар)ни кўриб чиқиш имкониятига эга. Интернет-банкинг хизмати орқали мижоз ўз иш жойида ёки бошқа ўзига қулай шароитда: тўловларни ўтказиш; тўлов ўтиши босқичларини кузатиш; барча ҳисоботларни олиш каби барча амалиётларидан исталган вақтда фойдаланиш имкониятини яратади. Интернет-банкинг орқали мижоз ўз иш жойидан интернет орқали банк сайтига уланиб ўз ҳисоб рақамига тушаётган пулларни кўриши, пул ўтказмаларини тайёрлаб банкка узатиши мумкин бўлади. Мобил банкинг – тизими интернет-банкинг технологияси асосида яратилади. СМС-банкинг – бу банк мижозларга уларнинг депозит ҳисобварақларидаги ҳамда пластик карталарга очилган ҳисобварақларидаги операциялар ҳақида СМС кўринишдаги маълумотларни олиш тизимидир. Ҳисобварағидан маълумот олиш учун мижоз банкнинг махсус телефон рақамига белгиланган СМС-сўровни юбориш керак. Мижоз учун СМС-банкинг хизмати қуйидаги амалларни бажариш имкониятларини беради: ҳисобварағига келиб тушган маблағлар; ҳисобварағидан қилинган харажатлар; ҳисобварақ баланси; кун давомида ўтказилган банк операциялари ҳақида оператив маълумот олишлари мумкин бўлади. Умуман олганда, моҳияти жиҳатидан банк ва мижоз мулоқотининг анъанавий ва масофавий банк хизмати схемалари орасидаги фарқ жуда ката эмас. Банк хизматлари ҳам, ҳисобрақамлар ҳам «ўз жойида» қолган бўлиб, фақатгина банк ходими ва мижозларни ўзаро “боғлайдиган” алоқа тури ўзгарди, холос. Яъни, фақат банк офисида бажарилиши мумкин бўлган операциялар, эндиликда масофадан туриб ҳам амалга оширилиши мумкин. Мижоз ўз «оёқларига дам бериши» мумкин, дақиқалик операцияни амалга ошираман деб, банк биносига бориш йўлига кетадиган қимматли иш вақтини йўқотиши шарт бўлмай қолди. Мижоз-банк, интернет, телефон ёки мобил банкинг каби масофавий банк хизмати турлари, ўзаро фарқланишига қарамасдан, мижозларга хизмат қилишнинг анъанавий усулларидан нисбатан қуйидаги умумий устунликларга эга: хизмат кўрсатиш сифатининг ошиши, масофавий банк хизмати орқали вақт чеклови олиб ташланади, яъни мижоз ўз ҳисобрақамини ҳафтасига етти кун, кунига йигирма тўрт соат давомида бошқариш имконига эга бўлади. вақт чекловидан ташқари, мижознинг географик ҳолатига ҳам эътибор берилмайди. Мижоз дунёнинг исталган нуқтасидан ўз транзакцияларини ўтказиши мумкин бўлади, бунинг учун персонал компютер ва Интернет глобал тармоғи ёки мобил телефон ва алоқа тармоғи бўлса кифоя; янги банк маҳсулотларини яратиш, амалиётга татбиқ етиш ёки мавжуд молиявий хизматларни масофавий алоқа воситалари билан уйғунлаштириш ва ўзаро интеграциясини ошириш орқали банклараро рақобат шароитида банкнинг рақобатбардошлик кўрсаткичининг ошиши; филиалларни бошқариш билан боғлиқ харажатларни қисқартириш орқали банк операциялари таннархининг камайиши. Нима учун мижозларга масофавий банк хизматини кўрсатиш замонавий банк тизими тараққиётининг енг истиқболли йўналишларидан бири ҳисобланади? Бунинг бир қатор омиллари борки, ушбу омилларни тўлароқ кўриб чиқиш мақсадга мувофиқдир. Бутун дунё ёшларининг 70 фоиздан ортиғи интернетдан онлайн фойдаланмоқда. 1. 104 мамлакатда 80% ёшлар аҳолиси Онлайнда. 2. Ривожланган мамлакатларда 94% 15-24 ёшдаги ёшлар фойдаланади 3. Ривожланган мамлакатлар билан таққослаганда 67% ривожланаётган мамлакатларда 4. Фақат камида 30% енг кам ривожланган давлатлар ҳиссасига тўғри келади. Интернет, телевидение, коммунал хизматлари ва шу каби кўплаб хизматлардан фойдаланганлик учун тўловларини амалга ошириши мумкин. 2016 йил якунлари бўйича, аҳолининг уяли алоқа билан таъминланиши 100 киши ҳисобига 65,3 бирликни ташкил этди. Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлигининг маълумотларига кўра, халқаро каналларнинг маълумотларни узатиш қобилияти 54980 Мбит/с (2010 йилда 2510 Мбит/с.) ни ташкил этган. Турли хорижий давлатлар тажрибаси тўлов тизимларининг ривожланиши биринчи навбатда тўлов воситалари ва хизматларини кенгайтириш натижасида банк операцион харажатларини камайтириш ва хизматлар самарадорлигини оширишга олиб келишини кўрсатмоқда. Шунинг билан бирга, банк карталари орқали онлайн тўловларни кенг қўлланилиши тўловларни амалга ошириш билан боғлиқ банк хизматларининг самарадорлигини оширишга олиб келади. Бугунги кунда республика банклари томонидан банк карталари ёрдамида нақд пулсиз ҳисоб-китоблар тизимини кенгайтириш мақсадида 19,3 млн банк карталари муомалага чиқарилган бўлиб, ушбу карталар орқали 2017 йилнинг ўн ойи мобайнида 36,9 трлн сўмга яқин транзакциялар ўтказилди. Амалга оширилаётган чора-тадбирлар натижасида банк хизматларининг янги турларини жорий этиш Ўзбекистонда банк тизими барқарорлигини таъминлашнинг устувор вазифаларидан бири ҳисобланади. Республикамиз биринчи президенти И.А.Каримов таъбири билан айтганда, бу борада замонавий банк хизматларини ривожлантиришга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Шу билан бирга, «… айниқса, банк хизматларидан фойдаланиш даражасини алоҳида эътироф этиш ўринлидир. Масалан, юртимизда ҳар юз минг катта ёшдаги аҳолига 49,7 та банк муассасаси тўғри келаётгани, ҳар минг киши номига 1 минг 28 та банк ҳисобрақами очилгани халқаро нормалар бўйича «юқори» деган баҳо кўрсаткичига мос келади» Банк карталари орқали ўтказилган операцияларнинг асосий қисми савдо тўлов терминаллари, банкоматлар ва инфокиосклар орқали амалга оширилган. Ҳозирги кунда жами ўрнатилган ва аҳолига хизмат кўрсатаётган терминаллар сони 235 минг дан ортиқ бўлиб, инфокиосклар сони эса қарийб 5,5 мингтани ташкил этмоқда. Замонавий тўлов технологиялари ва масофавий банк хизматларини ривожланиши билан бир қаторда масофавий нақд пулсиз тўловлар сони ошиб бормоқда. Жумладан, ҳозирги кунда мобил телефонлар орқали тўловларни амалга ошириш оммалашиб бормоқда. Бу борада банклар томонидан чиқарилган карталарининг яъни 19,3 млн. дан бор йўғи 19,2% ёки 3,7 млн. дан ортиқ банк карталарининг эгалари мобил тўлов тизимларидан фойдаланмоқдалар. Ҳали бу борада қилиниши лозим бўлган ишларимиз талайгина эканлигидан далолат бермоқда. Мобил тўлов тизимлари тижорат банклари томонидан мустақил ёки нобанк тижорат ташкилотлари билан ҳамкорликда жорий қилиниб, фойдаланувчиларга хизмат кўрсатмоқда. Булардан кенг тарқалган тизимлар қаторида Click, Payme, M-bank ҳамда Ҳамкор банк, ТИФ Миллий банки, Агробанк, Асака банкнинг мобил тўлов тизимларини кўрсатиш мумкин. Тижорат банкларининг чакана тўловлар, шу жумладан, банк карталари воситасида амалга оширилган тўловлар бўйича ўзаро ҳисоб-китоблари Марказий банкнинг Клиринг тизими орқали амалга оширилади. Шунингдек, Марказий банкнинг Клиринг тизими, чакана тўлов тизимлари билан биргаликда ишлашидан ташқари, Молия вазирлиги Ғазначилигининг ахборот тизими ва хизмат кўрсатувчи ташкилотларнинг биллинг тизимлари билан интеграция қилинган ҳолда тўловларни ўтказиш имконини беради. Мобил тўлов тизимлари орқали кўрсатилаётган хизматлар асосан мобил операторлар, интернет провайдерлар хизматлари учун (нобанк чакана тўлов тизимлари орқали) тўловларни ўтказиш бўлиб, коммунал тўловлар, солиқлар ва бошқа мажбурий тўловларни Клиринг тизими орқали ўтказиш салмоғи юқори бўлиб келмоқда. Жорий йилнинг ўтган ўн ойи мобайнида Марказий банкнинг Клиринг тизими орқали хизмат кўрсатувчи ва бошқа ташкилотлар ҳисобига амалга оширилган тўловлар суммаси 4 трлн. сўмга етиб, транзакциялар сони 31 млн.дан ошди. Ҳозирги кунда тижорат банклари томонидан онлайн-банкинг технологияларини, жумладан, мобил банкинг хизматларини реал вақт режимида кўрсатиш тизимларини янада ривожлантириш, барча банкларнинг карталарини тўлиқ қамраб олиш мақсадида жисмоний шахслар учун мобил тўлов дастурларини яратиш ва жорий қилиш бўйича режа-графикларни ишлаб чиқилиб амалиётда кенг қўлланилмоқда. Шу билан бирга, мобил тўлов дастурлари имкониятларини янада кенгайтириш мақсадида Марказий банкнинг Клиринг тўлов тизими асосида банклардаги ҳисобрақамларни бошқариш, картадан картага, ҳисобрақамдан ҳисобрақамга тўловларни амалга ошириш, онлайн кредитлар бериш (кредитларни сўндириш) ва тўловларни амалга ошириш, онлайн жамғармалар очиш, савдо ва хизмат кўрсатиш шаҳобчаларига онлайн тўловларни амалга ошириш имкониятини берувчи механизмлар синовдан ўтказилмоқда. Ушбу мехнизмларнинг ягона платформада жорий қилиниши, банк мижозлари – жисмоний шахсларга банкдаги ўз ҳисобрақамларини ҳар куни 24 cоат (дам олиш ва байрам кунларисиз) тасарруф этиш имкониятини яратади. Ҳозирги кунда Клиринг тизими орқали ТИФ Миллий банки, Қишлоқ қурилиш банки, Ҳамкор банк, Ипотека банки, Ўзсаноатқурилишбанки, Ипак Йули банки, Турон банк, Туркистон банк мижозлари Р2Р-тўловларини ўтказиш имкониятига эга бўлиб, бу рўйхат доимий равишда кенгаймоқда. Р2Р-тўловлари бу – бир пластик карточкадан бошқа пластик карточкага маблағ ўтказиш имконини берувчи хизмат туридир (бу ерда Р-пластик карта, 2 инглизча two - “дан” маъносида яъни “пластикдан пластикка”). Бунинг қулайлиги шундаки, банк мижозлари махсус сайтлар, мобиль иловалар орқали ўз пластик карточкаларидан бошқа жисмоний шахснинг пластик карточкасига пул ўтказа олади. Нақд пулсиз тўловларни ривожлантириш борасида 2018 йилда банклар томонидан мобил тўлов дастурлари ёрдамида QR code ва NFC каби технологиялар асосида контактсиз тўловларни ўтказиш ва қабул қилиш 5 имкониятини яратиш режалаштирилмоқда. Бу имкониятлардан бозорларда, сайёр ярмарка ва айниқса, транспортда фойдаланиш аҳоли учун қулай бўлади. Таъкидлаш жоизки, мобил тизимларнинг функционал имкониятларини кенгайтириш ўз навбатида, фойдаланувчиларни масофадан идентификация қилиш тизимларини ривожлантириш заруриятини яратади. Масофадан идентификация қилиш банк хизматларини соддалаштирган ҳолда, банк операцияларини назорат қилиш талабларини таъминлайди. Мижозлар учун эса банк хизматларидан қоғоз ҳужжатларни қайта тақдим этмаган ҳолда фойдаланиш, банкнинг бир филиали мижози бўла туриб, бошқа филиаллари, ва келажакда, бошқа банк хизматларидан фойдаланиш имкониятларини беради. Ўз навбатида, масофавий идентификация қилиш банк хизматлари таннархи камайиши натижасида янги мижозларни жалб қилиш ҳамда молия бозорида рақобатни ривожлантириш имкониятини беради. Натижада бу ишларни йўлга қўйиш банк даромадини оширишга ҳам туртки бўлади. Шунинг учун 2018 йилда банк мижозлари бўлган жисмоний шахсларни рўйхатга олиш ва уларга хос рақам беришни жорий қилиш орқали Банк депозиторларининг миллий ахборот базасини (БДМАБ) модернизациялаш режалаштирилган. Жисмоний шахсларга хос рақам ажратиш “Электрон ҳукумат” тизими учун ҳам долзарб бўлиб, Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги томонидан жисмоний шахснинг шахсий идентификацион рақамини идентификатор сифатида ахборот тизимларига жорий этиш таклиф қилинмоқда. Масофавий банк хизматларини (мобил-банкинг, интернет-банкинг) кенг жорий қилиш, ўз навбатида, янги банк хизматлари бўйича тегишли маркетинг ишларини олиб борилишини тақозо этади. Хорижий амалиётда, интернетнинг интерактив имкониятларидан фойдаланувчи банклар ижтимоий тармоқларда фаол реклама кампанияларини олиб борадилар. Республикада фаолият юритаётган тижорат банклари ижтимоий тармоқлардан банк маҳсулотлари ва хизматлари бўйича маркетинг ишларини олиб бориш учун фойдаланишмоқда. Банклар томонидан (Ҳамкор банк, Универсал банк, Капитал банк, Агробанк) ижтимоий тармоқларда жойлаштирилган аккаунтлар банк маҳсулоти ва хизматлари бўйича маркетинг ишларини олиб боришнинг асосий воситаси бўлиб, мижозлар билан ўзаро алоқа ўрнатиш, мижоз тўғрисида керакли маълумотни йиғиш, мижозларни қўллаб қувватлаш сифатини ошириш учун хизмат қилмоқда. Мисол учун, Агробанк ва Ҳамкор банк ижтимоий тармоқлар орқали ўз мобил иловаларини доимий равишда тақдим қилади ва қайта алоқа сифатида фойдаланувчиларнинг таклиф ва эътирозлари ижтимоий тармоқда билдирилади. Натижада фойдаланувчиларнинг, яъни банк мижозларининг истакларига оператив равишда жавоб берилади, зарур ҳолларда тадбирлар амалга оширилади. Шунинг учун ижтимоий тармоқлар банклар учун мижозлар билан алоқа қилишнинг муҳим воситаси ҳисобланади. Банкда инфокиосклар орқали жисмоний шахсларнинг кредит тўловларини 24/7 режимида, ҳар куни 24 соат давомида қабул қилиш йўлга қўйилди. Банкнинг омонатчилар билан амалиётлар бажарилишида омонат дафтарчалари, омонат шартномалари, кирим ва чиқим ордерлари ахборотлаштирилган дастур орқали амалга оширилмоқда. “Sms-омонат” хизмати йўлга қўйилгани омонатчиларнинг вақтини тежаш ва сифатли хизмат кўрсатишда қўл келаётир. Минтақавий филиалларда шахснинг бармоқ излари намунасидан фойдаланиш «Биометрик идентификациялаш» тизими жорий қилинмоқда. Мамлакатимизда келгусида банкларнинг масофавий хизматларини янада ривожлантириш мақсадида қуйидагиларни амлага ошириш мақсадга мувофиқ деб ўйлаймиз: 1) хорижий валюта олди-сотди операцияларини масофадан туриб ўтказиш механизмини жорий этиш (банкларнинг мобил иловалари орқали миллий ва хорижий валютадаги тўлов карталари ўртасидаги конверсия); 2) мамлакат ичида конверсион тўлов карталаридан нақд хорижий валюта ечиб олишга рухсат бериш ва тегишли банкоматлар тармоғини кўпайтириш. 3) замонавий банк хизматларини кўрсатишга шароитлар яратиш учун инновацион банк технологияларини жорий этиш фаоллаштириш. 4) аҳолининг банк карталарибалин электорн тарзда савдо қилиш маданиятини ошириш; 5) банкоматлардан нақд пул олиш тизимини соддалаштириш мақсадида, ривожланган давлатлар тажрибасидан келиб чиққан ҳолда кўчма банкоматларфаолиятини жорий қилиш келгусида ўз самарасини беради деб ўйлаймиз. O’ZBEKISTON REPUBLIKASI TIJORAT BANKLARINING LIZING OPERATSIYALARI So‘nggi yillarda tijorat banklari faoliyatida ijara yoki lizing (Leasing – ing. «ijara») operatsiyalarini moliyalashtirish bilan bog‘liq faoliyat turlari keng rivoj topmoqda. O‘zbekiston Respublikasining «Lizing to‘g‘risida»gi qonunining 2-moddasida (14.04.1999) lizingga quyidagicha ta’rif berilgan: Lizing ijara munosabatlarining alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasida belgilangan shartlarda berib qo‘yish maqsadida mol-mulkni (lizing obyektini) oladi. Lizing uch taraflama shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladi: sotuvchi lizing beruvchi (bank) lizing oluvchi yoki ikki taraflama: lizing beruvchi (bank) lizing oluvchi Lizing sotuvchi, lizing beruvchi va oluvchi lizing subyektlari hisoblanadi (32-chizma). Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling