Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
-jadval. Lizing va kredit, ular o‘rtasidagi farqlar
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farqli jihatlari Munosabat turlari Kredit
35-jadval.
Lizing va kredit, ular o‘rtasidagi farqlar
Jadvaldan ko‘rib turibmizki: agar bank uzoq muddatli kreditida undan foydalanganligi uchun soliq to‘lovlaridan so‘ng foyda hisobidan foiz to‘lansa, lizingda esa bu to‘lovlar mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Bu foydaga soliq solish bazasini bir muncha kamaytiradi; agar bank krediti eng avvvalo moliyalashtirishda qo‘shimcha manba yaratsa, lizing odatda 100 foiz moliyalashtirishni ta’minlaydi; lizingga olingan mulk lizing beruvchi balansida aks ettiriladi. Bu lizing oluvchining moliyaviy ko‘rsatkichlarini, xususan, rentabellik darajasini, o‘z mablag‘i va qarzlari koeffitsiyentlarini bir muncha yaxshilaydi, qo‘shimcha qarz mablag‘larini jalb qilishga imkon yaratadi; ko‘pgina mamlakatlarda lizing munosabatlari bank krediti orqali uskunalar sotib olishdan ko‘ra tadbirkorlarning xarajatlarini 20-30 foizga kamaytirilishiga olib keladi; lizing jadallashtirilgan amortizatsiyadan foydalanishga imkon beradi. Bu esa tadbirkorga mulk solig‘i summasini kamaytirishga imkon yaratadi; lizingda mahsulot sifati, uning butligi, yetkazib berish muddati va boshqa xizmatlar uchun lizing beruvchi emas, balki mazkur mahsulotni ishlab chiqaruvchi javob beradi. Lizing mulkni yollash yoki “prokat”ga olish tushunchasidan ham farq qiladi (36-jadval). Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling