Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
-jadval. Lizing va prokat o‘rtasidagi farqlar
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholash ko‘rsatkichlari Munosabat turlari
- LIZING
36-jadval.
Lizing va prokat o‘rtasidagi farqlar
Shunday qilib, prokat ijara munosabatlarining eng oddiy turi bo‘lib, bu ijaraga asosan maishiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq tovarlar (nikoh liboslari, muzlatkichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi. Bu ijara turining xususiyati shundaki, aksariyat hollarda muddati belgilanmaydi yoki ijara o‘ta qisqa muddatli bo‘ladi yoki iste’molchi undan xohlagancha foydalanishi mumkin. Lizing esa ko‘p (30-40 yil) muddatgacha bo‘lishi mumkin. Bu turdagi ijaraning xususiyati shundaki, aksariyat hollarda (80-90%) lizing muddati tugagandan so‘ng mulk egalari o‘zgaradi, juda kam hollarda mulk egasi o‘zgarmay qolishi mumkin. Lizing operatsiyasini amalga oshirish chog‘ida uchta subyektning ishtirok etishi shartdir: ishlab chiqaruvchi – lizing beruvchi; iste’molchi – lizing oluvchi; vositachi – lizing sotuvchi. Vositachining asosiy vazifasi shundan iboratki, u ishlab chiqaruv-chidan asbob-uskunalarni sotib olib, buyurtmaga asosan iste’molchiga ma’lum bir muddatga ijaraga beradi. Shu bilan bir qatorda vositachi moliyalashtirish ishlarining barchasini o‘z zimmasiga oladi. Lizing davrida vositachi (masalan, bank) iste’molchidan kelishilgan miqdordagi yillik (oylik, kvartallik, yarim yillik) badallarini olib turadi. LIZING TURLARI (AFZALLIKLARI) Lizing bir vaqtning o‘zida ham moliyalash, ham yangi texnologiyalarni xarid qilish masalalarni hal etishda o‘xshashi yo‘q moliyaviy vositadir. Shuni ta’kidlash joizki, lizing faoliyati bir qator rivojlangan davlatlarda iqtisodiy taraqqiyotning, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashning juda muhim va samarali shakli hisoblanadi. Lizing tufayli ham lizing sotuvchi, ham lizing beruvchi, ham lizing oluvchi, ya’ni lizing operatsiyasida qatnashuvchi har bir subyekt manfaat topadi. Masalan, ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) lizing operatsiyasi tufayli eng avvalo uskuna va mashinalarning oldi-sotdisini amalga oshirib, sotuv ko‘lamini kengaytirishi mumkin (37-jadval). Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling