Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- BANKLAR FAOLIYATIDA LIZING OPERATSIYALARINI AMALGA OSHIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI.
Lizing oluvchi:
lizing obyektini qabul qilib olishi va undan lozim darajada foydalanishi, uni shartnoma shartlariga muvofiq saqlab turishi; lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab turishi, agar lizing shartnomasiga boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, lizing obyektini o‘z hisobidan joriy ta’mirlashi, uni saqlab turishga doir boshqa xarajatlar qilishi shart. Lizing shartnomasi bekor qilinganda lizing oluvchi lizing obyektini lizing beruvchidan qanday holatda olgan bo‘lsa, shunday holatda, normal eskirish va taraflarning kelishuvida shartlashilgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda qaytarishi shart. Lizing oluvchini lizing obyektini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishga doir huquqi va majburiyati sotuvchi bilan alohida tuzilgan shartnomada belgilanishi mumkin. Lizing oluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin. Sotuvchi qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni bajaradi. Agar lizing shartnomasida yoki oldi-sotdi (mahsulot yetkazib berish) shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotuvchining lizing oluvchiga nisbatan huquq va majburiyatlari lizing beruvchiga nisbatan huquq va majburiyatlaridek bo‘ladi. Bunda lizing oluvchi lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga yoki uni haqiqiy emas deb topishga haqli bo‘lmaydi. BANKLAR FAOLIYATIDA LIZING OPERATSIYALARINI AMALGA OSHIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI. Lizing shartnomasi yozma shaklda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi. Agar lizing oluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa, lizing shartnomasi notarial tasdiqlanishi lozim. Quyidagilar lizing shartnomasining muhim shartlari hisoblanadi: lizing obyektining tasniflanishi (lizing obyektining miqdori, sifati, ro‘yxati, kontrakt qiymati va boshqa ko‘rsatkichlari) va shartnoma umumiy pul summasining ko‘rsatilishi; taraflarning lizing obyektini olish va berish bilan bog‘liq majburiyatlari; lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan, lizing obyektini yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi; lizing to‘lovlarini to‘lash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi; lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va ta’mirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari; shartnomaning amal qilish muddati. Taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi shartlar kiritilishi mumkin: lizing obyektini (moliyaviy lizingdan) sotib olish tartibi va muddatlari; lizing shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish; lizing obyektini sug‘urta qilish; fors-major holatlar; lizing beruvchi qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishi, agar bunday lizing obyektidan xizmatlarsiz foydalanib bo‘lmasa; lizing subyektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi. Lizing shartnomasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasining o‘ziga xos xu-susiyati shundaki, bunda lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi lizing beruvchi va sotuvchi o‘rtasida tuzilib, unga ko‘ra lizing beruvchi lizing oluvchining topshirig‘iga binoan lizing obyektini keyinchalik lizing oluvchiga berish uchun o‘z mulki qilib oladi. Taraflarning xohishiga ko‘ra, lizing obyektining oldi-sotdi shart-nomasi lizing shartnomasi kuchga kirishidan oldin yoki keyin tuzilishi mumkin. Lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing beruvchi lizing obyekti qaysi maqsadda olinayotganligidan sotuvchini oldindan xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi shart. Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchi to‘laydigan lizing to‘lovlari lizing obyekti amortizatsiyasining tegishli qismi qiymatini va lizing shartnomasi bo‘yicha lizing beruvchi tomonidan qilingan xarajatlarni, shuningdek, uning daromadi (marja)ni o‘z ichiga oladi. Lizing to‘lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi. Lizing to‘lovlarining miqdorlari va davriyligi lizing shartnomasi bilan belgilanadi. Lizing shartnomasi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi: shartnoma tomonlari; shartnoma predmeti; lizing shartnomasining amal qilish muddati; tomonlarning huquq va majburiyatlari; lizing to‘lovlari shartlari; bitim obyektini sug‘urta qilish; lizing shartnomasini bekor qilish tartibi. Lizing shartnomasining muddatini aniqlashda lizing beruvchi va lizing oluvchi quyidagi jihatlarni hisobga olishlari lozim: uskunalarning xizmat ko‘rsatish muddati; uskunalarning amortizatsiya davri; bitim davrida bir muncha samaraliroq yoki arzonroq analogning paydo bo‘lish davri; inflatsiya jarayonlari dinamikasi; ssuda kapitallari bozori konyunkturasi va uning rivojlanish tendensiyasi. Lizing shartnomasi tuzilish muddatiga ko‘ra ijara operatsiyalarining 3 ta turi farqlanadi: qisqa muddatli ijara (renting) bir kundan bir yil muddatgacha o‘rta muddatli ijara (xayring) bir yildan uch yil muddatgacha uzoq muddatli ijara (lizing) uch yildan yigirma yil va undan ko‘proq muddatgacha. Moliyaviy lizingda lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak: lizing shartnomasi muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluvchining mulkiga o‘tadi; lizing shartnomasi muddati lizing obyekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo‘ladi yoki lizing shartnomasi muddati tugagach, lizing obyektining qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining 20 foizidan kamni tashkil etadi; lizing oluvchi lizing obyektini qat’iy belgilangan narxda yoki lizing shartnomasi muddati tugaganda aniqlanadigan narxda sotib olish huquqiga ega; lizing shartnomasi davridagi to‘lovlarning umumiy summasi lizing obyekti qiymatining 90 foizidan ortiq. Agar lizing shartnomasida «Lizing to‘g‘risida»gi Qonun 5-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan talablardan birortasi nazarda tutilmagan bo‘lsa, lizingning bunday turi operativ lizing hisoblanadi. Operativ lizingni (ijarani) amalga oshirish tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Garchi lizing mohiyatan kreditlashga yaqin tushuncha bo‘lib, har ikkalasi ham investitsiyalashga xizmat qilsa-da, ular bir-biridan tubdan farq qiladi (35-jadval). Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling