Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Lizing kompaniyalari nimaning hisobidan daromad oladi?
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijarachining manfaatlari-chi
Lizing kompaniyalari nimaning hisobidan daromad oladi?Birinchidan, ijara haqi. Ikkinchidan, ijara muddati tugagandan so‘ng uskunalarni qoldiq qiymati bo‘yicha sotadi. Ijara haqi uskuna haqi bilan xizmatlar qiymatini (bank foiz stavkalariga tenglashtiriladi) qoplashi kerak. Uchinchidan, uskunalarni sotib olish qiymati bilan ijara haqi o‘rtasidagi farq. Lizing kompaniyasi uskunalarni doimiy xaridor sifatida katta turkumlarda (partiyalarda) sotib olayotgani uchun ishlab chiqaruvchilar ularga qandaydir imtiyozlar beradilar. Bundan tashqari, mol-mulkka soliq qoldiq qiymatiga ko‘ra to‘lanadi, ijara haqi esa xizmat muddatiga qarab oshib boradi. Ijarachining manfaatlari-chi? Ko‘p mamlakatlarda mol-mulkka soliq lizing shartnomalariga belgilangan to‘lovlardan ancha yuqori bo‘ladi. Ba’zi paytlarda esa ijara usuli hozirgi zamon uskunalaridan foydalanishning yagona imkoniyati bo‘lib qoladi, ayniqsa, yangi tashkil qilingan firmalar uchun. Ijarachi uchun uskunalar mulk xisoblanmaganligi sababli, firma balansiga kiritilmaydi, mol-mulkka soliq to‘lanmaydi va bu sohada buxgalteriya hisobi yuritilmaydi. Ijara haqi esa to‘liqligicha ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Rivojlangan mamlakatlarda ataylab lizing bo‘yicha soliq yig‘ish-maydi. Ammo hukumat bugungi kun bilan emas, balki kelgusini o‘ylab iqtisodiy siyosat olib boradi. Lizing fan-texnika taraqqiyotiga xizmat qiladi. Ertangi kunda ishlab chiqarish bugungi olinmagan soliqlarni to‘la qoplaydi, demak u iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratib beradi. MDH respublikalarida «ijara korxonalari» degan ibora paydo bo‘lgan. Chet ellik mutaxassislar uchun bunday tushuncha mutlaqo tushunarsiz. Xalqaro amaliyotda ijara korxonalari degan tushunchaning o‘zi yo‘q. Korxonalar ijaraga berilmaydi, uskunalar va binolar berilishi mumkin. Lizing munosabatlarini O‘zbekiston sharoitida, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida qo‘llash katta samara beradi. Masalan, AQSh da fermerlar foydalanayotgan texnikaning 80 foizi ijaraga olinadi. Axir bir yilda 10-15 kun ishlatiladigan kombaynni sotib olishdan qanday mantiq topish mumkin? Yuqorida ta’kidlanganidek, respublika hukumati qaroriga ko‘ra, 1999-yilning oktabr oyida «O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» hissadorlik kompaniyasi tuzildi. Bu kompaniyaning asosiy vazifasi mamlakatimiz mashina-traktor parklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga moliyaviy lizing asosida traktor va yig‘im-terim texnikasini yetkazib berishdan iborat. Bundan tushgan mablag‘ traktor va qishloq xo‘jaligi mashina-larini ishlab chiqaruvchi korxonalar hisobiga o‘z vaqtida tushiriladi. Bu hol ularga aylanma mablag‘larni birinchi navbatdagi ehtiyojlariga ishlatib, uni to‘ldirib turish imkonini beradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari esa texnika qiymatini asta-sekin, bir necha yil mobaynida to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Texnika o‘zini o‘zi bemalol oqlaydi. Agar inflatsiya chiqimlari lizing oluvchiga tegishli bo‘lmasdan, kompaniya riski bo‘lishini ham hisobga olsak, lizing shartlari juda manfaatlidir. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligini zamonaviy, yuksak unumli texnika bilan ta’minlashni yanada rag‘batlantirish, tarmoq mashinasozligini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan, chet el ilg‘or kompaniyalari ishtirokida qishloqqa yetkazib beriladigan traktor va yig‘im-terim texnikasi uchun hisob-kitob mexanizmini takomillash-tirish maqsadida 2000-yilning 2 - noyabrida Vazirlar Mahkamasining «Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu qarorga ko‘ra, 2001-2007-yillarda «O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding» kompaniyasi korxonalari tomonidan, shu jumladan, chet el ilg‘or kompaniyalari ishtirokida ishlab chiqarilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi (traktor va yig‘im-terim texnikasi) mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalariga, shirkatlar va fermer xo‘jaliklariga ularni 7 yillik mud-datga lizingga taqdim etish yo‘li bilan quyidagi shartlarda yetkazib berilishi belgilangan: 15 foizlik avans mashina-traktor parklarining hududiy birlashma-lari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jaligi shirkatlari va fermer xo‘jaliklarining o‘z mablag‘lari hisobidan; traktor va yig‘im-terim texnikasi qiymatining 85 foizi «O‘zqish-loqxo‘jalikmashlizing» kompaniyasi tomonidan, unga zayom asosida Moliya vazirligi tomonidan beriladigan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi. Mazkur qarorda, shuningdek, lizing oluvchilarga olinadigan texni-kaning butun lizing muddati davomida mulkiy risklar sug‘urta polisi mavjud bo‘lsagina taqdim etilishi nazarda tutilgan. Lizing kompaniyasi daromadining (marja) imtiyozli stavkasi esa Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining yarmi miqdorida belgilanadi. Masalan, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi bir yilga 24 foizni, lizing kompaniyasining marjasi 12 foizni tashkil etsa, shartli ravishda bir texnikaning narxini 5000000 so‘m deb olaylik. Qishloq xo‘jaligi korxonasi ana shu mablag‘ning 15 foizini yoki 750000 so‘mni o‘z mablag‘lari hisobidan to‘laydi, qolgan 85 foizini, ya’ni 4250000 so‘mni bank tomonidan yillik 24 foiz miqdorida jalb qilingan uzoq muddatli (7 yillik) kredit hisobidan oladi. Shunda qishloq xo‘jaligi korxonasining 7 yil mobaynida bankka qaytaradigan mablag‘i 7947500 (kreditning asosiy summasi 4250000 so‘m, hisoblangan foizlar 3697500 so‘m) so‘mni tashkil etadi. Natijada texnikaning umumiy narxi 8697500 (avans 750000 so‘m, bankka qaytariladigan mablag‘ 7947500 so‘m) so‘mni tashkil qiladi. Agar u texnikani lizing kompaniyasidan lizing shartlarida 7 yil muddatga yillik 12 foiz miqdorida oladigan bo‘lsa, ana shu davrda lizing kompaniyasiga qaytariladigan mablag‘ 6098750 (lizing summasi 4250000 so‘m hisoblangan foizlar 1848750 so‘m) so‘mga teng bo‘ladi. Texnikaning umumiy narxi esa 6848750 (avans 750000 so‘m, lizing kompaniyasiga qaytariladigan mablag‘ 6098750 so‘m) so‘mni tashkil etadi. Boshqacha aytganda, bank kreditiga nisbatan moliyaviy lizing tufayli 1848750 so‘m iqtisod qilinadi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi korxonasi uzoq muddatli kredit olish maqsadida banklarga murojaat qilmaydi. Bu lizing oluvchilar uchun moliyaviy lizingning kreditga nisbatan afzalligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Mijozlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ular bilan bevosita aloqa o‘rnatish maqsadida har bir viloyatda kompaniyaning bo‘limlari tuzilmoqda. Shirkat va fermer xo‘jaliklari texnikani olish ishlari bilan joylarda tanishish va lizing operatsiyalarini amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladilar. Muqobil mashina-traktor parklari uchun joylarda texnikani olish imkoniyatining yaratilishi esa raqobatning rivojlanishiga olib keladi. Buning uchun ularda texnika narxining 15 foiz avansini o‘tkazish uchun boshlang‘ich mablag‘, aniqrog‘i, lizing oluvchining moliyaviy ahvoli lizing kompaniyasining talabi darajasida bo‘lsa, bas. Agar lizing oluvchining moliyaviy ahvoli talab darajasida bo‘lmasa, u holda bank yoki boshqa uchinchi yuridik shaxsning kafolati talab qilinadi. Lizingning yana bir ijobiy tomoni shuki, u fermer xo‘jaliklariga ham zamonaviy texnologiyalarni qo‘lga kiritish imkonini yaratadi. Bu esa uning rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hukumat tomonidan lizing kompaniyalari oldiga qo‘yilgan vazifalar o‘z vaqtida, izchil hayotga tatbiq etilsa, iqtisodiyotimizning eng muhim sohalaridan biri bo‘lmish qishloq xo‘jaligining dolzarb muammosi – qishloqni texnika bilan ta’minlash masalasi to‘liq hal etiladi. Oqibatda tarmoq rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling