Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘la-to‘kis (erkin) konvertirlanuvchi valutalar.
- Qisman konvertirlanadigan valutalar.
- Sotuvchi o‘rtacha kursi
- TIJORAT BANKLARINING SPOT OPERATSIYALARI. Valuta bozorida turli turdagi shartnomalar amal qiladi. Ularning ko‘pchiligi spot
konvertirlangan valuta – boshqa valutalarga erkin almasha oladigan pul;
konvertirlanmagan valuta – boshqa valutalarga almashtirish uchun qabul etilmaydigan kurs. Valutaning qaysi guruhga kirishi uning barqarorligiga bog‘liq. Konvertirlanadigan valutalar boshqa pulga almasha oladi, lekin bu cheksiz yoki me’yorli bo‘lishi mumkin. Shu jihatdan ularning o‘zi ikki turga bo‘linadi: To‘la-to‘kis (erkin) konvertirlanuvchi valutalar. Ular mamlakat ichida ham, xorijda ham boshqa valutaga erkin almashadi. Yer yuzida 100 ga yaqin shunday milliy valutalar bor. Ammo ular orasida erkin konvertirlanadigan valutalar borki, ular o‘ta obro‘li va hamma yerda jon deb qabul qilinadi, ular amalda jahon puli vazifasini o‘taydilar. Bular jumlasiga AQSh dollari, yevro, Shveytsariya franki, Yaponiya iyenasi, Ingliz funt sterlingi, Kanada dollari kiradi. Qisman konvertirlanadigan valutalar. Ular ma’lum pul operatsiyalarini o‘tkazish uchun yoki cheklangan holda boshqa valutaga almashadigan pul. Bu pul o‘z-o‘zidan jahon puli emas, uning amal qilish doirasi cheklangan. Masalan, Shveysariya franki erkin konvertirlangan bo‘lsa, Fransuz franki bunday emas, u cheklangan holda konvertirlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda, jumladan, mam-lakatimizda konvertirlangan valutaning bo‘lmasligi, uning jahon bozoriga, xususan, kapital bozoriga chiqishiga to‘sqinlik qiladi. Konvertirlangan valuta yo‘q joyga xorij kapitali oshiqmaydi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning sharti, eng avval pulni ichki konvertabelligini ta’minlash – mamlakat ichki bozorida milliy pulning xorijiy valutaga erkin ayirboshlanishini ta’minlashdir. So‘ngra esa pulni tashqi valuta bozorida konvertirlash zarur bo‘ladi. Shunday valutaning yuzaga kelishi jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishning muhim sharti hisoblanadi. Konvertirlanmaydigan valutalar boshqa valutaga almashtirilmaydi. Ularning sohibi bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiyoti qoloq, eksport potensiali zaif, shu sababli bu yerda xorijiy valuta zaxiralari oz bo‘ladi. Konvertatsiya milliy iqtisodiyotni jahon xo‘jaligiga qo‘shilishiga olib keladi, shu bois u ertami-kechmi hamma yerda yuz beradi. Banklar valutalar kotirovkasini o‘tkazganda valuta bo‘yicha: sotuvchi kursini; sotib oluvchi kursini belgilaydilar. Valutani kotirovka qiluvchi bank valuta bitimini doimo o‘zi uchun qulay bo‘lgan kurs bo‘yicha tuzadi. Banklar doimo xorijiy valutani sotib olganidan ko‘ra qimmatroqqa sotadilar. Masalan, Nyu-York va London valuta birjalarida dollarning funt sterlingga to‘g‘ri kotirovkasi amalga oshiriladigan bo‘lsa: 1 f.st. = 1,4620 dollar – bu sotib olish kursi; 1 f.st. = 1,5060 dollar – sotish kursi. Ko‘rinib turibdiki, Nyu-York banki Angliya valutasini arzonga sotib olgan va qimmatiga, ya’ni 1 f.st.ga ko‘proq dollar (1,5060) ga sotgan. To‘g‘ri kotirovkada sotuvchi kursi doimo sotib oluvchilar kursidan yuqori bo‘ladi. o‘rtadagi farq marja deyiladi va bankning foydasini tashkil qiladi. Marja hajmi turli omillarga bog‘liq. Odatda beqaror konyunktura davrida, valuta kurslaridagi farqdan zarar ko‘rishi ehtimoli yuqori davrlarda marja oshadi. Marja miqdoriga shartnoma hajmi ham ta’sir etadi: u kichik bo‘lsa, marja yuqori bo‘ladi. Rasmiy axborotnomalarda valuta sotish va sotib olish bo‘yicha yoki ikkala kurs, ulardan bir yoki o‘rtacha kurs ko‘rsatilishi mumkin. O‘rtacha kurs – sotuvchi va sotib oluvchi kurslarning o‘rta arifmetigi. Sotuvchi o‘rtacha kursi – sotuvchi va o‘rtacha kursning o‘rta arifmetik qiymati. Xaridor o‘rtacha kursi – xaridor va o‘rtacha kursning o‘rta arifmetik qiymati. Xalqaro to‘lov aylanmasida xorijiy valuta naqd emas, balki naqdsiz holatda amal qiladi. Tabiiyki, turli xil to‘lov vositalari kurslari turlicha, chunki ularning ishonchlilik va valuta riski darajalari turlichadir. Teleg-raf o‘tkazmasi bo‘yicha valuta kursi eng yuqoridir, chunki unda xorijiy valuta shu zahoti yoki kelasi kuni to‘lanadi. Bu operatsiya valuta riskini deyarli chetlab o‘tishga imkon beradi. Odatda, ularning kurslari rasmiy byulleten va kotirovka jadvallarida e’lon qilinadi. Boshqa to‘lov vosi-talari kursi u asosida aniqlanadi. TIJORAT BANKLARINING SPOT OPERATSIYALARI. Valuta bozorida turli turdagi shartnomalar amal qiladi. Ularning ko‘pchiligi spot shartlari asosida amalga oshiriladi. Uning asosiy xususiyati shundaki, bitimni imzolash va bajarish vaqtlari qariyb mos keladi. Bitimning bunday turida valuta sotuvchidan sotib oluvchiga shartnoma imzolanishi bilanoq (ko‘pi bilan ikki ish kunida) yetkaziladi. Spot shartnomalariga jami valuta shartnomalarining 90 foizi to‘g‘ri keladi. Ikkinchi valuta shartnomasi turi – muddatli shartnoma. Bunday shartnomalarning ikki xususiyati bor. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling