Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji


Download 0.64 Mb.
bet70/81
Sana19.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1033520
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81
Bog'liq
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji

Kross-kurs – bu ikki valuta o‘rtasida uchinchi valutaga nisbatan aniqlanadigan kurslar nisbatidir. Masalan, O‘zbekiston Markaziy banki yapon iyeniga nisbatan kursini aniqlamoqchi deylik. Bu holda iyenning so‘mga nisbatan kursi dollarga asoslangan holda aniqlanadi. Yuqoridagi jadvaldagi valuta kurslariga binoan 761,25 so‘m 1 dollarga teng. 1 yapon iyeni esa 6,4 so‘mga teng. Xo‘sh, yapon iyeni dollarda qanday aniqlanadi?


Kross-kurs

=

1$ = 761,25 so‘m

=

119,1 yapon

1 yapon iyeni = 6,39 so‘m

iyeniga teng.
Demak, 1 AQSh dollari 119,1 yapon iyeniga teng ekan. Aynan shu ko‘rsatkich kross-kurs ko‘rsatkichini o‘zida ifoda etadi.
[171]. Valuta kursini barqarorlashtirishda davlat asosiy ahamiyat kasb etadi. Bu ishni u ikki yo‘l bilan amalga oshiradi.
Birinchidan, davlat o‘z pulini kredit bozoriga tashlab yoki kredit bozoridan chiqarib foiz stavkasiga ta’sir etadi. Agar foiz oshsa, kredit ham olinadi, kredit puliga kamroq valuta xarid etiladi. Natijada xorij valutasining narxi pasayib, milliy valuta kursi oshadi. Agar foiz stavkasi kamaysa, buning aksi yuz beradi.
Ikkinchidan, davlat valuta intervensiyasiga qo‘l uradi, ya’ni o‘z valutasi kursini barqaror saqlash yoki oshirishni ko‘zlasa, o‘z ixtiyoridagi chet el valutasini bozorga tashlaydi, natijada xorij valutasi kursi pasayadi, milliy valuta kursi oshadi. Valuta ko‘paysa, uning narxi arzonlashadi.
Milliy valuta kursining davlat tomonidan rasman pasaytirilishi devalvatsiya deyiladi. Masalan, 1 dollar 761 so‘m bo‘lsa, so‘m devalvatsiya etilgach, uning kursi pasaytirilib, 1 dollar 771 so‘m bo‘lib qoladi. Valuta kursining rasmiy oshirilishi revalvatsiya deyiladi. Agar 1 dollar 761 so‘m bo‘lsa, so‘m revalvatsiyasidan so‘ng 1 dollar 700 so‘m bo‘ladi.
Valuta kursi ikki turga bo‘linishi mumkin:

  • qat’iy o‘zgarmaydigan kurs – valutalar narxi barqaror turadi;

  • suzib yuruvchi kurs – valutalar kursi o‘zgarib turadi, ammo ma’lum chegarada yuz beradi, ya’ni kurs cheksiz oshib yoki kamayib ketmaydi. Bunda valuta kursining yuqori va quyi chegarasi belgilanib, kurs shu oraliqda va me’yorda o‘zgaradi.

Agar milliy valuta boshqa valutalarga almashtirilmasa, xalqaro hisob-kitob operatsiyalari amalga oshmaydi. Shu sababli albatta valuta konvertatsiyasi (almashtirilishi) talab qilinadi.

Milliy valutaning konvertatsiyasi uni boshqa valutalarga almasha olish xususiyatidir.


Valuta kursi pul qadrini ifodalaydi. Xalqaro miqyosdagi o‘z qadri va obro‘-e’tiboriga qarab, valutalar ikki guruhga bo‘linadi:


1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling