Toshkent shahar Infin bank filiali Kirish


Invest finans bankda hujjatlar qogʻoz va elektron shaklda aylanishi bilan tanishish


Download 0.49 Mb.
bet3/9
Sana01.11.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1738636
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Infin bank

Invest finans bankda hujjatlar qogʻoz va elektron shaklda aylanishi bilan tanishish

Hujjatlar aylanishi operatsiyalarning qonuniyligi, hujjatlarning haqiqiyligi va toʻgʻri rasmiylashtirilganligini hamda ularning hisobda toʻgʻri aks ettirilishini tekshirish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni oʻz ichiga oladi. Buxgalteriya xodimlarining ish kuni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda bank tomonidan amaliyot kuni davomida ijroga qabul qilingan pul hisob-kitob hujjatlari dastlabki va joriy nazoratdan oʻtkazilib, ular oʻz vaqtida ijro etilishi, ya’ni hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida aks ettirilib, kunlik balans hisoboti tuzilishi hamda keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan bajarilgan barcha operatsiyalar yakuniy nazoratdan oʻtkazilishi shart.
Hujjatlarning rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab ular boʻyicha operatsiyalar bajarilgunga qadar boʻlgan vaqt ichidagi tartibli harakatiga bank operatsiyalari boʻyicha hujjatlar aylanishi deyiladi.
Hujjatlar aylanishi bank operatsiyalarining oʻz vaqtida toʻgʻri va qonuniy tarzda amalga oshirilishida katta rol oʻynaydi. Shuning uchun har bir bankda hujjatlarning aylanishi va mijozlarga xizmat koʻrsatish vaqti grafiklarda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobining yuritilishi, buxgalteriya ishining toʻgʻri tashkil etilishi va nazoratning aniq olib borilishi bankning oʻz vazifalarini toʻgʻri bajarishini, mavjud va boʻlgʻusi investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar, shuningdek, bank rahbariyati va xodimlari uchun bank faoliyatiga haqqoniy baho berish imkonini yaratadigan aniq va foydali axborot olishni ta’minlaydi.
« Mikrokridit » ATBning buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini tashkil qilish tamoyillari, mijozlarga xizmat koʻrsatish hamda hujjatlar aylanmasini yoʻlga qoʻyish usullari toʻgʻrisida koʻrsatmalar berilgan, bank operatsiyalari hisobini yuritish va ularni nazorat qilish qoidalari hamda bajarilgan bank operatsiyalarining qonuniyligi boʻyicha javobgarlik belgilangan
Bankning har bir ish kunining 5-6 soati bevosita mijozlarga xizmat koʻrsatishga ajratiladi. Kunning qolgan qismida esa avvalgi kun hisob materiallari tekshiriladi, shu kunning operatsiyalariga yakun yasaladi va ertangi kun operatsiyalariga tayyorgarlik koʻriladi. Shu kun kelib tushgan hujjatlar shu kunning oʻzida, kechki payt kelib tushgan hujjatlar esa ertasi kunga oʻtkaziladi, chunki hujjatlar kechki pochta orqali kelishi mumkin. Hujjatlar aylanishi aks etgan grafiklarda bank operatsiyalarini bajaruvchi bank xodimlarining bir-biriga hujjatlarni uzatish, banklararo aylanmalar guruhi, kassaga yoki bankning hisoblash markazlariga, ya’ni kompyuter boʻlimiga uzatish vaqtlari belgilanadi.
Bankning mas’ul ijrochilariga hujjatlarning oʻz vaqtida bir maromda tushishi, ularning oldida katta navbatlar hosil qilishning oldini olish maqsadida «Hamkorbank» mijozlarga xizmat koʻrsatish grafigi tuzilgan. Grafikda kunda bank bilan muloqotda boʻladigan, har bir mas’ul ijrochiga biriktirilgan korxona va tashkilotlar nomi va ularga xizmat koʻrsatish vaqti ular bilan kelishgan holda belgilangan.
Umuman, buxgalteriya xodimlarining ish kuni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda kelayotgan hisob-kitob va pul hujjatlar oʻz vaqtida ijro etilishi hamda ular hisobvaraqlar boʻyicha buxgalteriya hisobida aks ettirilib, kundalik balans tuzilishi kerak. Banklarda ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan asosiy talablar ishlab chiqilgan boʻlib, ular “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan yoʻriqnomada oʻz ifodasini topgan. Yoʻriqnomada koʻrsatilgan talabnomalar quyidagilardir:
Operatsiya kuni davomida, ya’ni ish kunining birinchi yarmida bankka kelib tushgan barcha hisob-kitob, pul hujjatlari shu kunning oʻzida qabul qilinishi, rasmiylashtirilishi va buxgalteriya hisobvaraqlarida qayd etilishi kerak. Operatsiya kuni tugagandan keyin bankka kelib tushgan barcha hujjatlar qoida tariqasida kelasi ish kunida mijozlarning hisobvaraqlariga kiritiladi.
Shaxsiy kompyuterlar yordamida fayllarga ishlov berish tartibi va ularni Hisob markaziga joʻnatish vaqti Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi banklari oʻrtasida elektron toʻlovlar tizimi boʻyicha hisobkitoblar yuritish toʻgʻrisida”gi Nizom hamda unga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar asosida amalga oshirilishi lozim.
Operatsiyalarning sifatli oʻtkazilishini tartibga solib turish uchun har bir bank boʻlimida doimiy ravishda bankka katta miqdorda hisob-kitob va pul hujjatlarini taqdim etuvchi asosiy mijozlardan hujjatlar qabul qilish qat’iy grafiklarini tuzish lozim.
Operatsiya kuni davomida mijozlardan barcha hujjatlarni bevosita buxgalteriya xodimlarining oʻzlari qabul qilib oladilar. Operatsiya kuni tugagandan soʻng, ya’ni kunning ikkinchi yarmida hujjatlar bankka maxsus qutilar orqali topshiriladi. Ulardagi hujjatlar har soatda olib turilishi kerak.
Barcha hisob-kitob va pul hujjatlaridan oʻtkazilishi lozim boʻlgan summalar, jumladan, byudjetga ajratmalar, ish haqi va shunga tenglashtirilgan naqd pul toʻlovlari mijozning “Talab qilib olinadigan” depozit boʻyicha hisobvaragʻida yetarli pul mablagʻlari boʻlgan taqdirda, ya’ni shu hisobvaraqdagi mablagʻlar chegarasida toʻlanadi.
Yuqorida sanab oʻtilgan talablarni hisobga olgan holda «Hamkorbank» mijozlarga xizmat koʻrsatish hamda hujjatlar aylanish grafigi belgilab qoʻyilgan. Unda xoʻjalik yurituvchi subektlarga hisob-kitob va kassa xizmatlarini koʻrsatishning aniq vaqti hamda ularga ishlov beruvchi uchastkalardan oʻtadigan vaqti koʻrsatilgan. Mijozlarga xizmat koʻrsatish va hujjatlar aylanishi grafigini bank rahbari tasdiqlaydi.
Bankda yangi ish kunini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning Hisob- kitob markazida ochilgan tashqi (“21302-Rezident bankning vakillik hisobvaragʻi”) vakillik hisobvaragʻining kun boshiga aylanma va qoldiq summalarini, oʻzlarining ichki (“10301-Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi”) vakillik hisobvaragʻining aylanma va qoldiq summalari bilan mosligini tekshirish bilan boshlashadi. Ichki va tashqi vakillik hisobvaragʻi aylanma va qoldiq summalarini mosligini tasdiqlash uchun Hisob-kitob markaziga elektron fayl yuboradi. Hisob-kitob markazi bank yuborgan elektron faylni qabul qilib oladi va bankning tashqi va ichki vakillik hisobvaraq qoldiq summalarini dasturiy ravishda taqqoslaydi hamda ularni mosligini tasdiqlab bankga qaytaradi. Vakillik hisobvaraqlar qoldiq summalari mos kelmasa, mavjud farq bartaraf etilmaguncha bank amaliyot kuni ochilmaydi hamda banklararo toʻlovlarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi. Hisob-kitob markazidan tasdiq (W-fayl) olgandan soʻng, banklarga banklararo toʻlovlarni amalga oshirish uchun ruxsat beriladi.
Buxgalteriya xodimlarining ish kuni rejimi quyidagicha ishlab chiqilgan. Mas’ul ijrochilarning ish kuni ertalab 8.00 dan 17.00 gacha davom etadi. Soat 8.00 dan 9.00 gacha mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni tekshirish, analitik va sintetik hisob materiallarini bir-biri bilan solishtirish, kerakli hujjatlar bilan shaxsiy hisobvaraqlarni mijozlar boʻyicha hisobvaraqlar kartotekasiga joylashtirish bilan shugʻulanadi. Pul sanash kassasidan tushumni yigʻishga doir hujjatlar operatsion boʻlim buxgalteriya xodimi qoʻliga ish kuni boshlanish vaqtida kelib tushishi lozim. Operatsiya kuni davomida inkassatsiya qilingan tushum hujjatlari tushum sanab boʻlingandan keyin, lekin 13.00 dan kechikmay kassadan olinadi. Kassa daftarlarini kassa ma’lumotlari bilan solishtirish 15.00 gacha tugallanishi lozim.
Ish kunining ikkinchi yarmida mijozlardan qabul qilingan hisob-kitob, pul hujjatlari toʻlov muddatlari arafasida qaydlov uchun rasmiylashtiriladi. Mijozlardan hujjatlar butun ish kuni davomida qabul qilinadi. Operatsion kun oxirigacha bankka kelib tushgan hujjatlar joriy kun balansi boʻyicha oʻtkaziladi. Operatsion kun tugagandan soʻng yoki kun oxirida topshirilgan hujjatlar bankningkeyingi ish kuni balansi boʻyicha oʻtkaziladi. Ish kuni yakunlanishiga kamida ikki soat qolganda inkassaga qabul qilingan boshqa shaharlar bilan hisob-kitoblar boʻyicha toʻlov talabnomalari toʻlovchilarga xizmat koʻrsatuvchi banklarga oʻsha kunning oʻzidayoq joʻnatiladi. Mazkur bank mijozlarining hisobvaraqlari boʻyicha summalarini kiritish va olishi uchun hujjatlar bir operatsiya xodimlaridan boshqalarga berilishi kechiktirilmasligi, ular kelib tushgani va hujjatlarga ishlov berilgani sayin topshirib turilishi lozim.
Hozirgi kunda respublikadagi barcha tijorat banklari yangi kompyuter va boshqa hisoblash texnikasi bilan ta’minlangan boʻlib, oʻz ichki hisoblash markaziga ega. Shu sababli korxona va tashkilotlarning shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarini tekshirish hamda hisobvaraqlar boʻyicha yakunlarini balans hisobvaraqlari va kutilmagan vaziyatlar hisobvaraqlari bilan solishtirish shu kun oxirida amalga oshirish tavsiya etiladi. Bu esa yangi ertangi kun operatsiyalarini oʻz vaqtida boshlashga imkon beradi.
Endi bank operatsiyalari boʻyicha hujjatlar aylanishiga toʻxtalib oʻtamiz. Bankning har bir operatsiyasi boʻyicha hujjatlar aylanishining oʻz xususiyatlari bor (naqd pulsiz, kassa, kreditlash ...). Kassa operatsiyalari boʻyicha hujjatlar aylanishiga ayniqsa alohida ahamiyat beriladi. Shuning uchun kassa operatsiyalari boʻyicha hujjatlar aylanishini koʻrib chiqamiz:

  1. Mijoz nazoratchiga pul topshirganlik haqidagi e’lonni topshiradi.

  2. Nazoratchi hujjatni tekshiruvdan oʻtkazib, kassa kirim jurnalida undagi yozuvlarini aks ettirgandan soʻng e’lonni kirim jurnali bilan birga kassaga uzatadi.

  3. Mijoz kassaga naqd pul topshiradi.

  4. Kassir pulni sanab, e’lon va kirim jurnalidagi summa bilan solishtiradi, hujjatlarni rasmiylashtirib, kvitantsiyani mijozga qaytaradi.

  5. Order va kirim jurnali nazoratchiga qaytariladi.

  6. Nazoratchi kun oxirida kassa kirim jurnali ma’lumotlarini kassa kitoblari bilan solishtiradi.

  7. Solishtirishdan soʻng bu ma’lumotlar bank hisob markaziga (kompyuter boʻlimiga) yuboriladi.

  8. Orderdagi ma’lumot shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi va mas’ul ijrochiga beriladi.

  9. Mas’ul ijrochi shaxsiy hisobvaraqdan koʻchirma bilan orderni birgalikda mijozga berishga tayorlaydi.

Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilmagan boʻlsa, bank shu kunning oʻzida bank ish kuni yakunlangandan soʻng, ya’ni soat 18:00 dan soʻng yoki agarda Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilgan boʻlsa keyingi bank ish kuni soat 10-00 dan kechiktirmagan holda Markaziy bankka elektron balans (0106BS) hisobotini joʻnatadi. Bankda ish kuni bank operatsiyalari buxgalteriya hisobotida toʻliq aks ettirilib, kunlik balans hisoboti tahlil qilinib, bank filiali rahbari hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolangandan soʻng yakunlanadi.
Bank ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilib Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga joʻnatilganidan soʻng, xato yozuvlar aniqlangan hollarda, ushbu xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga ertasi bank ish kuni teskari buxgalteriya yozuvlari kiritish (storno berish) yoʻli bilan, tuzatish memorial orderlari asosida toʻgʻrilanishi lozim. Bunday hollarda hisobvaraqlardan summalar mijozlarning roziligisiz hisobdan chiqariladi. Bu haqda bank bilan mijoz oʻrtasida tuzilgan shartnomada koʻrsatib oʻtilgan boʻlishi shart
Bank boshqaruvi strukturasi
« Mikrokridit » mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari, 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Reytinglar
Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi tomonidan bankga “BB-” darajasida reyting berilgan. Bu maxalliy banklar reytingi orasida eng yuqori reytingdir.
Bankning asosiy aksiyadori vazirliklar va davlat tashkilotlari orqali davlatdir.
« Mikrokridit »Samarqand filiali 2004 yida tashkil etilgan. Shundan buyon yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar asosida faoliyat olib bormoqda.
Hozirgi kunda bankning boshqaruv raisi lavozimida Mamatqulov Rustam O'ktamovich faoliyat olib bormoqda. Uning birinchi o’rinbosari sifatida Rasulov Shuxrat Gayratovich ishlamoqda.
Hozirda bank tomonidan turli xil kreditlar jismoniy va yuridik shaxslarga berib kelinmoqda. Bank tomonidan mikroqarzlar eng kam ish haqining 100 baravari miqdoridan oshmaydigan summada toʻlovlilik, muddatlilik, ta’minlanganlik va qaytarish shartlari asosida beriladi.
Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida mikroqarz summasining 125 foizidan kam boʻlmagan miqdorda quyidagi ta’minot turlaridan biri taqdim etiladi:

  • mol-mulk va qimmatli qogʻozlar garovi;

  • bank yoki sugʻurta tashkilotining kafolati;

  • uchinchi shaxs kafilligi;

  • qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi;

  • ta’minotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.

“Overdraft kredit” bank tomonidan ish haqi va pensiya hisob-kitobi uchun emissiya qilingan Bank plastik kartochkasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan bank mijozlariga ajratiladi. Bunda, mijozning soʻroviga asosan “UzPSB Mobile” ilovasi orqali kredit beriladi va erkin foydalaniladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling