Asosiy shartlar:
bank plastik kartasiga oxirgi oʻn ikki oy davomida faqat ish haqi va unga tenglashtirilgan tushumlarni oʻrtacha uch oylik miqdorida (lekin amaldagi eng kam ish haqining yuz barobaridan oshmagan miqdorda) kredit liniyasi ochish yoʻli bilan beriladi
kredit foizi – yillik 28%
kreditdan foydalanish muddati 12 oy, bunda kreditning oxirgi 4 oyi kreditning maksimal miqdoridan 25 foiz kamaytirilib boriladi hamda oxirgi oyi (12-oy) kredit ajratilmaydi
mijozning plastik kartasiga ish haqi va pensiya toʻlovlari kirim qilinishi bilan olingan kredit qarzdorliklarini soʻndirish uchun mablagʻlar aktseptsiz chiqim qilinadi va toʻlangan kredit doirasida qoʻshimcha ravishda kredit olish imkoniyati paydo boʻladi
Bank tomonidan moliyaviy iste’mol kreditlari oʻz faoliyati natijasida olingan doimiy daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar, ishlar va xizmatlar sotib olish uchun beriladi.
Invest finans bank asosiy faoliyatini tashkil etish va ajratiladigan kredit turlari va maqsadi
Kredit maqsadi: qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, ta'minlash, savdo tashkilotlari, hamda lizing kompaniyalariga moddiy - texnika bazasini mustahkamlash, texnikalar va transport sotib olish, issiqxonalar qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga.
Kredit summasi – BHMning 150 baravari miqdorida.
Foiz stavkasi: Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan oshmagan miqdorda belgilanadi.
Kredit muddati – 3 yilgacha.
Kredit ta’minoti – qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida quyidagi ta’minot turlaridan biri taqdim etiladi:
mol-mulk va qimmatli qogʻozlar garovi;
tijorat banki yoki sugʻurta kompaniyasining kafolati;
uchinchi shaxs kafilligi;
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi
Do'stlaringiz bilan baham: |