Toshkent shahar Infin bank filiali Kirish


Kredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi


Download 0.49 Mb.
bet6/9
Sana01.11.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1738636
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Infin bank

Kredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • Qarz oluvchi pasporti yoki pasport oʻrnini bosuvchi hujjat nusxasi;

  • Qarz oluvchining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari toʻgʻrisidagi ma’lumot

  • Qarz oluvchi va iste’mol tovar ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki xizmat koʻrsatuvchi tashkilot oʻrtasida tuzilgan shartnoma;

  • Ta’minotga oid tegishli hujjatlar.

Quyidagi kredit ta’minot turlaridan biri taqdim etilishi mumkin:

  • mol-mulk va qimmatli qogʻozlar garovi;

  • bank yoki sugʻurta tashkilotining kafolati;

  • uchinchi shaxs kafilligi;

  • qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi;

  • ta’minotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.

Kreditning miqdori eng kam ish haqining 100 baravaridan koʻp boʻlganda, kredit ta’minoti sifatida mol-mulk garovi rasmiylashtirilishi lozim.
Ta’minot miqdori kredit summasining 125 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
Yuridik shaxslar bank tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash (2013-yil 27-dekabrda 2546-son bilan davlat roʻyxatiga olingan)
Muddati: kreditlar kreditlanayotgan tadbirning oʻzini-oʻzi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:

  • qarz oluvchi oʻz faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablagʻlarni shakllantirish va investisiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga – 12 oy muddatgacha;

  • aylanma mablagʻlarni toʻldirishga – 18 oy muddatgacha;

  • qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirishga – 24 oy muddatgacha.

Foiz stavkasi: kredit shartnomasiga muvofiq belgilanadi.
Ta’minot: Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida quyidagi ta’minot turlaridan biri taqdim etiladi:

  • mol-mulk va qimmatli qogʻozlar garovi;

  • tijorat banki yoki sugʻurta kompaniyasining kafolati;

  • uchinchi shaxs kafilligi;

  • qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling