ТОШКЕНТ ТЕМИР ЙЎЛ МУҲАНДИСЛАРИ ИНСТИТУТИ
“Темир йўллар электр таъминоти”
КУЧ ЭЛЕКТРОНИКА
ФАНИДАН ВИРТУАЛ ЛАБОРАТОРИЯ
УСЛУБИЙ КЎРСАТМАСИ
ТОШКЕНТ-2018
Elektr va elektron sxemalarni modellovchi
Electronics Workbench («Elektronnaya laboratoriya»)
(EWB 5.12)
dasturini virtual laboratoriyalar uchun qo‘llash namunalari
1-ilova. Elektr va elektron sxemalarni modellovchi Electronics Workbench («Elektronnaya laboratoriya») (EWB 5.12) dastur ishi bilan tanishish.
2-ilova. Yarimo‘tkazgichli diodni tadqiq qilish.
3-ilova. Bipolyar tranzistorning statik xarakteristikalarini tadqiq qilish.
4-ilova. Bir fazali yarimo‘tkazgichli to‘g‘rilagichlarni tadqiq qilish.
5-ilova. Uch fazali yarimo‘tkazgichli to‘g‘rilagichlarni tadqiq qilish.
6-ilova. Umumiy emmitterli sxema bilan ulangan bipolyar tranzistorli kuchaytirgich kaskadini tadqiq qilish.
1-ilova
Elektr va elektron sxemalarni modellovchi Electronics Workbench («Elektronnaya laboratoriya») (EWB 5.12) dastur ishi bilan tanishish
Ishning maqsadi:
1. Elektr va elektron sxemalarni modellovchi Electronics Workbench («Elektronnaya laboratoriya») (EWB 5.12) dastur ishi bilan tanishish dasturi strukturasi, ishlash usullari va asosiy imkoniyatlar bilan tanishish.
2. Elektr va elektron zanjirlarning sodda virtual modellarini yig‘ishni o‘rganish.
3. Yig‘ilgan virtual zanjirlarni tahlil qilishni o‘rganish.
Qisqacha nazariy ma’lumot. Elektr va elektron zanjirlarni kompyutyerda modellashtirish dasturlari o‘ttiz yildan ortiqroq tarixga ega. Bunday dasturlarning ko‘pchiligi zanjirlarni modellashtirishdan tashqari elementlar, tugunlar va yaxlit tizimlarning xarakteristikalarini ko‘rish, hisoblash va tahlil qilish imkonini beradi. Ba’zi dasturlar, shuningdek, loyiha va konstruktorlik masalalarini, masalan bosma platalarni ishlab chiqishni ham amalga oshiradi.
EWB 5.12 Dasturi ishlash soddaligi, ko‘rgazmali va qulayligi bilan elektr texnika, elektronika va sxematexnikani o‘rganishda ko‘pchilik texnika oliy o‘quv yurtlarida oddiy ish anjomiga aylandi. Dastur tili – inglizcha.
Do'stlaringiz bilan baham: |