Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-davolash ishi fakulteti 112-a guruh talabasi


Download 1.14 Mb.
bet2/3
Sana11.03.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1258396
1   2   3
Bog'liq
Suyuqliklar oqishi. Bernulli tenglamasi.

Turli kesim yuzali nayda oqayotgan siqilmas suyuqlik tezliklari- ning moduli, suyuqlik kesim yuzalariga teskari proporsional bo‘ladi.
Bunga siqilmas suyuqlik uchun oqim uzluksizligi tenglamasi deyiladi.
Shunday qilib, oqim nayining keng qismida suyuqlik tezligi kichik, tor joyida esa katta bo’ladi. Vodoprovod shlangidan suv sepayotganda suvni uzoqroqqa sepish uchun shlang uchi qisiladi.
Harakatlanuvchi suyuqliklarda bosimning taqsimlanishini qaraylik.


Tepa qismida ingichka o‘lchov naylari ulangan, turli yuzali nay bo‘ylab suyuqlik oqayotgan bo‘lsin.Suyuqlik statsionar

oqimida har bir o‘lchov naylari bo‘ylab suyuqlik
ko‘tariladi.
Suyuqlik ustunlarining balandliklariga ko’ra nayning devorlariga berayotgan bosimi haqida kr yuritish mumkin. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki nayning keng qismidagi bosim, uning tor qismiga nisbatan katta bo‘ladi. Oqim uzluksizligi tenglamasiga muvofiq nayning keng qismida oqim tezligi kichik, tor qismida katta bo‘ladi. Bundan quyidagi xulosani olamiz:

Suyuqlikning oqim tezligi katta bo‘lgan joylarida uning bosimi kichik va aksincha oqim tezligi kichik bo‘lgan joylarida katta bo‘ladi.


Suyuqlik bosimining oqim tezligiga bog‘liqligining matematik ifodasini 1738-yilda D. Bernulli aniqlagan edi.
Bernulli tenglamasini suyuqlik oqimiga mexanik energiyaning saqlanish qonunini qo‘llab chiqarish mumkin.
Suyuqlik oqayotgan ko‘ndalang kesim yuzasi o‘zgaradigan nayni gorizontga nisbatan qiya holda o‘rnataylik:


Nayning keng qismidagi AB yuzasidan boshlab ma’lum bir suyuqlik hajmini ajratib qqraylik. Bu hajm oqib o’tishi uchun t vaqt kerak bo’lsin.


Suyuqlik siqilmas bo‘lganligidan shu vaqt davomida nayning tor qismidagi CD yuzasidan ham shuncha hajmdagi suyuqlik oqib o‘tadi. Suyuqlikning AB yuzasini S1, undan oqib o‘tish tezligini 1 va CD yuzasini S 2, undan oqib o‘tish tezligini 2 bilan belgilaylik. Bosim kuchlari F1 va F 2 hamda ajratib olingan hajmdagi suyuqlik og‘irlik kuchi ta’sirida t vaqt davomida o‘ng tomonga siljiydi.
Bunda bajarilgan ish:
A = A1 + A2 = F1 l1 – F2l2 = p1 S11Δt + p2 S22Δt.
Suyuqlikning statsionar oqimida A 1B1 va CD oraliqda (rasmda shtrix- langan yuza) gi suyuqlikning energiyasi o‘zgarmaydi, ya’ni ABB1A1 hajmni egallagan suyuqlik ko‘chib, CDD1C1 hajmni egallaydi. Energiyaning saqlanish qonuniga ko‘ra tashqi kuchlarning bajargan ishi energiya o‘zgarishiga teng:
Bu ideal suyuqlik yoki gaz oqimi uchun Bernulli tenglamasi deyiladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling