Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoat salomatligi va menejment kafedrasi tibbiy yordam sifatini oshirish fani bo


- Mavzu. Sog'liqni saqlashda sifat menejmentining huquqiy


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/93
Sana12.03.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1262949
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   93
Bog'liq
TЁСО МАЖМУА

 
6- Mavzu. Sog'liqni saqlashda sifat menejmentining huquqiy 
asoslari 
Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga 
oshirish doirasida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy tizimini 
shakllantirish borasida muayyan natijalarga erishish mumkin bo‘ldi.
O‘tgan davrda qishloq vrachlik punktlari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalar 
faoliyatini tashkil etish hisobiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish tizimi 
takomillashtirilib, uning aholiga qulayligi oshirildi. Shoshilinch tibbiy yordam 
ko‘rsatishning yagona markazlashtirilgan tizimi yaratilib, fuqarolarga, jumladan, 
joylarda yuqori texnologiyali tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi respublika ixtisoslashtirilgan 
ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmog‘i takomillashtirilmoqda.
Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini 
muhofaza qilish bo‘yicha qator maqsadli davlat dasturlari amalga oshirildi. Irsiy va 
tug‘ma kasalliklarga chalingan bolalar tug‘ilishining oldini olish maqsadida 
respublika va hududiy skrining markazlari tashkil etildi. 
Natijada, 1991-2017 yillar uchun. umumiy o‘lim darajasi 20 foizga, onalar va 
chaqaloqlar o‘limi 3,1 barobarga kamaydi. O‘rtacha umr ko‘rish 1995 yildan buyon 
4,6 yilga oshib, 73,7 yoshga yetdi.
Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash faoliyatini tashkil etishda keyingi yillarda to‘planib 
qolgan tizimli kamchilik va muammolar fuqarolar salomatligini muhofaza qilish 
tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalarni samarali hal etishga to‘sqinlik 
qilmoqda. Ular orasida:
birinchidan, sog‘liqni saqlash sohasini rejalashtirish va boshqarishda konsepsiya va 
strategik maqsadlar mavjud emas, buning natijasida amalga oshirilayotgan islohotlar 
tarqoq bo‘lib, aholining sog‘liqni saqlash sifati bo‘yicha umid va talablarini 
qondirishga imkon bermayapti;
ikkinchidan, sog‘liqni saqlash sohasini smetaviy moliyalashtirish tizimi xalqaro 
amaliyotga mos kelmaydigan eskirgan mexanizmlarga asoslanadi, bu esa moliyaviy 
resurslardan samarasiz foydalanishga va sohaning surunkali moliyalashtirilmasligiga 
olib keladi;
uchinchidan, kasalliklarning oldini olish va barvaqt aniqlash, patronajlik va sog‘lom 
turmush tarzini shakllantirish borasidagi ishlar samaradorligi pastligi fuqarolarning 
ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga bo‘lgan murojaatlarining ko‘payishiga sabab 
bo‘lmoqda;


to‘rtinchidan, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning turli darajalari va bosqichlari 
o‘rtasidagi uzviylik, shu jumladan, reabilitatsiya davolash va reabilitatsiya qilish sust 
rivojlangan;
beshinchidan, amaldagi kadrlar siyosati tibbiy yordamning barcha bo‘g‘inlari, 
ayniqsa, birlamchi tibbiy yordam bo‘yicha mutaxassislar bilan ta’minlash, 
shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotchilari va boshqaruv kadrlarini 
tayyorlash istiqbollarini bashorat qilishga imkon bermayapti;
oltinchidan, ixtisoslashtirilgan markazlarning innovatsion salohiyati pastligi fonida 
tibbiyot amaliyotining ta’lim va ilm-fan bilan sust integratsiyalashuvi davolash-
diagnostika jarayoniga tibbiyotning ilg‘or yutuqlarini joriy etishning qoniqarsiz 
darajasini ko‘rsatmoqda; 
yettinchidan, elektron sog‘liqni saqlash sohasida yagona standartlar mavjud emas, 
tibbiy xizmatlar integratsiyasi va samarali boshqaruvini ta’minlaydigan zamonaviy 
dasturiy mahsulotlar joriy etilmagan, mavjud axborot tizimlari va texnologiyalari 
tarqoq va tor doirada yo‘naltirilgan.
Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ulardan foydalanish 
imkoniyatini tubdan oshirishni ta’minlaydigan sog‘liqni saqlashni tashkil etish va 
moliyalashtirishning kontseptual jihatdan yangi modellarini shakllantirish, tibbiyot 
fani va texnologiyasining zamonaviy yutuqlarini joriy etish, shuningdek 2017-2021-

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling