Toshkent tibbiyot akademiyasi miokard infarkti, atipik kechishi, asoratlari
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2.МИ. Ўқув-услубий қўлланма Лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘tgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Mustaqil ish uchun vazifalar.
1. Yurak-qon tomir tizimining anatomik tuzilishi va funksional holatini o‘rganish. 2. Internetdan Miokard infarkti kasalliklarning yangi diagnostika usullarini o‘rganish. 3. Internetdan Miokard infarkti kasalliklarning zamonaviy davolash usullarini o‘rganish. 4.Yurak-qon tomir faoliyatini tekshirish usullari. Mavzu bo‘yicha referat, doklad, prezentatsiya, sxemalar, jadvallar, rasmlar, albomlar, grafiklar, organayzerlar, testlar, krossvord, skanvordlar, chaynvordlar, rebuslar ishlab chiqish va rasmiylashtirilgan holda topshirish. O‘tgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Miokard infarktiga ta’rif bering. 2. Miokard infarkti kasaligining etiologik omillarini ayting. 3. Miokard infarkti patogenezini va gemodinamikasini tushintirib bering. 4. Miokard infarkti klinik belgilarini sanab bering. 5. Miokard infarkti kasaligining qiyosiy tashxisini keltirib bering. 6. Miokard infarkti kasaligining qanday asoratlar kuzatiladi? 7. Miokard infarkti kasaligida EKG ma’lumotlari. 8. Miokard infarkti kasaligining asosiy davo choralarini aytirng. Miokard infarkti kasalligi bo‘yicha vaziyatli masalalar: Vaziyatli masalalar: Vaziyatli masala №1. Qabul bo’limi shifokoriga murojaat qilgan 50 yoshli ayol chap qo’li va paski jag’iga uzatiluvchi ko’krak qafasining chap tomonidagi bosuvchi va siquvchi og’riqlarga, bosh aylanishiga va keskin umumiy xolsizlikka shikoyatlar bezovta qilishini aytdi. Anamnezidan ayol 3 yildan buyon YuIK bilan kasal. Yurak soxasida og’riqlar bezovta qilganda 1 ta tabletka nitroglitserin qabul qilgan. Axvoli asabiylashgandan keyin yomonlashgan. Qabul qilingan bir nechta nitroglitserin tabletkasi va mushak orasiga yuborilgan analgin bilan dimedrol yaxshi samara bermagan. Obektiv ko’rikda bemor qo’zg’aluvchan. Teri qoplami oqargan va nam. Yurak tonlari bo’g’iqlashgan, ritmik. QB 160/90 mm.sim.ust. EKG da: ritm sinusli, YuUS bir daqiqada 88. V I, aVL, V5-6 tarmoqlarda baland R, III, aVF, V1-3 da esa chuqur S tishchasi, ST segment o’rta chiziqda, T tishchasi ikki fazali, QRS kompleks davomiyligi 0,10 sek. Savollar: 1. Sizning to’liq taxminiy tashxisingiz. 2. Qabul bo’limi shifokori taktikasi 3. Tashxisni aniqlash uchun o’tkazilishi lozim bo’lgan qo’shimcha asbobiy tekshirish usullari. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling